So’nggi yangiliklar

11:20Фабио Каннаваро Суперлига 25-турининг 4 та ўйинини стадиондан кузатади  6 10:51Пролига. Тур аутсайдерлар тўқнашуви билан бошланади  0 10:20"Манчестер Сити" Родрига ўринбосар топди  0 09:54"Манчестер Юнайтед" туркиялик футболчига 90 миллион евро таклиф қилади  1 09:26Гехи учун Италия гранди ҳам курашга қўшилди  0 08:53Суперлига. Бугун 25-тур старт олади  1 08:28ЖЧ-2026 финалидаги чипталар сўнгги жаҳон чемпионатига нисбатан ўн баробар қимматроқ  2 08:01Бугун футзал терма жамоамиз дунёнинг энг зўр жамоаларидан бирига қарши майдонга тушади  2 07:35ЖЧ U-20. Финалчилар маълум  4 03:04Эксперт фикри: "Ўзбекистон Жаҳон чемпионатига бориб, шарманда бўлиб қайтиши керак эмас"   6 00:48Ҳарри Кейн Жаҳон чемпионатидаги мақсад ҳақида гапирди  1 00:24Арда Гюлер: "Алонсо дарвозада турасан деса, қўлқоп сотиб оламан"  4 23:58Энцо Мареска "Ливерпул"га қарши ўйиндаги хатти-ҳаракатлари учун жазога тортилди  0 23:37"Милан" ва Emirates ўзаро келишувни расман узайтиришди  0 22:48"Golden Boy" мукофоти учун якуний номзодлар рўйхати маълум бўлди  6

Tailand terma jamoasi murabbiyi: "Tailand ketma-ket to'rtinchi Jahon chempionatida kuchli 16talikdan joy olmoqda" Yangiliklar

Tailand terma jamoasi murabbiyi: "Tailand ketma-ket to'rtinchi Jahon chempionatida kuchli 16talikdan joy olmoqda"

Jahon chempionati 1/8 final doirasida o'tkazilgan Tailand - Franciya (2:5) bahsidan so'ng Tailand terma jamoasi yordamchi murabbiyi Eloy Alonso saytimizga kichik intervyu berdi.

"Ushbu musobaqadagi eng yaxshi birinchi bo'limimizni o'tkazdik. Tanaffusga qadar hisobda oldinga chiqib olishimiz mumkin edi. Bugun biz yaratgan vaziyatlarimizdan foydalana olmadik, raqib esa o'z imkoniyatlarini ko'kka sovurmadi va g'alaba qozondi. Ikkinchi bo'limda ham shunga o'xshash scenariy takrorlandi. Raqib darvozaboni bugungi uchrashuvning asosiy qahramoni bo'ldi deb o'ylayman. Hisobda ortda borayotganimiz sababli darvozabonsiz o'ynadik, ammo bu xavfli edi. Raqib bizni shu pallada ushlay oldi.

Mundial Tailand terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli bo'ldi deb o'ylayman. Biz pley-offda ishtirok etdik. Tailand ketma-ket to'rtinchi marotaba Jahon chempionatining eng kuchli 16ta jamoasidan biri bo'lib kelmoqda. SHuningdek, O'zbekistondagi mundialda biz birinchi marotaba Evropa jamoasini mag'lub eta oldik. Birinchi turda Xorvatiyani mag'lub etdik. Xorvatiya biz mag'lub eta olgan dastlabki Evropa terma jamoasi bo'ldi. Sekin-astalik bilan o'sishda davom etmoqdamiz. Biz uchun muvaffaqiyatli bo'lgan 2024 yilni davom ettirmoqdamiz. Biz bor-yo'g'i uch oy avval Osiyo mintaqasining vice-chempionlari bo'lgandik. Kayfiyatim biroz yaxshi emasdir, sababi biz bugun yaxshiroq natija qayd etishimiz mumkin edi.


Ushbu Jahon chempionatida har bir jamoa har qanday raqibni mag'lub eta olishi mumkinligini ko'ryapmiz. Syurprizlarga boy musobaqa bo'lyapti. Kecha Portugaliya musobaqani tark etdi. Janubiy Amerika, Evropa, Osiyo va qolgan barcha mintaqalarning darajasi tenglashib bormoqda. Bu ajoyib. Sababi futzal sportining manosi ham shunda. Har bir jamoa har kimni mag'lub etishi mumkin" - deya fikr bildirdi Eloy Alonso.



Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

Futzal bo'yicha JCH. Franciya Tailandni mag'lub etdi. Jahon chempionatida osiyolik jamoalar qolmadi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика