Taniqli insayder: "Yuventus" Ronalduni sotishga qaror qildi
11 mar 2021 12:46
Yangiliklar
Taniqli insayder: "Yuventus" Ronalduni sotishga qaror qildi
Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu muddatidan oldin Turinning "Yuventus" klubini tark etishi mumkin.
Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
Jurnalistning malumotlariga ko'ra, "keksa sinora" rahbariyati 36 yoshli hujumchi bilan yozgi transfer oynasida xayrlashishni rejalashtirmoqda. Futbolchining 31 million evrolik yillik maoshi Turin grandi uchun og'irlik qiladi. Tomonlar o'rtasidagi bitim 2022 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
Ronaldu "Yuvetus"ga 2018 yilning yozida "Real"dan o'tgan edi. Futbolchi joriy mavsum A Seriya doirasidagi 22ta o'yinda maydonga tushib, 20ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar