So’nggi yangiliklar

15:59"Фиорентина" юлдузи "Манчестер Юнайтед" нишонида  0 15:33Диёр Холматов голини нега Асенсио услубида нишонлагани ҳамда топ-5 чемпионатга йўл олиши ҳақида гапирди  5 15:07Тео Эрнандес "Ал Ҳилол"га ўтишга рози бўлди, клублар келишувга эришди  1 14:39"Суонси" собиқ устози аэропортда ишламоқда  2 14:10Брайан Риаскос: "Ҳужумдаги исталган позицияда ўзимни қулай ҳис қиламан"  3 14:03Самарқандда синмайдиган анъана, енгилмас Абрамов "армияси" ва уча олмаётган "қалдирғочлар" — “Динамо” ва “Бунёдкор” тўқнашувидан олдин  4 13:44"Челси" Коло Муани борасида ПСЖ билан музокараларни бошлади  3 13:17Макелеле фаолиятида муҳим ўрин тутадиган мураббий кимлигини айтди  0 12:50Бахтиёр Қосимов: "Ўз майдонимизда "Динамо" илк мағлубиятини қабул қилиб олади"  5 12:28Компани: "Месси қандай қилиб ҳали ҳам шундай ўйнаяпти, билмайман"  4 12:00Абдурауф Бўриев: "Ҳисоб 6:0 бўлсин ёки 1:0 – ғалаба учун 3 очко берилади. Ҳозирда хориж клублари билан музокаралар кетмоқда"  3 11:45"Олтин тўп" учун курашда янги етакчи — Витинья биринчи ўринга чиқиб олди  10 11:18"Эчеверри тинмай машқ қилди, меҳнат ўз натижасини кўрсатди" — Гвардиола  1 10:40Криштиану Роналду яқин кунларда янги шартнома имзолайди  1 10:07Яна икки нафар футболчимиз Қозоғистон клубини тарк этди  3

Tantashev barchadan qattiqqo'l. "Paxtakor" 18, "Metallurg" 3 yildan keyin... Yangiliklar

Tantashev barchadan qattiqqo'l. "Paxtakor" 18, "Metallurg" 3 yildan keyin...

O'zbekiston Superligasi 21-turining 2 o'yini ortda qoldi.

Turning dastlabki o'yini Qo'qonda o'tkazildi. Dramatik o'yinda mezbonlar "Paxtakor" ustidan zafar quchishdi.


Bu bahsda bir qator qiziqarli voqealar ro'y berdi. Quyida shu haqda.

"Qo'qon-1912"ning golli seriyasi davom etadi

Ayni paytda Superligada davom etayotgan eng uzoq golli seriya aynan Baxtiyor Ashurmatov shogirdlariga tegishli edi. Kecha shunqorlar bu seriyani qatorasiga 8 o'yinga chiqarishdi.

Malumot uchun, Qo'qon klubi 1-davrada faqatgina "Qizilqum", "Bunyodkor", "Metallurg" va "Paxtakor" darvozasiga yo'l topa olmagan edi. 

18 yil kutilgan g'alaba

Oldin malumot berganimizdek, "shunqorlar"ning "sherlar" ustidan qozonilgan so'nggi g'alabasi 2003 yilning noyabr oyiga qayd qilingan edi. Baxtiyor Ashurmatov o'sha kundan beri "Paxtakor"ni engishni uddalagan qo'qonliklarning 1-murabbiyi.

5 yil

Poytaxt grandi shuncha vaqtdan beri Vadim Agishev boshqargan bahslarda engilmayotgan edi. Kecha bu seriya ham yakun topdi.

Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" oxirgi bor Agishev boshqargan o'yindagi mag'lubiyatini 2016 yilning 20 iyunida "SHo'rtan"dan qabul qilib olgan edi. G'uzorda o'tgan o'yinda Zafar Polvonovning xet-trigi mezbonlarga 3 ochko taqdim qilgan.

Debyut gol

21 yoshli SHahzod Azmiddinov "Paxtakor" libosidagi debyut golini urdi. 


4 yil

"SHerlar" xuddi shuncha muddatdan keyin Superliganing bir o'yinida 4 ta gol o'tkazib yuborishdi. "Paxtakor" so'nggi bor 2017 yil 19 noyabr sanasida Qarshida "Nasaf"ga 0:4 hisobida yutqazib qo'ygandi.  

Kechagi kunning 2-bahsi Bekobodda o'tdi. Unda 60 daqiqa mobaynida 1 kishi kam bo'lib o'ynagan "Loko" "Metallurg"ni irodali tarzda mag'lub qildi.

Dahshatli natija

Jasur Abduraimov shogirdlari so'nggi 10 o'yinning 9-sida mag'lubiyatga uchradi. 

Bu davrda 18 bor gol o'tkazib yuborgan "Metallurg" futbolchilari 5 marta raqib darvozasiga yo'l topishgan.

3 yil

"Temiryo'lchilar" xuddi shuncha vaqtdan keyin Bekobod klubini mag'lub qilishni uddaladi. Buning uchun 6 o'yin kerak bo'ldi.

"Loko" "Metallurg" ustidan so'ngi bor 2018 yilning 31 oktyabrida zafar quchgan edi. SHundan keyin o'tkazilgan 5 o'yinning 2 tasida bekobodliklar yutdi, 3 ta durang qayd etildi.

5 yil

"Metallurg" 2016 yildan beri birinchi marta Ilgiz Tantashev boshqargan o'yinda mag'lubiyatga uchradi. 

Eng qattiqqo'l hakam

Ilgiz Tantashev kechagi o'yinda 2 bor penalti belgilab, 1 futbolchini maydondan chetlatdi. Etiborli jihati, buxorolik referi bu borada Superliganing joriy mavsumida ishlayotgan barcha hamkasblaridan o'zib ketdi. Uning hisobida 68 sariq, 2 ta to'g'ridan to'g'ri va 1 ta 2-sariqdan keyin ko'rsatilgan qizil kartochka bor. SHuningdek, Ilgiz mavsum avvalidan beri 11 marta 11 metrlik nuqtani ko'rsatishga ulgurdi.

"Ajdarlar" tarkibidagi SHer nega Katanecdan chaqiruv olmadi?

Muallif :
Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика