Tachmurod Agamurodov: "Dinamo" uchun g'alaba juda zarur edi"
03 okt 2014 10:17
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/146571_original.jpg)
![](/upload/storage/146571_220.jpg)
Tachmurod Agamurodov: "Dinamo" uchun g'alaba juda zarur edi"
Dinamo - Olmaliq (2:1) uchrashuvidan so'ng, jamoamiz maslahatchi murabbiyi Tachmurod Agamurodovning fikrlari bilan qiziqdik.
- Bu uchrashuvdagi g'alaba biz uchun juda muhim edi. Birinchidan turnir jadvalidagi vaziyat faqat g'alaba qozonishimiz shartligini ko'rsatsa, ikkinchidan biz Samarqand ahliga g'alabani tortiq etish istagida edik. Xabaringiz bo'lsa kerak, Samarqandda BMT Jahon sayyohlik tashkiloti ijroiya kengashining sessiyasi bo'lib o'tmoqda. Mana shunday nufuzli tashkilotning yig'ilishi Samarqanddek shaharda o'tayotganligini futbolchilarimning ruhiyatiyatiga singdirishga intildim. Bunday shahar jamoasini himoya qilayotgan klub shunga munosib bo'lishi lozimligini aytdim.
Buni yaxshi anglagan futbolchilarimiz o'yinning dastlabki daqiqalarida ikki gol urishga erishishdi. Aynan ushbu gollar futbolchilarimizning xotirjamlikka berilishlariga sabab bo'ldi va buning uchun yarasha jazolandik. SHunga qaramay, eng asosiysi g'alabaga erishdik va turnir jadvalida o'rnimizni biroz yaxshiladik, - deydi Tachmurod SHamakovich.

![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar