So’nggi yangiliklar

16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  55 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  6 15:54⚡️"Пахтакор" собиқ футболчисини ортга қайтарди  9 15:29Шерзод Жўраев: “Қайси йўналишда бўлса ҳам “Навбаҳор” муваффақиятларига ҳисса қўшиш мен учун шараф”  0 15:06"Пахтакор"нинг икки етакчиси чет элга йўл олишни рад этиб, клубда қолишга қарор қилди  12 14:10"Ливерпул"га Родриго қизиқ. "Реал" вингери трансфери Диас кетган тақдирдагина амалга ошади  3 13:20Аббос Файзуллаев ҳам "Истанбул Башакшеҳир"га трансфер қилинадими? Шомуродов бу саволга жавоб берди  11 13:05Суперлига-2025. Биринчи даврадаги энг яхши 10 та трансфер  1 12:25Месси 6 ўйинда 11 та гол уриб, МЛСнинг 7 йиллик рекордини ўрнатди  51 11:35Нкунку "Челси"ни тарк этади?!  2 11:07МЮ “Реал“ футболчига 90 миллион таклиф қилди  5 10:43“Реал Мадрид“ни трансфер ойнаси якунига қадар 4 нафар футболчи тарк этиши мумкин  14 10:20Жозе Моуринью “Арсенал“ ҳужумчисини “Фенербахче“га ўтишга кўндирди  1 09:51Биринчи даврани “Локомотив“да ўтказган ҳимоячи ОКМК йиғинига қўшилди  1

"Tahlil": "Paxtakor"ning yangi legioneri - Boyan Matich ikki o'yinda qanday o'ynadi? Yangiliklar

"Tahlil": "Paxtakor"ning yangi legioneri - Boyan Matich ikki o'yinda qanday o'ynadi?

Toshkentning "Paxtakor" jamoasidan shveycariyalik Eren Derdiyok ketgach "sherlar" jamoaga boshqa bir hujumchi - serbiyalik Boyan Matichni olib keldi.

29 iyul kuni elon qilingan transferga ko'ra, Matich klub bilan 2021 yil oxiriga qadar shartnoma tuzgan

Matichning "Bunyodkor"ga qarshi 20 daqiqalik o'yini

Boyan "Paxtakor"dagi dastlabki uchrashuvini poytaxtning boshqa bir klubi — "Bunyodkor"ga qarshi o'tkazdi. 

InStat`ning malumotlariga ko'ra, Matich ushbu uchrashuvda 20 daqiqagina maydonda harakat qilgan. U o'yinning 75-daqiqasida SHerzod Temirovning o'rniga maydonga tushgan edi. SHu 20 daqiqa ichida Boyan 4 marta pas bergan va ularning 3 tasi yoki 75 foizi aniq. Futbolchi 3 marta to'p yo'qotgan va 1 ta yakkakurashda yutqazgan. 

"Paxtakor" jamoasi bosh murabbiyi Piter Xyuistraga uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida futbolchining debyuti haqida savol berdim. Murabbiy futbolchining 2 kun avval kelganligini aytgan edi o'shanda. 

"Atigi 2 mashg'ulotimizda ishtirok etdi. Uning jismoniy holati qanday ekanligini bilmasdim va shu boisdan unga jismoniy yuklamalar berganim yo'q. Boyanni 20 daqiqa qolganida maydonga tushirdim va unga o'yin taktikasini, jamoaning uslubini ko'rib, o'rganib olishini aytdim. U bilan dekabr oyiga qadar shartnomamiz bor. Navbatdagi o'yinlarda unga imkoniyat taqdim qilinadi va Boyan butun O'zbekistonga o'zining qanday futbolchi ekanligini ko'rsatadi. Matich umuman olganda yaxshi futbolchi", — degan edi Xyuistra.

"Nasaf"ga qarshi 86 daqiqa va 1 ta gol

Boyan Matich Qarshining "Nasaf"iga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushdi. 

Futbolchi mazkur bahsda jami 86 daqiqa maydonda harakat qildi. U 86-daqiqada zaxiraga olindi va uning o'rniga SHerzod Temirov bahsni davom ettirdi. 

Matich 1 ta gol urish uchun imkoniyatga ega bo'ldi va undan foydala oldi. 3 marta o'yindan tashqari holatda qolib ketgan Boyan, o'yin davomida 2 marta zarba berdi va ularning 1 tasi aniq bo'ldi. Jami 9 bor pas berdi va ularning 67 foizini aniq amalga oshirdi. 12 marta to'p yo'qotgan futbolchi, 19 ta yakkakurashning 32 foizida yutib chiqqan. 12 marta havoda to'p uchun kurashgan Matich ularning 25 foizida yutgan. Uning 1 marta to'pni olib qo'yishga uringanligi samarasiz yakunlangan.

O'sha o'yindan keyin ham Piter Xyuistraga Matich haqida savol berdim. 

"Boyan Matich haqida fikrim ijobiy. Mehnat qilishdan to'xtagani yo'q, yordam berishga harakat qilayapti. "Paxtakor"da to'liq o'ynab ketishi uchun bir oz vaqt kerak bo'ladi. U jamoaviy o'yinchi sifatida yaxshi taasurot qoldirayapti. U g'alaba golini urgani yoqimli holat", — deydi u.

Uchrashuvdan so'ng Boyan Matich jamoaga yaxshi moslashib borayotganini ham aytib o'tdi

"Futbolchilar va murabbiylar shtabi, xodimlar meni ilk kundanoq iliq qarshi olishdi. Bu erda o'zimni xuddi uzoq vaqtdan beri o'ynayotgandek his qilmoqdaman", — deya qo'shimcha qiladi u.

Muallif xulosasi

SHaxsan menga Boyan Matich ikki uchrashuvda ham yomon ko'rinmadi. U maydonda ko'proq harakat qilyapti. Imkoniyatidan maksimal darajada foydalanuvchi, gol hidini sezuvchi futbolchi o'yinidan. InStat`ning malumotlari biroz u yakkukurashlarda, shuningdek, havoda to'p uchun kurashlarda yaxshi darajada emasligini ko'rsatmoqda. Ushbu ko'rsatkichlar kelasi uchrashuvlarda yaxshilanib boradimi, yo'qmi, kuzatib boraveramiz.

Muallif : Og'abek Samisov
Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика