Tanishing "Bunyodkor" raqibi: “Fulad” (Axvaz, Eron)
13 dek 2013 12:54
Yangiliklar

Tanishing "Bunyodkor" raqibi: “Fulad” (Axvaz, Eron)
Eronning “Fulad” jamoasi Osiyo CHempionlar ligasi guruh bosqichida “Bunyodkor”ga raqiblik qiladi.
“Bunyodkor”ning yana bir yangi raqibi haqida malumot berib o'tamiz.
Klub tashkil topgan yili: 1973
Klubning to'liq nomi: “Fulad Xuzestan” futbol klubi
Stadioni: “G'adir” stadioni
Sig'imi: 51.000 tomoshabin
Rasmiy sayti: www.fooladfc.ir
YUTUQLARI:
Eron chempioni – 2005/2006
BOSH MURABBIY – Xusayn Faraki
Tug'ilgan sanasi: 1957 yil, 22 mart
Futbolchilik faoliyati: “Pas Tehron” (1976-1979), “Al-SHaab” BAA (1979-1981), “Pas Tehron” (1981-1992)
Murabbiylik faoliyati: “Pas Tehron” (1994-2000), Eron milliy terma jamoasida murabbiy (2003-2006), Eron olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi (2004), “Kavex Tehron” (2009-2010), “Naft Tehron” (2010-2012), “Fulad” (2012 yildan buyon)
LEGIONERLARI:
Serjio Rafael da Kosta (Braziliya, 1985 yil) himoyachi
Leonardo CHaves (Braziliya, 1983 yil), yarim himoyachi
Lusiano Pereyra Mendes (Braziliya, 1983 yil), hujumchi
Axvazning “Fulad” jamoasi tarixida bir qator jahonga mashhur legionerlar faoliyat yuritishgan. Jumladan, Emad Muhammad Ridha (Iroq), Maladen Bartolovich (Xorvatiya), Fabio Yanuaro (Braziliya), Armando Saa (Mozambik) kabi legionerlar, shuningdek Eron futbolida ancha mashhur bo'lgan Yaxyo Gulmuhammadi ham bir paytlar “Fulad” sharafini himoya qilgan.
“Fulad” jamoasi 2014 yilgi Osiyo CHempionlar ligasida Eron chempionatining to'rtinchi o'rni sohibi sifatida ishtirok etmoqda. Klub Osiyo CHempionlar ligasida ikkinchi bor o'z omadini sinab ko'radi. Eronliklar bungacha 2006 yilgi qitamizning klublar o'rtasidagi eng nufuzli turnirida qatnashishgan. O'shanda “Fulad” Toshkentning “Paxtakor” jamoasi bilan bir guruhda ishtirok etib, har ikkala bahsda ham yurtdoshlarimizga mag'lub bo'lgan va guruh bosqichida qolib ketgan.
Jamoa tarkibida to'p tepayotgan futbolchilardan hech biri Eron milliy terma jamoasi azosi hisoblanishmaydi.
2013/2014 yilgi Eron chempionatida “Fulad” klubi 17-turdan so'ng 29 ochko jamg'argan holda musobaqa jadvalining 5-pog'onasida bormoqda. Biroq axvazliklar peshqadamdan atigi uch ochko kam jamg'arganini takidlash joiz.

Fikrlar