So’nggi yangiliklar

00:36Акмал Рустамов: "Йигитларнинг барчасига раҳмат айтаман, улар бор кучи билан ҳаракат қилишмоқда"  0 00:12Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" - "Челси" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 00:10Мирко Йеличич: "Биз 60 дақиқа яхши ўйнадик"  0 23:55Суперлига. Алибоев супергол урган баҳсда "Нефтчи" "Қизилқум" билан дуранг ўйнади, "Навбаҳор" эса "Машъал"ни йирик ҳисобда енгди  0 23:51Клублар ўртасидаги ЖЧнинг биринчи чорак финалчиси маълум!  0 23:38Виталий Левченко: "Агар реализация яхшироқ бўлганида, ўйин натижасини ҳал қилиб бўлган бўлар эдик"  13 23:23Сергей Лушчан: "Мавсум аввалида бизда аниқ бир мақсад йўқ эди, ҳозир эса... Футболчимизда хориждан таклиф бор"  5 22:50Уильямсни сотиб олса ҳам "Барселона" Рэшфордни трансфер қилишга уриниб кўради  5 22:31Фарҳод Нишонов: "Бир нечта футболчиларимизда Суперлигадан клубларидан таклифлар бор"  0 22:13Асрор Алиқулов: "Чарчоқ ёки иссиқ ҳаво деган гаплар қуруқ баҳона. Ҳар бир учрашув ҳам ўхшайвермайди"  3 21:57Суперлига. "Қизилқум" сўнгги дақиқаларда гол уриб, "Нефтчи"ни ғалабадан маҳрум қилди  69 21:21ПроЛига. "Олимпик Мобиуз" "Олимпик" дарвозасига жавобсиз 4та гол урди ва пешқадамликни қўлига олди  1 20:55Суперлига. "Навбаҳор" ўз майдонида "Машъал"га жавобсиз 6 та тўп йўллади, Ғуломовда дубль, Жияновда 3 та ассист!  67 20:16Тер Штеген "Барселона"да қолмоқчи  0 19:58Бобир Абдихолиқов "Келажак бунёдкори" медали билан мукофотланди  8

Takumi Minamino "Liverpul"da. U jamoaga foyda keltira oladimi? Yangiliklar

Takumi Minamino "Liverpul"da. U jamoaga foyda keltira oladimi?

Yurgen Klopp jamoasi yaponiyalik vingerni xarid qilishi - futbolga bog'liq qarormi yoki tijorat yurishi?

"Liverpul" xarid qilgan Takumi Minamino - hozircha qishki transfer oynasining asosiy voqealaridan biri bo'lib turibdi. Yaponiyalik iqtidorli yarim himoyachi 7,25 mln. funt - hozirgi kun uchun kulgili pullarga sotib olindi. Uning shartnomasi to'rt yilga mo'ljallangan, demak, hammasi jiddiy. Minaminoning "Zalcburg"dagi o'yinlari Yurgen Kloppda yaxshi taassurot qoldirgan ekan.


Takumiga "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirayotgandi, ammo yarim himoyachi "Liverpul"ni tanladi. "Qizillar" uzoq o'ylab o'tirmadi, chunki futbolchining shartnomasidagi tovon puli kulgili edi. Kloppning aytishicha, yaponiyalik jamoani kuchaytira olar ekan, biroq bunga hamma ham ishonmayapti. Osiyolik futbolchi biror grandda paydo bo'lsa, ko'pchilik bu qaror skaut va murabbiylari emas, Osiyo bozorini zabt etishni istagan klub tijorat direktori tomonidan qabul qilingan deb o'ylaydi. Qaysi fikr to'g'riroq?


Jamoadagi kelajagi


Takumi Minamino hujumdagi har qanday poziciyada o'ynab keta oladi. U "Zalcburg"dagi 22ta uchrashuvida 9ta gol urib, 11ta golli pas berdi. Klopp futbolchining ko'plab poziciyada harakat qila olishiga etibor qaratdi. Nemis mutaxassis yangi o'yinchini yarim himoya markaziga qo'yishni o'ylagan ekan. Umuman olganda tajribalarga mos yigit. Oson bo'lmasligi aniq: Takumi murabbiydan sabrli bo'lishni so'radi, chunki poziciya bo'yicha uning raqiblari juda ko'p. Muhammad Saloh va Sadio Mane hech qachon asosiy tarkibdan tushib qolmaydi, SHerdan SHakiri, Aleks Oksleyd-CHemberlen, Adam Lallana va Jeyms Milner esa murabbiy ishonchini qozongan.

Markazga to'xtaladigan bo'lsak, bu er yanada zich: Jorjino Veynaldum, Jordan Xenderson, Nabi Keyta va Fabino. "Liverpul"da yaxshi tarkib mavjud va Klopp yaponiyalik uchun qaerdan joy topib berishini aytish qiyin.


Tijoriy istiqbol


Evropa futboli har qanaqasiga jahon bozoriga chiqishga va maksimal miqdordagi mamlakatlar - ayniqsa pul ko'p bo'lgan Osiyoga kirib borishga intilmoqda. Angliya Premer-ligasi dunyoning eng mashhur ligasi bo'lib qolmoqda - uning auditoriyasi hajmi 4,7 mlrd. tomoshabinni tashkil etadi. APLning 20ta klubidan 15tasi to'liq yoki qisman chet ellik investorlarga tegishli. Futbolkadagi homiylarning ham Angliyaga aloqasi bor. Xatto tarkibni kuchaytirish uchun qilingan xarid xalqaro bozorda foyda keltirishi mumkin. "Yuventus" Krishtianu Ronalduni sotib olganida, unga futbolchi va investiciya sifatida qaralgan.


"Ilk marta "Yuventus"ning sport va tijorat tomoni birlashdi. Biz futbolchi narxi va kelajakdagi daromadga baho berdik. Ronaldu bilan shartnoma imzolash maydonda va uning tashqarisida foyda keltirishi kerak" - degandi "Yuve" prezidenti Andrea Anelli. Hammasi oddiy: Jamoa nafaqat ajoyib ijrochi, balki chet ellik homiylarni olib keladigan futbolchiga ega bo'ldi. Birinchi kundayoq 7-raqamli yarim millionta futbolka sotildi - bu 60 mln. dollar foyda degani. Jeep va Adidas bilan bitimlar yangilandi, ular ikki baravar ko'proq to'laydigan bo'lishdi.

Ko'plab manbalarning tasdiqlashicha, "Liverpul" Takumi Minaminoni xarid qilishi - Osiyo bozoriga kirishning navbatdagi urinishi ekan. Yaponiyalik bilan shartnoma imzolanganidan so'ng, klubning Tvitter akkauntiga odatdagidan 15 ming ko'p o'quvchi tashrif buyurdi. Bundan tashqari "qizillar"da Yaponiyaning shina ishlab chiqaruvchi Yokohama kompaniyasi bilan shartnoma imzolash uchun ajoyib imkoniyat paydo bo'ldi. "CHelsi"ning ushbu korporaciya bilan kelishuvi yakuniga etmoqda.


Yurgen Klopp bir necha kun oldin bergan intervyusida Minaminoning maydondagi poziciyasi bo'yicha bir qarorga kelmaganini aytgan edi. U o'ylagunicha, ko'pmillionli Osiyo mamlakatlari muxlislari "Liverpul" o'yinlarini katta qiziqish bilan tomosha qilishadi. U maydonda foyda beradimi yoki yo'q, buni bilmaymiz, ammo u klubga boshqa jabhada yordam berishi aniq.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика