"Surxon"da g'alabasiz seriya qayd etilmoqda. Bunga "Andijon"ning ham aloqasi bor
25 okt 2024 13:39
Yangiliklar


"Surxon"da g'alabasiz seriya qayd etilmoqda. Bunga "Andijon"ning ham aloqasi bor
Fevzi Davletov boshchiligidagi jamoaning Superligadagi ishlarini yaxshi deb bo'lmaydi.
"Surxon" ikkinchi davrada ketma-ket 5 ta uchrashuvdan buyon g'alaba nimaligini bilmay kelmoqda. Termizliklar oxirgi bor 16-turda 18 avgust kuni "Bobur Arena"da "Andijon"dan ustun kelgan edi (3:2). Keyingi 5 ta o'yinda jamoa 1 ochko to'play oldi, xolos.
17-tur. "Surxon" - "Navbahor" 0:1
18-tur. OKMK - "Surxon" 1:0
19-tur. "Surxon" - "Bunyodkor" 0:1
20-tur. "Dinamo" - "Surxon" 3:0
21-tur. "Nasaf" - "Surxon" 1:1
"Surxon"ning g'alabasiz seriyasi bugun tugaydimi?
O’xshash yangiliklar

Fikrlar