"Surxon" stadionidagi yoritish tizimi bilan bog'liq muammo qachon bartaraf etiladi?
10 iyu 2021 16:22
Yangiliklar
"Surxon" stadionidagi yoritish tizimi bilan bog'liq muammo qachon bartaraf etiladi?
Barchangizga malumki, "Surxon" jamoasining uy uchrashuvlari yoritish tizimidagi muammolar sabab ertaroq boshlanayotgandi.
Bunday issiq havoda Termizdagi o'yinlarning 17:00da boshlanayotgani ikki tomon uchun ham noqulayliklarni to'g'dirayotgani rost. Xo'sh, stadiondagi projektor bilan bog'liq muammoga echim topildimi? Ushbu savolga jamoa murabbiyi Bahrom Haydarov javob berib o'tdi.
"Faqat bizda emas, Qo'qon, Muborak, Andijondagi stadionlarda ham shunday muammolar bor. Hozir yoritish tizimini yaxshilash ustida ish olib borilyapti. Harakat boshlangan. "Philips" kompaniyasi bilan shartnoma tuzilib tez orada talablarga javob beradigan holatga keltiriladi. Stadionimizda qolgan sharoitlar bor",- deydi Bahrom Haydarov.
Tez orada ushbu murabbiy bilan tashkil qilingan intervyuni etiboringizga havola qilamiz.
O’xshash yangiliklar
20:58
Nazorat o'yini. "Surxon" va Rossiyaning "Rubin" jamoalari o'rtasidagi o'yinda 4ta gol urildi 9
Fikrlar