"T-Tim" g'alaba qozondi, Farhod Tojievdan ikkita gol

Narzulla Saydullayev
7 mar 2015, 14:42
Kecha Malayziya premer-ligasida 4-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Farhod Tojiev va Sadriddin Abdullaev to'p tepayotgan "T-Tim" klubi 4-turda "Joxor" klubiga qarshi maydonga tushdi. Farhod Tojiev ikki bor mehmonlar darvozasiga gol urib jamoa g'alabasiga katta xissa qo'shdi. 

"T-Tim" 4ta turdan so'ng 5 ochko bilan musobaqa jadvalining 8-pog'onasida bormoqda.

Ma'lumot uchun, "T-Tim" safida o'zbekistonlik muxlislarga tanish bo'lgan Devid Oniya sardor sifatida o'ynamoqda.

"T-Tim" - "Joxor" 3:1

Gollar: Farhod Tojiev 45, 48, Norhakim 90 - Leonardo 72.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia