So’nggi yangiliklar

21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хёйсен эса...  0 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  2 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  4 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  7 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  4 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  2 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   2 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  1 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  7 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  2 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  1 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  5 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  9

"Surxon" katta murabbiyi Rustam Aripov: "Bosh murabbiy masalasini rahbariyat ko'rib chiqmoqda" Yangiliklar

"Surxon" katta murabbiyi Rustam Aripov: "Bosh murabbiy masalasini rahbariyat ko'rib chiqmoqda"

Teglar :  Rustam AripovSurxon
Superliganing 13-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Surxon" (2:1) uchrashuvidan so'ng termizliklar katta murabbiyi Rustam Aripov fikrlarini bildirib o'tdi.

"O'yin haqida nima deyishim mumkin? O'zinglar ko'rdinglar bugun ikkita teng jamoa to'qnash keldi. Biz uchun ham, raqib uchun ham bahs muhim edi. Turnir jadvalidan ham olib qaralganda uch ochko kerak edi. Yigitlarga rahmat aytaman. O'zimizning xatolarimiz evaziga gollar o'tkazib yubordik. Xatolar ustida ishlab keyingi bahslarda muxlislar kutgan o'yinni ko'rsatishga harakat qilamiz",- deydi Rustam Aripov.

- Uchrashuvni boshqarib borgan hakamlarga etirozingiz bormi?

- Hakamlarga etirozim yo'q. Ularning ishini ko'rib chiqadigan qo'mita bor. O'ylashimcha hammasi yaxshi bo'ladi.

- "Surxon" o'tgan yilgiga qaraganda ishonchliroq o'ynayaptimi? Bu borada nima deya olasiz?
- Natijadan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, o'yinimiz ishonchsizroq ko'rinmoqda. Bu yil yangi jamoa yig'ildi. Hamma murabbiyga ham, futbolchilarga ham kelishib ketishi uchun vaqt kerak. Ikkinchi davrada yaxshi ishtirok etishga urinamiz.

- "Surxon" jismoniy tomondan yaxshi ekanligi sezildi. Hisobda ortda borayotib tenglashtirdi. Ammo himoyadagi muammolar sabab bugun jamoa yutqazdi, desak bo'ladimi?
- Hisobda orqada bo'lishimizga qaramasdan tenglashtirib oldik. SHundan so'ng yigitlar hissiyotlarga berilib oldinga g'alaba uchun chiqishdi. Natijada raqibning qarshi hujumini o'tkazib yubordik. Jamoamizni jismoniy tomondan yaxshi tayyorlashga harakat qildik.

- Raqib jamoa tarkibidagi qaysi futbolchini ajratib ko'rsata olasiz?
- Men o'zimning futbolchilarim haqida gapirganim maqulroq.

- Ikkinchi davra uchun rejalar qanday? Transferlar oynasi yopilguniga qadar klub kimlarni olib kelishni rejalashtirgan edi-yu, kimlarni olib kela olmadi?
- Ayrim sabablarga ko'ra bir nechta futbolchilarni ro'yxatdan o'tkaza olganimiz yo'q. Transferlar oynasi yopilguniga qadar yana kerakli futbolchilarni olamiz, degan umiddaman. Muxlislar buni matbuot orqali eshitishadi. Kelayotgan futbolchilardan umidimiz katta. Maqsadimiz yo'lida kurashamiz, jangovar jamoa tuzishimizga ishonaman.

- Jamoada bosh murabbiy shtati joriy etiladimi?
- Bosh murabbiy masalasini rahbariyat ko'rib chiqmoqda.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика