So’nggi yangiliklar

20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  1 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  11 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  4 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  6 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  5 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  2 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  2 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  5 16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  0 15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  6 15:08Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин  2

Jasur Abduraimov: "VAR tufayli faqat 15 daqiqa futbol o'ynadik" Yangiliklar

Jasur Abduraimov: "VAR tufayli faqat 15 daqiqa futbol o'ynadik"

Superliganing sakkizinchi turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Metallurg" (1:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiy Jasur Abduraimov fikrlarini bildirib o'tdi.




"O'yin yaxshi bo'ldi. "Lokomotiv" tarkibida yaxshi saviyadagi futbolchilar yig'ilgandi. G'alaba qozonganimizdan xursandman. O'tgan turda "So'g'diyona"ga o'z maydonimizda ikkita standartdan o'tkazib yuborilgan gol evaziga mag'lub bo'lgandik. Bugun o'yinning boshidan oxirigacha taktik kurash kechdi. Yigitlarga iroda ko'rsatishgani uchun rahmat aytaman", – Jasur Abduraimov.

- Siz "Paxtakor"da qisqa vaqt ishlagan paytingizda futbolchilar kam sonli vaziyatlardan foydalanib, gol urib ketishardi. Bugun ham "Metallurg" pragmatik o'yin ko'rsatgan holda o'zi yaratgan vaziyatlardan foydalanib, g'alaba qozondi. Bu sizning himoyaviy o'yinni yo'lga qo'yayotganingizni anglatadimi?

- Evropa futbolida ham ko'ryapsiz, futbolda birinchi o'rinda natija turadi. Mening fikrimcha, bu himoyaviy o'yin emas. Bugun ko'proq oldinga harakatlandik. Bizga bo'sh xududlar kerak edi. Qaysidir manoda taktika desam ham bo'ladi. Buning uchun texnik tomondan sifatli futbolchilar kerak. SHu narsa bizga biroz etishmayapti. 

- Evgeniy Makeev birinchi davradan so'ng jamoadan ketishi mumkinmi?

- Ketadi. Men o'zim bu narsani uchinchi marotaba aytmoqdaman. Millatchi emasman. Nomiga qaramayman. Ruslarni ham, o'zbeklarni ham birdek qabul qilaman. O'zbek futbolchisi bo'lsa ham talabga javob bersa, o'ynaydi. Agarda legioner talabga javob bermasa, o'ynamaydi. Makeev yaxshi futbolchi va inson. Agarda vaziyat 50/50 bo'lsa, yoshlarga imkon beraman. Mana bugun ham gollarni 21, 22 yoshli futbolchilar urishdi. Legioner bir bosh ustun bo'lsa, o'ynaydi. Xorijlik o'yinchida sifat ko'zga tashlanishi kerak. G'ofurbekovda sifat bor.

- Jamoa etakchisi Kamoliddin Tojievda jarohat bormi?

- U jarohat olgandi. Boz ustiga bunday yoshda futbolchiga osonmas. Kamoliddin Tojiev – asosiy tarkib futbolchisi. 

- Yozgi transferlar oynasi vaqtida jamoaga o'zingiz istagan futbolchini olib kelish niyatingiz bormi? Ikkinchi savolim murabbiylar aksariyat hollarda o'yindan keyin hakamlarga tosh otgan holda o'z aybini yashirishga urinishmoqda. Bugungi hakamlik haqida fikringiz qanday?

- Birinchi savolingizga javob – kim "Metallurg"ga kelishni o'zi istasa, olib kelamiz. Yoshini esa ahamiyati yo'q. Hozirni o'zida 8-10 nafar futbolchi jamoamizda o'ynashni istamoqda. Raqobat bo'lishi uchun har bir chiziqda ikkita futbolchi bo'lishi lozim. Ikkinchi savolingizga kelsak, bir marotaba etiroz bildirdim. "Paxtakor" bilan o'yinda 3 metrlik ofsaydni ko'rishmadi. "So'g'diyona"ga qarshi uchrashuvning ikkinchi bo'limida 15 daqiqa o'ynadik. O'yinda kamroq to'xtalishlar qilish darkor. Men nazoratchi emas, oddiy murabbiyman. Futbolchilar mehnat qilishyapti. Bugungi kunda natija murabbiyning taqdirini hal qilmoqda. To'g'ri, hamma ham xato qiladi. Lekin yaqqol xatolarni tushunmayman. Hakamlar ham ozgina o'ylashsin. VAR'ga qarash uchun yarim soat vaqt sarflashmoqda.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика