So’nggi yangiliklar

18:34Ўзбекистон U-21 — Россия U-21. Ўртоқлик ўйини учун таркиблар маълум  0 18:28"Қора" ишчилар мукофотланмайдими?  0 18:03Мундиал йўлланмасини тақдим этган БАА — Ўзбекистон ўйинидан мухлислар ФОТОГАЛЕРЕЯси  1 17:38Бернарду Силва "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  0 16:59Германия — Франция. Миллатлар лигаси учинчи ўрин учун бўладиган баҳснинг таркиблари маълум  2 16:25Тер Штеген "Барселона" матбуот босими орқали уни кетишга мажбур қилмоқчи деб ҳисобламоқда, аммо...  3 15:55"Ливерпуль" ва "Милан" собиқ футболчиси Сегунда клубига ўтди  1 15:28ФИФА Жаҳон чемпионати пайтида клубларга қанча пул тўлайди?  9 15:10Индонезия терма жамоаси футболчиларига Хитой устидан қозонилган ғалаба учун Rolex соатлари совға қилинди  11 14:22"Ливерпуль" 120 млн евролик иккинчи трансферини тайёрламоқда  5 13:56Майк Меньян АПЛ гранди сафига ўтишга яқин  2 13:25Ўзбекистон ЖЧда! Қувончли лаҳзалардан ФОТОГАЛЕРЕЯ  14 13:02Жоау Феликс собиқ клубига қайтмоқчи  1 12:30Ўзбекистон – Қатар ўйинини хитойлик ҳакамлар бошқариб боради  20 12:02ПСЖ "Бавария"дан 50 млн еврога ўйинчи харид қилиши мумкин  1

Taniqli sharhlovchi Davron Fayziev "UZREPORT TV" telekanalida ish boshladi Yangiliklar

Taniqli sharhlovchi Davron Fayziev "UZREPORT TV" telekanalida ish boshladi

Taniqli sharhlovchi Davron Fayziev "UZREPORT TV" telekanalida ish boshladi.

Xabaringiz bor, "UZREPORT TV" telekanali Angliya Premer ligasi va Evropa CHempionlar ligasi bahslarini O'zbekiston hududida eksklyuziv tarzda translyaciya qilish huquqini xarid qilgan.

SHuningdek, shu yilning 10 iyun kuni Franciyada boshlanadigan Evro-2016 musobaqasi o'yinlarini ham ekslyuziv tarzda to'g'ridan-to'g'ri efirga uzatish rejalashtirilgan. Futbol uchrashuvlari translyaciyasini sifatli va qiziqarli ravishda muxlislarga etkazishda sharhlovchining o'rni juda katta.

SHu sababli "UZREPORT TV" telekanali Rossiyaning “Match TV” telekanalida faoliyat yuritayotgan bir qator mashhur futbol sharhlovchilarini, jumladan, Aleksandr SHmurnov, Georgiy CHerdancev, Denis Kazanskiy, Aleksandr Elaginlarni shartnoma va o'zaro hamkorlik asosida yurtimizga taklif etdi.

Ular o'tgan yilning 15 centyabridan shu yilning 31 iyuliga qadar telekanalimiz orqali APL va ECHL o'yinlarini sharhlash bilan birgalikda, telekanal xodimlariga o'ziga xos master klass, yani mahorat darslarini o'tib berishlari ko'zda tutilgan. 

O'zbek futbol muxlislariga yana bir ajoyib yangilik haqida xabar bermoqchimiz!

O'zining chiroyli sharhlari va qiziqarli fikrlari bilan ko'plab muxlislar ko'nglidan joy olgan taniqli sharhlovchi Davron Fayziev "UZREPORT TV" telekanalida ish boshladi. 

Sizga yaxshi malum, hozirda futbol uchrashuvlari translyaciyasi "UZREPORT TV" telekanalida rus tilida efirga uzatilmoqda. Tez orada o'zbek tilidagi sharhlar ham boshlanadi. Bu borada ham muxlislarni ajoyib syurpriz kutib turibdi. "UZREPORT TV" telekanalida syurprizlar davom etadi...


Davron Fayziev 

1983 yilda tavallud topgan. O'zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. 2001 yildan beri O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Yoshlar” va “Sport” telekanallarida sport sharhlovchisi va boshlovchi sifatida faoliyat olib borgan.

Ushbu davr mobaynida jahon va qita chempionatlari, evrokuboklar, milliy chempionatlar, O'zbekiston jamoalari ishtirokidagi halqaro o'yinlarni sharhlab kelgan.

Davron Fayziev bir qator sportga ixtisoslashgan ommaviy axborot vositlari tomonidan o'tkazilgan so'rovnomalarda doimiy ravishda peshqadamlik qilib kelayotgan eng reytingi baland sharhlovchilardan biri hisoblanadi.

Reyting: +97   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика