"Surxon" Sunnatulloh Hamidjonov bilan yangi shartnoma imzoladi

Omonjon To`xtamirzayev
19 dek 2024
Klub Sunnatulloh Hamidjonov bilan shartnoma uzaytirilganini e'lon qildi.

O'tgan mavsumda juda faol bo'lgan himoyachi o'z shartnomasini yana 1 yilga uzaytirdi. 2024 yilning barcha musobaqalarida Xamidjonov 23 ta uchrashuv o'tkazib, gol+pas tizimi bo'yicha 8 ochko (4+4) ishlab oldi. 

Shuningdek, Hamidjonov O'zPFL talqiniga ko'ra 2024 yilgi mavsumida Superliganing ramziy terma jamoasidan joy oldi.


"Sunnatulloxga Surxon tarkibida ko'plab g'alabalarga munosib hissa qo'shib olishiga biz ishonamiz!", - deyiladi klub xabarida.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: "Сурхон" матбуот хизмати