So’nggi yangiliklar

20:07"Mirabror Usmanov Cup-2024". Финал. Ўзбекистон - Гватемала 1:0  4 20:05Париж-2024. Ўзбекистон илк турда Испанияга мағлуб бўлди, кейинги рақиб Миср  339 20:04Аскер Нажафалиев Осиё кубоги саралаш босқич доирасидаги ўйинни бошқаради  0 18:32"Реал" "Ливерпуль" юлдузини нишонга олди  3 17:43Артета: "Чемпионликка жуда яқинмиз"  0 17:10Париж-2024. Ўзбекистон - Испания. Асосий таркиблар маълум  45 16:55Ильгиз Танташев Элит ОЧЛ саралаш босқич баҳсини бошқаради  2 16:23Расман: "Сурхон" ўсмирлар ўртасида Евро чемпиони бўлган футболчи билан шартнома тузди  4 15:55Испания ОТЖ футболчилари: "Токио-2020дан тугалланмаган ишимиз бор. Мақсадимиз - олтин медал"  6 15:31"Парк де Пренс" стадиони Ўзбекистон - Испания баҳсига шай  11 15:16"Навбаҳор" Сардор Рашидов билан келишувга эришди  24 15:11Эксклюзив! Тимур Кападзе: "Мақсадимиз бор ва унга қараб интиламиз"  10 14:47Ўзбекистон U-23 терма жамоаси бош мураббийи ва футболчилари дастхати қўйилган тўпни ютиб олинг  3 14:42ОЛИМПИАДАГАЧА. Акром Комилов: "Испания индивидуал кучли, лекин ўзбекистонлик йигитлар ҳеч кимдан қолишмайди"  3 14:07"Ливерпуль" етакчиси жамоада қолмоқчи  1

Talabchan PFL Yangiliklar

Talabchan PFL

Teglar :  PFL Talabchan PFL
Muxlislar va jurnalistlar avvalgi PFL bilan hozirgisini taqqoslashni xush ko'rishadi.

Oldin unday ishlardi, hozir bunday ishlayapti kabi gaplarni deyarli har kuni eshitamiz. Futbolda o'zaro solishtirish tabiiy hol. Hamma vaqt murabbiylar, futbolchilar, jamoalar bir-biri bilan taqqoslab kelinadi, axir “millionlar o'yini” shunisi bilan qiziq. Yangi tuzilgan PFL ish boshlaganiga salkam ikki yil bo'lyapti, bu esa tashkilotning ish yuritishi haqida bemalol mulohaza qilish imkonini beradi. SHu bois quyida PFL oldin qanday ishlardi va hozir nima qilyapti kabi savollarga javob berishga harakat qilib ko'ramiz. 

Tashkilotchilik va talab 

Avvalo shuni aytish kerak, hozirgi PFL birinchi navbatda tashkilotchilik va talabchanligi bilan ajralib turadi. Farhod Magometov boshqargan yillari tashkilot asosan taqvim tuzish va rasmiy doiradagi o'yinlarni qanday o'tkazishni o'ylardi. O'yin atrofidagi jihatlarga ko'p ham etibor bermasdi, buni tan olaylik. 

Avvalgi PFL uchun o'yin belgilangan vaqtda boshlanib, hakamlar o'z vaqtida kelib-ketsa va o'yin hech qanday mojarolarsiz o'tsa shuning o'zi kifoya edi. Lekin endi zamon o'zgardi. To'g'ri, oldin ham OFK talabi deb bir nechta o'zgarishlar bo'lgan, lekin nazorat kuchli emasdi. Bormi bor qabilida qilinardi ishlar. 

Hozirgi PFL esa bemalol OFKdan o'rnak olgan holda ish yurityapti deya olamiz. Yosh mutaxassislardan biri Omon G'ofurov ishga kirishgach, avvalo o'yin atrofidagi tashkiliy ishlar kuchaydi va klublarning o'z ishiga bo'lgan munosabati ortdi. Tashkilotchilik deganimiz hozirgi kunda o'yinlar shunchaki o'tsa bo'ldi qabilida o'tkazilayotgani yo'q. Endilikda Superliganing har bir klubi xalqaro andozalarga mos ravishda o'yinni o'tkazishga harakat qilyapti. 

Oldin ikkita jamoa, hakamlar va uch-to'rtta muxlis kelsa kifoya edi, o'yin o'tardi-ketardi. Endi-chi? Hozir ham shunday yo' tutib Superliganing istalgan bahsini bir zumda o'tkazsa bo'ladi, lekin endilikda hech kim qo'l uchida ishlashni istamayapti. Aynan PFLning klublarga nisbatan talabchanligi ortishi natijasida jamoalar qimirlab qoldi. Hozir hamma o'zida qabul qilayotgan tur uchrashuvini zo'r o'tkazishga harakat qilyapti. 

Nimalar o'zgardi? 

Xalqimizda quruq qoshiq og'izni yirtar degan juda manoli bir gap bor. To'g'ri-da, quruq gapirgan bilan ish unarmidi. SHu bois havoyi gaplarni aytmasdan aniq faktlarga o'tamiz. Birinchi savol: PFL yangilangach nimalar o'zgardi? Avvalo zamonaviy ishlashga o'tildi. Endilikda Superliganing har bir uchrashuvini tashkil etish va o'tkazish Osiyo chempionlar ligasi o'yinidan kam bo'lmayapti. 

Tan olaylik, chempionatimiz saviyasi hamon u qadar kuchli emas. Zerikarli o'yinlar ham uchrab turibdi. Bu endi ko'proq murabbiylar va futbolchilar saviyasiga bog'liq masala. Bazilar aytadi: PFL yangilangani bilan saviya ortib qolgani yo'q. Buni inkor etib bo'lmaydi, ammo PFL - avvalo musobaqa tashkil qiluvchi va o'tkazuvchi tashkilot. PFL klubning o'yin saviyasiga javob bermaydi, buning uchun javobgar murabbiylar, futbolchilar va boshqalar bor. 

PFL klublarni yig'adi va shunga mos chempionat tashkil qiladi. Kim Superligaga loyiq, kim Proligaga, buni ham PFL hal qiladi. PFL klublarga nisbatan malum talablarni ishlab chiqadi va shu talab asosida kimning qaysi ligada o'ynashini hal qiladi hamda musobaqa boshlangach o'yinlarni nazoratga oladi. 

Aytib o'tganimizdek, bugungi kunda klublar boshqacha ishlayapti. Har bir o'yindan oldin tashkiliy ishlarga katta urg'u beriladi. O'yin kuni stadionda fast-fud do'koni, sport atributikalari do'koni va bundan tashqari bolakaylar uchun turli attrakcionlar ishlab turishi shart. Oilaviy sektorda faqat oila bo'lib kelganlar o'tirishi nazoratga olindi. 

Muxlislik madaniyati oshdi. Jamoalar kiyadigan liboslarga alohida etibor qaratila boshlandi. O'yinlar boshlanish vaqti ham ancha oldin malum bo'lyapti. “Sport” telekanali bilan hamkorlikda imkon qadar har bir uchrashuv videolavhasi Yutub ijtimoiy tarmog'iga yuklanyapti. 

Avvalgi PFL paytida ham komissarlar o'yinga kelardi, faqat xo'jako'rsinga xolos. Hatto bazilarining kelib ketganini ko'rmay qolardik. SHuningdek, ko'p o'yinlarga oldingi rahbar Farhod Magometovning shaxsan o'zi komissar bo'lib kelganini yaxshi eslaymiz. Lekin Magometov o'yinni qanday o'tkazish borasida nimadir maslahat berganmi-yo'qmi, bilmadik. Bu bilan u kishini yomonlash niyatimiz yo'q, shunchaki PFL rahbariga komissar bo'lib borish yarashmaydi. 

Komissarlik bilan boshqa xodimlar shug'ullangani maqul. Hozirgi kunda komissarlar yaxshi ishlayapti. Talab ham yuqori. Superliganing har bir o'yini aynan tashkilotchilik tomonlama zo'r o'tyapti. Oddiy bir uchrashuv protokolining elektron variantda to'ldirilishi ko'p narsani anglatadi. Endilikda bu hamma uchun tushunarli bo'ldi. 

Reklamaga bo'lgan etibor 

Oldingi PFL payti titul homiy bo'lmagan. Lekin hozirgi PFL mana ikkinchi yildirki katta homiy bilan ishlayapti. O'tgan yil Pepsi bilan ishlangan bo'lsa, bu yildan Coca Cola savdo belgisi bilan rasmiy hamkorlik yo'lga qo'yildi. Bu ham marketing. Hozir har bir stadionda Coca Cola reklama to'siqlari, bayrog'i va boshqa o'yinga zarur bo'lgan jihozlari bor. Va o'yin paytida shulardan foydalanib kelinyapti. Buni nazorat qilish esa shaxsan uchrashuv komissari zimmasiga yuklangan. 

Endilikda maydon atrofi bo'ylab reklama to'siqlarini joylashtirish ham shunchaki bo'layotgani yo'q. Hamkorlar soni ko'paydi, buning natijasida har bir nom tushirilgan reklama to'siq kartada chizib qo'yilgan joyda turishi shart qilib qo'yildi. Oldinlari asosan viloyat stadionlarida garchi klubga homiylik qilmasa-da Sony, Panasonic, JVC, Toshiba, Adidas, Puma kabi yozuvlarni ko'rardik. Hozir esa belgilangan tartibdagi reklama to'siqlaridan ortig'ini ko'rmaysiz. Har bir o'yinda stadion chiroyli qilib bezatilyapti. 

To'g'ri-da, homiylik qilmaganidan keyin qaysidir firmani reklama qilishning nima keragi bor. Undan ko'ra klub o'ziga oid biror narsa yozib qo'ysa shundan foyda. Masalan, falonchi klub bolalar futbol akademiyasi. Odamlardan yana shunga o'xshash gaplarni eshitib qolamiz: hozirgi PFL reglamentni tushunmaydi, ishchi-xodimlar o'zgargani bilan baribir kelishilganlar o'yinlar yo'qolmayapti va hokazo. Lekin shuni unutmaylikki, futbolda hamma narsa birdaniga ro'y berib qolmaydi va aminmizki, hozirgi PFLda reglament tuza oladigan va tushunadigan kadrlar bor. 

Endi kelishilgan o'yinlarga to'xtaladigan bo'lsak, bu oldin ham bo'lgan va bundan keyin ham uchrab turadi. Bu - jahon futboli muammosi. Kelishilgan o'yinlarni yo'qotish avvalo klublarning o'ziga bog'liq. Har ikki jamoa murabbiylari o'zaro kelishmasdan o'ynaymiz deb ahd qilsa kim ularga xalaqit beradi yoki kim ularni majburlaydi. Masalan, PFL yoki hakamlar kelishib o'ynanglar, bizga shundan foyda demasa kerak. 

Kelishilgan o'yinlarga qarshi kurash PFL vazifasiga kirmaydi, buning uchun alohida tegishli idora ishlashi lozim. Idora o'yin kelishilganini aniqlab PFLga havola qiladi. SHundan so'ng tashkilot kerakli jazoni beradi. Agar PFL jazo bermasa yoki bunga ko'z yumsa, bu endi boshqa masala. 

Etibor berayotgan bo'lsangiz, hozir Superliga hakamlari uch-to'rt kun oldin elon qilinmayapti hamda hakamlarning safar o'yinlariga borib kelishi to'liq PFL tomonidan qoplanyapti. Buni ham oldinga tashlangan qadam deya olamiz. CHunki OFK ham chempionlar ligasi o'yinida shunday yo'l tutadi. Mezbon klub hakamlarni kutib oladi, mehmonxonaga joylashtiradi va o'yindan so'ng aeroportga kuzatib qo'yadi. Samolyot chiptasini hakamlar, nazoratchi va komissar uchun OFK hal qilib beradi. 

To'g'ri-da, klublarga kim hakam bo'lib kelishining nima qizig'i bor. Undan ko'ra jamoa o'z o'yinini o'ylagani maqul. Murabbiy futbolchilarni o'yinga tayyorlasin, shunda hakam kim bo'lishidan qatiy nazar maydonga tushib yutaveradi. 

Bir so'z bilan aytganda, hozirgi PFL olib borayotgan siyosatni to'g'ri yo'l deya olamiz. Eng muhimi, tashkilot o'yinlarni yuqorida saviyada o'tkazishga, klublarga nisbatan talabni kuchaytirishga harakat qilyapti. Endi bevosita o'yinni yanada qiziqarli o'tkazish PFL zimmasiga kirmaydi. Buning uchun avvalo har bir jamoaning o'zi izlangani maqul. Yaxshi murabbiy va kuchli futbolchilar bilan buni hal qilsa bo'ladi deb o'ylaymiz. 

X.Xoliqov.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика