So’nggi yangiliklar

21:00Суперлига. "Пахтакор" – "Навбаҳор" (матнли трансляция)  138 20:58"Бавария" ва "Ливерпуль" француз иқтидори учун баҳслашади  4 20:50Суперлига. "Динамо" – "Насаф" 2:1 (матнли трансляция)  63 20:18Сергей Чигодаев: "Вазиятларимиз жуда ҳам кўп бўлди, лекин уларни голга айлантира олмадик"  2 19:25Халқаро турнир. Ўзбекистон U-16 иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  8 19:17"Пахтакор" — "Навбаҳор". Таркиблар маълум  7 18:43Ўзбекистонлик футболчи Россия Медиалигасини ёндирмоқда  2 18:13"Арсенал" янги музокаралардан сўнг Гёкереш трансферига яқинлашди. Ҳужумчи "Спортинг"ни тарк этмоқчи  10 17:45Тимур Кападзе: "CAFA - яхши турнир бўлади. Ҳали шартномам янгиланмади"  22 17:10Котрина Кулбите: "Нима бўлганда ҳам биз йўлланмани қўлга киритдик"  2 16:46"Бунёдкор" "Андижон"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 16:35Футболчиларимиз Осиё чемпионати йўлланмаси қўлга киритилганидан сўнг нималар деди?  3 16:12"Арсенал" 65 млн евролик трансферни эълон қилди  7 15:20Сон Хён Мин МЛС клубига рад жавобини берди  0 14:36"Манчестер Юнайтед" "Челси" ярим ҳимоячиси учун 40 млн евро тўлашга тайёр  1

Tahlil. Kursisi qimirlagan Levchenko uchun "Nasaf" bilan o'yin oxirgi imkoniyat. "Neftchi"da vaziyat qanday? Yangiliklar

Tahlil. Kursisi qimirlagan Levchenko uchun "Nasaf" bilan o'yin oxirgi imkoniyat. "Neftchi"da vaziyat qanday?

"Neftchi" uchun mavsum qoniqarsiz natijalar bilan boshlandi. Bahor quyoshi hamma joyga kirib bormoqda lekin Farg'onada qishki uyqu hukmron bo'lib turibdi.

Dastlab Toshkentda "Bunyodkor" bilan durang o'ynagan jamoa, ikkinchi turda ham boz ustiga Farg'onada ochilish o'yinida yana o'sha natijasini takrorladi. Tabiiyki, bundan muxlislar va hokimning xafsalasi pir bo'lgani aniq. Hurmat qilgan holda aytamanki "Neftchi" yuta oladigan jamoalar edi. Lekin Vitaliy Levchenko qo'l ostidagi yigitlarning mahorati va ustunligidan foydalana olayotgani yo'q. Aksincha "Neftchi"ga qarshi o'ynagan "Bunyodkor" ham, "Qo'qon-1912" ham g'alabaga haqli harakat qildi. Buni qarang, qo'l ostida Iskanderov, Aliboev, Marushich, Tabatadze kabi hujumda qoyillatadigan yigitlar jamlangan, lekin darvozaga bor yo'g'i 2 ta aniq zarba yo'llandi. "Bunyodkor" bilan o'yindagi singari kecha ham ikkinchi bo'limda butkul bellashuv tizgini boy berildi. 


Vitaliy Levchenko uchun duranglar begona emas, shu paytgacha "Neftchi" uning boshchiligida Superligada 67 ta o'yin o'tkazdi va bu uchrashuvlarning 27 tasida yani 40 foizini durang bilan yakunladi. 2023 yil chempionatning 26 ta uchrashuvida 12 ta durang (birinchi o'rin), 2024 yil 10 ta durang (uchinchi o'rin) qayd etgan. 

"Neftchi" uning qo'l ostida 2022 yil Superligada to'qqizinchi o'rinni egalladi. 2023 yil 45 ochko beshinchi o'rin, ikkinchi o'ringa uch, bronza medallariga ikki ochko kamlik qildi. 2024 yil esa bir varakayiga 3 ta jamoa "So'g'diyona", "Navbahor", "Neftchi" 43 ochkodan to'pladi. O'zaro o'yinlarga ko'ra farg'onaliklar beshinchi pog'onadan joy oldi. Levchenko to'liq ikki mavsum jamoani boshqardi. Fakt shuki, "Neftchi" 2023 va 2024 yilni g'alabalar bilan boshlagandi. 

Endi farg'onaliklarning keyingi o'yinlariga to'xtalsak, 29 mart kuni Qarshida "Nasaf" mehmoni bo'ladi. Aynan shu uchrashuv Vitaliy Levchenkoning jamoadagi taqdirini hal qiladi, so'nggi imkoniyat ham deyish mumkin. "Qo'qon-1912" bilan durang uning kursisini qimirlatgan va natija ijobiy bo'lmagan taqdirda istefo ehtimoli oshadi. "Ajdarlar" qarama-qarshiligidan so'ng Farg'onaga "Navbahor" keladi. Ko'rinib turibdiki 2 ta bahs hayot-mamot jangi hisoblanadi. Malumot o'rnida aytish mumkinki, mutaxassisning klub bilan shartnomasi 2025 yilning so'nggigacha mo'ljallangan. Klub uni istefoga chiqarsa bu erda tovon puli degan masala katta sahnaga chiqib keladi. Buyog'i vaziyatga bog'liq. 

Vitaliy Levchenko murabbiy sifatida elitada "Nasaf" bilan 5 marotaba to'qnash kelgan va 3 marotaba g'alaba qozongan, 2 ta mag'lubiyat. Aynan 2022 yilgi g'alaba "ajdarlar"ning chempionlik imkoniyatlarini yo'qqa chiqargani yodingizda bo'lsa kerak. 2023 yil esa "ajdarlar" Qarshida g'alabani o'zinki qilib raqibining mavsumdagi birinchi mag'lubiyatiga sabab bo'lgan (22 ta o'yinlik mag'lubiyatsiz seriya yakunlangan). 

Oxirgi ikki yil davomida "Neftchi"da transferlar, tarkibni shakllantirish, murabbiylar shtabini tuzish, futbolchilarni olish barchasiga Levchenkoning o'zi bosh-qosh bo'layotgan edi. Bu vaqtda jamoada sport direktori, menejer faoliyat yuritgani yo'q (qog'ozda bordir). Murabbiy o'zining uslubiga mos futbolchilarni jalb qildi, hech kim ishiga aralashmadi. Bu yildan esa klubda aniq menejer va sport direktori ish boshladi. U jamoani yig'ishda muhim rol o'ynadi, chempionlik uchun kurashadigan ijrochilarni jalb qila oldi (molodec, aslida ham shunday bo'lishi kerak, murabbiy natijaga javobgar shaxs, u muzokara, transferlarga emas jamoaning tayyorgarligiga etibor berishi kerak). Murabbiylar shtabida o'zgarishlar qilindi. Levchenko o'zi olib kelganlardan faqat Anvar Norqulov qoldi.

Bugungi kunga kelib esa to'liq ixtiyor Levchenkoda qolmadi deyish mumkin. Unda faqat murabbiylik vazifasini bajarish qoldi, xolos. Yana qaytaraman bu ijrochilar Levchenko uslubidagi emas. Masalan, Vladimir Yovovich "So'g'diyona"da Boshkovichda erkin kreativ futbolchi edi. U o'yinni boshqara olar, oldinda hujumni rivojlantirardi. Buning natijasida gollar, paslar, assistlar hamma narsa o'xshadi. "Neftchi"da hozircha u poziciyasi, joyini topib ulgurmayapti. Katanec nima uchun Aziz G'anievni chaqirmaganini tushuntirib berganman. Bu ham xuddi shunga o'xshash vaziyat. Levchenkoni qoralab butkul yomonlamoqchi ham emasman, "Neftchi" chempionlik uchun kurashdi oxirgi ikki yilda, beshlikda yurdi. Lekin yaratib berilayotgan sharoit, tarkib, etiborni hisobga olganda kutilganidan past natija deb o'ylayman. 


Katanec uchun esa kreativ futbolchilar ikkinchi darajali

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика