"Surxon" muxlislari kechagi mag'lubiyatdan so'ng ochiqchasiga norozilik bildirishdi
28 iyu 2019 16:46
Yangiliklar


"Surxon" muxlislari kechagi mag'lubiyatdan so'ng ochiqchasiga norozilik bildirishdi
Termizning "Surxon" klubi kecha Superliganing 14-turida "Nasaf"ni qabul qilib, 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi.
Mezbon klub muxlislari jamoaning mag'lubiyatdan norozi bo'lishdi. Ular buni uchrashuvdan keyin namoyishkorona ifoda etishdi. Muxlislar jamoa mamuriy binosi yonida to'planib, rahbariyat va murabbiylar shtabiga noroziliklarini izhor qilishdi. Bu uzoq davom etgani yo'q va muxlislar huquq-tartibot organi xodimlari tomonidan tarqatib yuborildi.
Muxlislar bizga bir yillik jamoa kerak emas, degan fikrni ilgari surishyapti.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar