Tailand chempionatida to'p tepadigan Sardor Mirzaev faoliyati haqida
13 iyu 2022 12:00
Yangiliklar
Tailand chempionatida to'p tepadigan Sardor Mirzaev faoliyati haqida
Xabaringiz bor, ertaga Osiyo Kubogi-2023 hal qiluvchi saralash bosqichi 3-turidan o'rin olgan O'zbekiston - Tailand uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Guruhidagi asosiy raqibimizning mahalliy chempionatida "Neftchi" va "Lokomotiv" klublarining sobiq futbolchisi Sardor Mirzaev to'p tepadi. Mirzaev 2020 yildan buyon "Muangtong Yunayted" klubida 10-raqamli libosda harakat qiladi. O'zbekistonlik yarim himoyachi hozirgacha klub safida 53 uchrashuvda maydonga tushib, 23 gol muallifiga aylangan. SHuningdek, u 2020/21 yilgi mavsumda klubning eng yaxshi to'purariga aylandi (13 ta gol). Jamoa Tailand chempionatida o'sha yili ettinchi, o'tgan mavsum esa 4-o'rinni egalladi. Klubda jami 5 nafar ligeoner, shu jumladan, ikki nafar braziliyalik futbolchi mavjud. "Muangtong Yunayted"ga 2020 yildan beri makedoniyalik Mario Gjurovoski murabbiylik qilib kelmoqda.
Fikrlar