So’nggi yangiliklar

15:21КХДР — Ўзбекистон. "Насаф"нинг 3 футболчиси асосий таркибда  15 14:50"Милан" "Реал"да ўйин амалиётига эга бўлмаётган вингерга кўз тикди  1 14:23Скамакка 3 ойдан кейин машғулотларга қайтди  0 13:55"Малага"нинг ёш вингери "Реал" ва "Барселона" эътиборига тушди  0 13:31Эшитдик-да! Илҳом Мўминжонов янги мавсумда водийда иш бошлайди   16 13:24"Ливерпуль" "Лион" футболчисини қўлга киритмоқчи   3 13:05Ўзбекистон ва КХДР ўзаро ўйинлар тарихи. Пхеняндаги мағлубият, Гейнрихнинг чиройли голи ва Австралияда "порлаган" Сергеев  10 13:05КХДР билан ўйинлар ёдингиздами?  5 12:44КХДР - Ўзбекистон учрашувини бизга яхши таниш ҳакам бошқаради  8 12:21АПЛнинг уч клуби Пулишични кузатмоқда  1 12:00Лаосдан гапирамиз  20 11:47Ўзбекистон терма жамоасининг КХДР билан ўйин учун тахминий таркиблари  26 11:26Бундеслиганинг энг яхши тўпурари "Бавария"га ўтишни истамоқда  0 10:51«Реал Мадрид»нинг қишдаги режалари маълум  0 10:18Поль Погба келажаги борасида бир қарорга келди  2

"Talabalar oshi". Besh yil ichida "Energetik-BGU"dagi barcha o'zbeklarning faoliyati qanday kechdi? (mutolaa uchun) Yangiliklar

"Talabalar oshi". Besh yil ichida "Energetik-BGU"dagi barcha o'zbeklarning faoliyati qanday kechdi? (mutolaa uchun)

"Energetik-BGU" Birinchi ligaga tushib ketdi.

So'nggi besh yil davomida "talabalar"ning yutuqlari nafaqat yosh jamoa, balki osiyolik futbolchilardan faol foydalanish bo'ldi. 2020 yilga qadar Belarusga asosan qozoqlar kelardi, uch yilda esa yo'nalish o'zbeklar tomonga burildi. Aleksey Strelchenko O'rta Osiyo mamlakatlaridan kelgan o'yinchilar "olovranglar" tarkibida qanchalik zo'r o'ynagani va hozir qaerda ekanliklarini tahlil qiladi.

"Talabalar"ning selekciyasi Ilya SHkurinni topib oliy divizionga qaytganidan o'zgardi. Forvard 2019 yili 26ta o'yinda 19ta gol urgan holda chempionatning eng yaxshi o'yinchisi bo'ldi va tranzit orqali Brestning "Dinamo" jamoasidan CSKAga yo'l oldi. Hozir esa Polshada o'ynamoqda. "Energetik" o'sha yilning oxiriga kelib o'zbeklar bilan ishlashni boshlagan holda o'z kelajagi uchun ikki muhim shartnomani imzoladi.

Ilk qaldirg'och "Paxtakor"dan ijaraga olingan Jasur Yaxshiboev bo'ldi. Forvard startni yaxshi boshladi va BATEga ikkita gol urdi. "Talabalar" o'sha yili osmonda yulduz tutishmagan bo'lsa ham Yaxshiboev 2020 yilgi chempionatning ilk davrasida 9ta gol urdi va 3ta assist qayd etdi. O'yinchiga "SHaxtyor" ko'z tashladi va o'zbekistonlik yozda Soligorskka ko'chib o'tdi, u erda esa 13ta o'yinda 7+3 qayd etgan holda oltin medallarga ega chiqdi.



Yaxshiboev Belarusdan Polshaga yo'l oldi ("Legiya" bilan ikki yillik shartnoma), ammo yarim yildan so'ng Madridda "Real"ni 2:1 hisobida taslim etgan Moldovaning "SHerif" jamoasiga yo'l oldi. Bundan tashqari, Yaxshiboev o'sha o'yinda "SHerif"ning ilk goliga mualliflik qildi. O'zbekistonlik o'yinchining umumiy o'yini Tiraspol klubi rahbariyatini hamkorlik kerakligiga ishontirolmadi. Polshadagi shartnoma ham nihoyasiga etdi. Yakunda Jasur 2022 yilning yozida O'zbekiston Superligasining "umrbod ikkinchi" bo'lgan jamoasi "Navbahor" safini to'ldirdi. U hozirda 16ta o'yinda 4+3 jamg'argan holda chempionatning qolgan o'yinchilaridan hech nimasi bilan farq qilmayapti. Qachonlardir Belarus chempionatini yondirgan forvard ushbu raqamlar bilan hattoki jamoadagi eng yaxshi roliga ham davogarlik qilmaydi.


P.S. - tarjimadagi barcha malumot muallifning matnidan o'zgartirilmagan holda to'liq olingan.


"Energetik"ning 2020 yilgi mavsumdan oldingi ikkinchi bitimi SHahboz Umarov bo'ldi. Futbolchi 30ta o'yinda 4+3 jamg'ardi. Unchalik ko'p emasdek, ammo bu BATEning qiziqishini uyg'otgan holda u bilan yozda shartnoma imzolab "talabalar"ga yilning oxirigacha ijaraga berishga etdi. Strayker 2021 yilning qishida borisovliklarning to'liq o'yinchisiga aylandi. SHahboz 6+8 qayd etgan holda "sariq-ko'klar" safida yaxshi o'ynadi, ammo keyingi yili murabbiy Aleksandr Mixaylov bilan kelishmovchilikdan so'ng asosiy jamoadan tushib qoldi va yarim yil davomida "Ordabasi"ga ketishidan oldin qaydnomaga kirmadi. U joriy yil Aleksandr Sednev qo'l ostida Qozog'iston chempioniga aylandi.



2020 yil minskliklar safida yana bir o'zbek – Humoyunmirzo Iminov harakat qildi. Xavbek yozda keldi, sakkizta o'yinda bitta gol urdi va bir necha oydan so'ng "Paxtakor"ga qaytdi. O'shandan beri O'zbekistonda ikkita klub almashtirdi. 1 yanvarda esa Samarqandning "Dinamo" klubiga qo'shildi.

2021 yil uch o'zbek minskliklar safini to'ldirishdi. Ulardan kamroq sezilgani Doniyor Abdumannopovning transferi bo'ldi. Vinger "olovranglar" safida atigi ikkita o'yinda qatnashdi va o'zidan hech qanday esda qolarli narsa qoldirmagan holda vataniga qaytib ketdi. Hozirda "Navbahor"da o'ynamoqda.

O'sha yilning yozida "SHaxtyor"dan Minskka ijara asosida SHahzodbek Ubaydullaev keldi. Strayker ilk o'yinlardanoq "talablar" asosiy tarkibiga kirib oldi 11 o'yinda 3+3 jamg'argan holda yomon harakat qilmadi. Ammo, bunday statistikaga qaramay "SHaxtyor"ga kerakliligini isbotlay olmadi va qishda vataniga qaytdi. Hozirda o'zbek ligasining o'rta darajadagi Bekobodning "Metallurg" jamoasida o'ynamoqda.



SHuningdek, Anatoliy Yurevich chempionatning o'rtasida besh yillikdagi eng asosiy transferni amalga oshirdi – jamoaga Bobir Abduxoliqov keldi. Biroq, bu avvaliga tushunarsizroq bo'ldi. To'purar Belarusdagi ilk yarim yilda 14ta o'yinda atigi ikkita to'p kiritgan holda juda kamtar harakat qildi. Ammo, qishda ko'nikib oldi va keyingi yili umuman boshqacha ko'rsatkichlarni taqdim etdi! Abduxoliqov chempionatda 30ta o'yinda 32 (26+6) ochko jamg'ardi va "Energetik"ni ikkinchi o'ringa olib chiqqan holda chempionat to'purari, uning eng foydali o'yinchisi va mavsum MVP'si bo'ldi.



Taqdimot marosimida o'yinchi Belarusda qolmasligini aytdi va tez orada "Ordabasi" bilan shartnoma imzoladi va yakunda chempion ham bo'ldi. Raqobatbardoshroq bo'lgan Qozog'iston chempionatida ko'rsatkichlar biroz tushdi, ammo raqamlar hali ham yomon emas – 26ta o'yinda 7+4.

"Talabalar" uchun 2022 yil faqatgina Abduxoliqov sabab muvaffaqiyatli kechmadi. Mavsum oldidan klubga 18 yoshli markaziy himoyachi Abduqodir Husanov keldi. Transfer ideal chiqdi. Husanov mudofaada aqlbovarqilmas o'ynadi va o'z poziciyasi uchun yaxshi natija ko'rsatdi – 3+4 (BCH-2022da gol+pas bo'yicha eng yaxshi himoyachi). "Talabalar"ning ananaviy hujumkor uslubini hisobga olgan holda mudofaadagi bunday devorlarsiz sensaciya ro'y bermasligi aniq edi.



Husanov joriy mavsum Franciyaning "Lans" jamoasida o'ynamoqda. O'zbekistonlik o'yinchi Liga 1da beshta o'yinda harakat qildi va Sofascore bahosiga ko'ra o'rtacha 7,0 jamg'armoqda. Bundan tashqari, himoyachi CHempionlar ligasidagi ikkita o'yinda harakat qildi.

SHoxruh Abdurahmonov "Energetik"dagi ilk yarim yilni ajoyib o'tkazdi va birdan jamoaning asosiy dispetcheriga aylandi. Xavbek asosiy tarkibga ajoyib mos tushdi va o'z o'yinlarining asosiy qismini "box-to-box" o'tkazdi. 2022 yilning yozida o'z vataniga ikki bor yo'l olishga ulgurdi va Superliganing o'rta darajadagi jamoasi bo'lmish "Bunyodkor" tarkibida mavsumni yakunladi.

SHuningdek "Energetik"da 2022 yilning ilk yarmida Abbosbek Jumaqulov ijarada o'ynadi. Yarim himoyachi "olovranglar" tarkibida 21 daqiqa o'ynab bitta assist qayd etdi. Yarim himoyachi ijarasi yakunlanganidan so'ng "Bunyodkor"ning ikkinchi jamoasiga qaytdi va unda o'z o'rnini topishga harakat qilmoqda.

Forvard Amirbek Baqoev o'tgan yili o'yinni zaxiradan kuzatishga ko'nikib qolgan "temir" zaxira o'yinchisi edi. Faqatgina etakchilar yo'qotilgani sabab joriy mavsum o'yin amaliyoti ola boshladi. Mavsum davomida 23ta o'yinda 5ta golli harakatda (2+3) ishtirok etdi.



Joriy yilning avgustida Baqoevga Minskda Rustam Turdimurodov hamkorlik qildi. Hujumchi maydonda muntazam ravishda paydo bo'ldi va 10ta o'yinda ikkita assist qayd etdi. Baqoevning shartnomasi yilning so'nggida yakuniga etadi va 2-diviziondagi legionerlarga cheklovni hisobga olsak (faqatgina talablar o'ynashi mumkin) hujumchi yangi ish joyi topishiga to'g'ri keldi. Turdimurodovning vaziyati ham kelishuv muddati nomalumligiga qaramay deyarli bir xil. Agar Anatoliy Yurevich bu vaziyatdan chiqish yo'lini topmasa ikki futbolchi ham ketishga majbur bo'ladi.

Yakunni chiqaradigan bo'lsak, juda qiziqarli tendenciyani qayd etmoqchiman – "Energetik"da qancha ko'p o'zbek pasportiga ega futbolchilar bo'lsa mavsum shuncha omadli kechmoqda. O'zingiz o'ylab ko'ring – "olovranglar" tarkibda etti nafar o'zbekistonlik bo'lganda kumushni olishdi, ular atigi ikki nafar bo'lganda esa quyi ligaga tushib ketishdi. Balki bu rok-n-rol jamoasining siri ham mana shundadir? Umuman olganda uch yil davomida Belarus uchun shunday ijrochilarni topgan "Energetik"ning skautlik ishini olqishlash kerak. Kim uchundir Evropaga ham eshiklar ochildi.


Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика