So’nggi yangiliklar

01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  2 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  13 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  83 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  9 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  845 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7

Suzuvchilikdan FIFA prezidentiga aylangan Joao Avelanj haqida Yangiliklar

Suzuvchilikdan FIFA prezidentiga aylangan Joao Avelanj haqida

Teglar :  Joao Avelanj
Kecha FIFAning ettinchi prezidenti Joao Avelanj 100 yoshida bu olamni tark etdi.

Ushbu inson hayoti va faoliyatiga bog'liq malumotlarni etiboringizga havola etamiz.

JOAO AVELANJ

Jan-Mari Fosten Gedefrua de Avelanj - 1916 yilning 8 may kuni Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahirad tug'ilgan. Avelanj boy oilada dunyoga kelgan. Uning otasi Fostin Avelanj qurol sotuvchi sifatida Belgiyadan Braziliyaga kelib qolgan.

Joao maktabda alochi edi. U maktabni yakunlaganidan so'ng Fluminense federal universitetining yuridik fakultetiga qabul qilingan va Joao 24 yoshida yuridik fanlari nomzodi diplomini qo'lga kiritadi.

Avelanj o'qishdan so'ng avtobus ishlab chiqaruvchi kompaniyaning yuridik maslahatchisi lavozimiga qabul qilinadi, keyinroq u shunga o'xshash tashkilotning prezidenti lavozimiga saylanadi. Vaqt o'tishi bilan Joao metallurgiyaga ixtisoslashgan kompaniya hamkoriga aylanadi.

Avelanj suzishga juda qiziqar edi va u 20 yoshida Berlindagi Olimpiada o'yinlarida ishtirok etadi. U suzish musobaqalarida hech qanday muvaffaqiyatga erisha olmaydi. 16 yil o'tib Joao yana Olimpiada o'yinlarida ishtirok etadi. Bu safar u suzuvchi emas, balki suv polosi jamoasi azosi sifatida olimpiadaga kelgan edi.

Sport faoliyatini yakunlagan Avelanj bir necha yildan so'ng Braziliyaning suzish federaciyasi prezidenti etib saylanadi. Bu mansab bilan u Braziliya olimpiya qo'mitasiga azo bo'ladi.

1956 yilda Avelanj Melburndagi Olimpiada o'yinlarida mamlakat delegaciyasini boshqargan.


Joao 1958 yilda Braziliya futbol konfederaciyasi prezidentiga aylanadi. O'sha yili Braziliya terma jamoasi SHveciyadagi jahon chempionati g'olibiga aylanadi. 1962 yilda braziliyaliklar ushbu muvaffaqiyatni takrorlashga erishishadi.

Avelanj muvaffaqiyat to'lqiniga tushib qolgan edi. Uning qo'l ostidagi terma jamoa sakkiz yil jahonning eng kuchli jamoasi nomini saqlab turdi.

1963 yilda Avelanj yana bir pog'ona ko'tariladi. U HOQ (Halqaro Olimpiya Qo'mitasi) azosiga aylanadi.

1966 yilda Angliyada o'tkazilgan jahon chempionatida braziliyaliklarni katta omadsizlik kutib turgan edi. Braziliya terma jamoasi musobaqani guruh bosqichidayoq yakunlaydi. Bazi futbolchilar mamlakatdagi notinch holat tufayli Braziliyaga qaytishmaydi.

O'sha paytlarda Braziliya chempionati yo'q edi. SHtatlarda xususiy musobaqlar o'tkazilardi. Avelanj barcha ishtirok etadigan turnir tashkillashtirishga urindi va bu 1971 yilda o'tkazilishi rejalashtirilgan edi. Ammo bundan bir yil oldin milliy jamoa Meksikadagi jahon birinchiligida yana Er sayyorasida tengsiz deb topiladi. Ushbu voqeadan so'ng Avelanjning jahon futbolidagi obro'si qayta tiklandi.

1974 yilda FIFA prezidentligi uchun saylovlar o'tishi kerak edi va Avelanj o'z nomzodini qo'ydi. Uning raqibi tashkilotning amaldagi rahbari angliyalik Stenli Rouz bo'lgan. Avelanj g'alaba qozonish uchun Evropa safiga kirmagan mamlakatlarni o'zining professionalligiga ishontirishga urinib ko'radi. Joao FIFA moliyaviy kuchga ega tashkilotga aylantirish uchun rejalar tuzishni boshladi. Joaoni 86 mamlakat federaciyasi qo'llab-quvvatladi. Natijada dunyo birinchi evropalik bo'lmagan FIFA prezidentini ko'rdi.


Boshqa malumotlarga ko'ra, Avelanj FIFA kongresi delegatlarini sotib olgani tufayli rahbarga aylangan.

Joao o'z rejalarini amalga oshirishi uchun katta mablag' kerak edi. FIFA prezidenti sport marketologi Patrik Nelli qo'llab-quvvatlashlari bilan Adidas va Coca-Cola kompaniyalarini tashkilot turnirlarining asosiy homiyiga aylantirdi.

FIFA hammaga yo'l ko'rsatdi. Boshqa federaciyalar esa buni kuzatishdi va rejaga qo'shilishga tayyor edilar.

Televizion huquqlar sotuvidan tushayotgan daromad ortib borardi. Avelanj vadasida turdi va JCH ishtirokchilari sonini 16 tadan 24 taga ko'paytirdi. Keyinroq esa mundial final bosqichida qatnashadigan jamoalar soni 32 taga etdi.


Avelanj 90 yillarda o'ziga ishonchli shogird tayyorladi. U 70 yillarda Yozef Blatterni FIFAda ishlashga taklif qilgan edi. Joao 1998 yilda o'z vazifasini Blatterga topshirdi va FIFA pul ishlaydigan tashkilotga aylanib qoldi.

2012 yilda SHveycariya sudi u va uning jiyani - Braziliya futbol federaciyasi prezidenti Rikardo Teysheyraga nisbatan ish ochdi. Turli malumotlarga ko'ra, bu ikki mansabdor teletranslyaciyalarni sotishda pora olgan. Bu poralarning umumiy qiymati 41 mln. dollarni tashkil qilgan.

2007 yilda Rio-de-Janeyroda Joao Avelanj nomi ostida Olimpiya stadioni quriladi. Arena o'z bag'riga 45 000 muxlisni sig'dira oladi. 

2014 yilning iyun oyida Avelanj o'pka infekciyasi tufayli kasalxonaga tushib qoladi. 2015 yilning noyabr oyida u yana shifoxonaga qaytadi. 2016 yilining 16 avgust kuni Joao Avelanj pnvemoniya tufayli olamdan o'tdi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика