"Surxon" Sunnatulloh Hamidjonov bilan yangi shartnoma imzoladi
19 dek 2024 16:49
Yangiliklar


"Surxon" Sunnatulloh Hamidjonov bilan yangi shartnoma imzoladi
Klub Sunnatulloh Hamidjonov bilan shartnoma uzaytirilganini elon qildi.
O'tgan mavsumda juda faol bo'lgan himoyachi o'z shartnomasini yana 1 yilga uzaytirdi. 2024 yilning barcha musobaqalarida Xamidjonov 23 ta uchrashuv o'tkazib, gol+pas tizimi bo'yicha 8 ochko (4+4) ishlab oldi.
SHuningdek, Hamidjonov O'zPFL talqiniga ko'ra 2024 yilgi mavsumida Superliganing ramziy terma jamoasidan joy oldi.
"Sunnatulloxga Surxon tarkibida ko'plab g'alabalarga munosib hissa qo'shib olishiga biz ishonamiz!", - deyiladi klub xabarida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar