So’nggi yangiliklar

23:09Фирмино ва Махрезнинг голлари туфайли "Ал Аҳли" йирик ғалабани тантана қилди  0 23:04Элит ОЧЛ. Остон Ўрунов жамоаси дурангга рози бўлди  4 23:00"Ал Ҳилол" - "Истиқлол"  2 22:42Эшитдик-да! "Пахтакор"нинг Эрон клубига қарши ўйини Тожикистонда ўтиши мумкин  2 22:13"Арсенал"ни тарк этаётган Эду Гаспар бирданига 3та клубни бошқаради ва маоши 3 баравар ошади  0 21:35"Ал-Райян" бош мураббийи: "Дастлабки турларда Саудия "гранд"ларига қарши ўйнадик. Икки жамоа учун ҳам очколар жуда-жуда зарур"  3 21:17Аморим "Манчестер Сити"га қарши баҳс ҳақида: "Агар "Спортинг" ютса кимлардир МЮга янги Фергюсон келяпти дейди"  2 19:52Бруну Фернандеш: "Тен Хагдан кечирим сўрадим"  4 19:211 ой олдин "Насаф"га мағлуб бўлган мураббий "Рома"да Шомуродовнинг янги устозига айланиши мумкин  6 18:52МЮ афсонаси: "Манчестер Юнайтед" - мутлақо ўртамиёна жамоа"  1 18:25Дербида кучлар тенг келди ГАЛЕРЕЯ  0 17:5619 ёшли тўпурар ва бошқалар — Суперлигада 23-турнинг энг яхшилари  3 17:30Эшитдик-да! "Металлург" ва "Қизилқум"га таъқиқ қўйилади, "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ҳам жазоланиши мумкин  8 17:03Ўзбекистон МТЖнинг ноябрь ойидаги йиғин учун тахминий таркиби  57 16:30Ўзбекистон МТЖ қачон йиғин бошлайди?   11

Tanishamiz: o'zimizning futzal Yangiliklar

Tanishamiz: o'zimizning futzal

Teglar :  Futzal
Futzal bo'yicha navbatdagi, XXI O'zbekiston milliy chempionatiga 14 noyabr kuni start berildi.

Musobaqa boshlanishi arafasida yurtimizda faoliyat yuritadigan mashhur sport jurnalisti bo'lmish Dmitriy Popov, futzal mavzusiga qaytgan xolda, yangi mavsumda milliy chempionatimizda ishtirok etadigan jamoalar bilan o'quvchilarni yaqindan tanishtirib o'tadi.

Qo'shimcha malumot
Aytib o'tganimizdek, kirib kelgan mavsum futzal bo'yicha yurtimizda o'tkaziladigan milliy chempionatning 21-mavsumi bo'ladi. O'zbekiston chempionati kuz-bahor tizimida o'tkaziladi va musobaqaning g'olibi Osiyoda klublar o'rtasida o'tkaziladigan eng nufuzli musobaqa – chempionlar Ligasiga yo'l oladi. Yangi mavsumda jami 11ta jamoa ishtirok etadi. Barcha jamoalar bir-biri bilan 2 martadan o'ynab chiqqandan so'ng, chempionatda 1-8 o'rinlarda joylashgan jamoalar pley-off bosqichida kuch sinashadi. O'tgan yili barcha bosqichni muvaffaqiyatli yakunlagan “Olmaliq” jamoasi hozirgi kunda O'zbekistonning amaldagi chempioni hisoblanadi. “Olmaliq” jamoasi azosi Jamoliddin SHaripov esa, 38ta golga mualliflik qilgan holda, XX O'zbekiston chempionatining to'purari bo'lgan.

O'zbekiston chempioni nomini qo'lgan kiritgan jamoalar ro'yxati:
“Ardus” (Toshkent) – 6 karra O'zbekiston chempioni, “Turon-S” (Andijon) – 4, “Lokomotiv” (Toshkent) va “Olmaliq” (Olmaliq) – 2, “Stroitel-Zarafshon” (Zarafshon), “Ro'zmat Madaminov” (Xiva), “Jizzax-S” (Jizzax), DJKA “Yunusobod” (Toshkent), “Nafis” (Samarqand), “Uchquduq” (Uchquduq) – 1 marotabadan.

XXI milliy chempionat

1.OLMALIQ (Olmaliq sh.)
Ikki karra O'zbekiston chempioni. Jamoa bosh murabbiyi Aleksandr Petrov “Olmaliq” safiga O'zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida to'p suradigan ko'plab mashhur futzalchilarni jalb etgan. “Olmaliq” doimiy ravishda o'z tarkibini mustahkamlaydi, xususan, kirib kelayotgan mavsumda klub sharafini “Ardus” va O'zbekiston terma jamoasi tarkibida yorqin o'yin namoyish qilgan Artur Yunusov himoya qiladi. “Olmaliq” futzal klublari orasida eng yosh jamoalardan biri hisoblanadi va hali o'z tarbiyalanuvchilarini tayyorlashga ulgurmagan, albatta buning uchun biroz vaqt talab etiladi.

“Olmaliq” kelajakda qanday kuchga ega bo'lishi klub rahbariyatining siyosatiga bog'liq albatta. O'z tarbiyalanuvchilariga ega bo'lish uchun esa, klubga o'z futzal maktabiga ega bo'lish, unga bolalar va o'smirlarni jalb etish talab etiladi. Bundan tashqari, “Olmaliq” futbol klubida omadi yurishmagan yoshlarni ham futzalda sinab ko'rsa bo'ladi.

2.ARDUS (Toshkent sh.)
Yangi mavsumda klubda milliy terma jamoamizni Jahon chempionatiga olib chiqqan ispan mutaxassisi Xose Mariya Mendez ishlaydi. Aytib o'tiz joizki, butun dunyo bo'ylab, FIFAning “PRO” licenziyasiga ega bo'lgan futzal murabbiylarini soni o'n kishidan sal ortiqroqdir. Ular qatoriga Mendez ham kiradi. Jamoa o'z oldiga doimo eng yuqori maqsadlarni qo'yib keladi. Bugungi kunga kelib “Ardus” mamlakatimizning eng ko'p unvonga ega jamoasi hisoblanadi. Bundan tashqari, o'zbek klublari orasida faqatgina “Ardus” chempionlar Ligasining finaliga qadar etib borgan. Ushbu natijani poytaxt klubi 2012 yilda qayd etgandi.

“Ardus” klubiga etibor qaratsangiz, uning safi doimiy tarzda yosh futzalchilar bilan boyitib borilishiga guvoh bo'lishingiz mumkin. “Ardus” tarkibidagi futzalchilar ham doimiy tarzda milliy terma jamoaga chaqirilishadi. Yana bir qiziq holat: “Ardus”ning byudjeti o'rtamiyona klublarnikidan ham kam, ammo jamoa doimiy ravishda chempionatning sovrindorlari qatorida bo'ladi. Buni “Ardus” fenomini deb atasa ham bo'ladi.

Bu yildan etiboran, futzalchilik faoliyatini yakunlagan Nodir Eliboev, “Ardus”ning katta murabbiyi sifatida ishlaydi.

Bu erda yana byudjet mavzusiga qaytib, bir narsani takidlab o'tsak. “Ardus”dagi maosh va turli xil bonuslar katta miqdorga ega bo'lmasa-da, klub nafaqat O'zbekistonda balki butun Osiyoda ham eng stabil va uzilishlarsiz maosh to'laydigan jamoalar qatoriga kiradi. SHu sababli ham, bazi futzalchilar katta, ammo 100% aniq bo'lmagan maosh o'rniga, “Ardus”dagi o'rtacha, lekin stabil maosh olishni tanlaydilar. Albatta, bu to'g'ri yoki noto'g'riligini har bir insonning o'zi hal qiladi.

3.DO'STLIK-AIN (Qarshi sh.)
Maqtovga arzigulik jamoa. Oliy ligadagi debyut mavsumida “Do'stlik-AIN” kuchli uchlikdan joy egalladi. Jamoa tarkibini aksari mahalliy futzalchilardan tuzilgan. Yosh futzalchilarni tarkibga doimiy ravishda qo'shilib kelishi esa, albatta juda ham to'g'ri va samarali ishdir. Qizig'i, “Do'stlik-AIN”ning byudjeti deyarli to'laligicha, faqatgina jamoa rahbarining mablag'iga qoplanadi. Albatta, Qashqadaryo viloyati rahbariyati klubga yordam ko'rsatadi, lekin asosiy og'irlik baribir klub rahbariga tushadi. Bu kabi jonbozlikni bugungi kunda juda kuzatish mumkin, shuning uchun ham viloyat rahbarlaridan “Do'stlik-AIN”ga ko'proq yordam ko'rsatishlarini so'ragan bo'lardik.

4.BUNYODKOR (Toshkent sh.)
Yaqin o'tmishda O'zbekistonning eng zo'r to'purarlaridan biri bo'lgan Abdulla Bo'riev, hozirda “qaldirg'ochlar” murabbiyidir. Uning to'purarlik qobiliyati “Bunyodkor”ning o'yin uslubida ham aks etadi. Ushbu jamoa hujumda juda chiroyli va mazmunli o'yin namoyish etadi. Ammo “Bunyodkor” o'z himoyasiga ko'proq etibor qaratishi lozim. Aynan himoayadagi xatolar o'tgan yili jamoaga ancha noqulayliklar olib keldi.

“Bunyodkor” tarkibi ko'pincha yosh futzalchilar bilan boyitib boriladi. Ular o'zlarini eng yaxshi tomondan ko'rsatishga haraqat qilishadi. Gol urishni ham uddalashadi, lekin ko'proq diqqatni talab qiladigan himoya chizig'ida tajribasizlik qilishadi. Natijada, tajribaliroq bo'lgan raqib hujumchilari ularni jazolashadi. Bundan xatolar kelajakda kamayishiga ishonamiz, chunki ularni bartaraf etish uchun ko'proq tajriba kerak bo'ladi. Bo'rievning moratiga shubha qilmaymiz.

5.KOGON (Kogon sh.)
Bu erda ham yoshlarga bo'lgan etibor kishini quvontiradi. Qadimiy Buxoro shahrining kichik tumani bo'lmish Kogonda futbolni va futzalni rivojlantirish uchun etarli zaxira bor. Muxlislar “Lokomotiv-Kogon” futbol jamoasini yaxshi eslashsa kerak. Futzal klubini boshqarish esa, ancha kamroq mablag' talab etiladi. Hozirda “Kogon” futzal jamoasi chempionatda barcha klublar uchun o'ta noqulay raqib hisoblanadi. Buni boshqa klub futzalchilari ko'p marotaba takidlab o'tishgan.

6. TURON-SOLIQCHI (Andijon sh.)
Ushbu jamoa klublarimiz orasida eng uzoq tarixga ega. 4-karra O'zbekiston chempioni, chempionatning ko'p karra kumush medallari sohibi, qachonlardir raqib o'yinchilarini dahshatga sola olgan. Ammo, afsus bilan aytish mumkinki, bugun “Turon-Soliqchi”ning ahvoli butkul o'zgargan. Zaif moddiy bazaga ega bo'lgan Andijon viloyatining jamoasi, yaxshi kadrlarga ham muxtojlik sezmoqda. Barcha qiyinchiliklarga qaramasdan, “Turon-Soliqchi” chempionatning o'rtamiyona jamoalari qatorida yurishni uddalayapti.

Bugungi kunda “Turon-Soliqchi”ning eng katta muammosi, mahalliy rahbariyatning jamoaga bo'lgan etiborsizligidadir. Bu erda futbol bilan parallel keltirsa ham bo'lardiyu, ammo mavzudan chetlashmagan holda, ishimizni davom ettiraylik. Faqatgina bir qo'shimcha bor. “Turon-S” - futzalimizning ananalari va fundamenti. Agarda ushbu faktorlar kimlar uchundir qimmatli bo'lsa, o'sha insonlarni jamoaga yordam berishlarini so'raymiz.

7. MAKSAM-CHIRCHIQ (CHirchiq sh.)
CHirchiq shahrida futzalni yaxshi ko'rishadi. Unga jiddiy etibor qaratishadi. Biron marta ham chempionlikni qo'lga kirita olmagan “Maksam-CHirchiq” uch bor bronza medallari sohibi bo'lgan va Kubok o'yinlarida ananaviy tarzda kuchli ishtirok etib keladi. Bir marta esa, “Ardus”ni finalda dog'da qoldirgan chirchiqliklar O'zbekiston Kubogi sohibiga aylanishgan. “Maksam-CHirchiq” safida yoshlar bilan birgalikda, anchagina tajribali o'yinchilar to'p surishadi. Masalan, Bahodir Ahmedov olaylik. O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sportchi, 40 yoshni qarshilagan Bahodir hamon futzal o'ynashda davom etmoqda. Ahmedov to'g'risida: “Bu inson futzal o'ynash uchun tug'ilgan” deb bemalol aytsa bo'ladi.

“Maksam-CHirchiq” jamoasiga Abdujabbor Gafarov murabbiylik qiladi. U ham haqiqiy futzalsevar va ulkan tajribaga ega bo'lgan inson.

O'tgan yili “Maksam-CHirchiq” chempionatda kutilganidek kuchli ishtirok eta olmadi. Ammo bu jamoani nimalarga qodir ekanligini futzalni kuzatib boradigan muxlisu mutaxassislar yaxshi bilishadi.

“Maksam-CHirchiq” jamoasi “Maksam-CHirchiq” akcionerlik jamiyatiga tegishlidir. Kimyo sanoatida faoliyat yuritadigan ushbu jamiat “Uzkimyosanoat” va ispaniyaning “Maxamcorp S.A.U” korporaciyalarining qo'shma korxonasi hisoblanadi.

8.NAFIS (Samarqand sh.)
Oxirgi 3 yil ichida Samarqandda katta o'zgarishlar yuz berdi. SHaharda qurilgan yangi sport majmuasi faoliyat yuritishni boshlagach, ko'plab yosh iqtidorlar paydo bo'lib boshladi. Ulardan bazilari esa, milliy va yoshlar terma jamoalariga jalb etilgan. “Nafis” jamoasi 2002-2003 mavsumda O'zbekiston chempionligini ko'lga kiritgan.

9. LOKOMOTIV (Toshkent sh.)
Jamoa tarixi uzun bo'lmasa-da, anchagina boy hisoblanadi. 2012-2013 yillardagi mavsumda “yulduzli” tarkibga ega bo'lgan “Lokomotiv” mamlakat chempioniga aylandi. Keyingi mavsumda ham “temiryo'lchilar” 1-o'rinni egallashdi. O'sha yillarda jamoaga yaxshi mablag' ajratildi va maqsadga erishildi, ammo qatorasiga 2 bor chempionlik qo'lga kiritilganligidan so'ng va chempionlar Ligasida yaxshi natijaga erisha olmagach, rahbariyat tomonidan etibor pasaydi.

Bugungi “Lokomotiv”dan nima kutish mumkinligini aytish qiyin. Jamoa o'z rezerviga ega emas va ushbu klubdan yosh iqtidorlar deyarli chiqmagan.

10. PAXTAKOR (Toshkent sh.)
Ushbu jamoa oldiga ulkan maqsadlar qo'yilmagan. Ravshan Rajabov murabbiylik qilayotgan “Paxtakor” jamoasi byudjeti juda ham kichkina. Murabbiyning o'ziga ham oson emas. Jamoa deyarli har yili yangi tarkibda ishtirok etadi. Sababi esa oddiy. “Paxtakor”da iqtidorli futzalchilar paydo bo'lishi bilan, ularni jiddiyroq jamoalar o'z tarkibiga qo'shib olishga tushishadi va ko'p xollarda shunday bo'ladi ham. Lekin “Paxtakor”ning kuchli tomoni ham shunda. Jamoadan har doim yosh iqtidorlar chiqadi, albatta bunda murabbiyning ham xizmati katta.

11.METALLURG (Bekobod sh.)
CHempionat debyutanti. Jamoa shakllanishi bilan tarkibga bir qator tajribali futzalchilar jalb etildi. Bosh murabbiy etib esa, O'zbekiston terma jamoasining sobiq o'yinchisi Nikolay Odushev tayinlandi. Odushev murabbiylik faoliyati bilan ham yaxshi tanish. Murabbiy sifatida u “Maksam-CHirchiq”, “Ardus” va terma jamoasi safida ham ishlashga ulgurgan. “Metallurg” o'zining ilk mavsumidan qanday natija ko'rsatishinini esa vaqt ko'rsatadi.

P.S. Quyida O'zbekiston chempionatining 1-bosqichi, 1-turi doirasida o'tkazilgan dastlabki kunda o'tkazilgan natijalar keltirilgan.

14 noyabr, seshanba
Paxtakor – Bunyodkor 1:5
Metallurg – Lokomotiv 4:1
Do'stlik-AIN – Maksam-CHirchiq 3:2
Kogon – Ardus 3:2
Olmaliq – Nafis 6:1

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика