"Surxon" futbol klubi muxlislardan ijtimoiy tarmoqlarda chiqayotgan mish-mishlarga ishonmasliklarini so'raydi
06 avg 2020 14:56
Yangiliklar
"Surxon" futbol klubi muxlislardan ijtimoiy tarmoqlarda chiqayotgan mish-mishlarga ishonmasliklarini so'raydi
Bugun ijtimoiy tarmoqlar orqali "SHavkat Salomov" Buxoro"ga qaytmoqda" rukni ostida yangiliklar elon qilinmoqda.
"Surxon" futbol klubi ijtimoiy tarmoqlarda chiqarilayotgan norasmiy malumotlarga ishonmasliklarini so'raydi. Salomovning 2020 yil 30 noyabrga qadar klub bilan shartnomasi bor va ushbu shartnoma tugamangunga qadar klub futbolchini hech qaerga qo'yib yubormaydi!
SHu o'rinda, "Surxon" kechadan Toshkentda yig'ilib, o'z mashg'ulotlarini boshladi va ushbu mashg'ulotlarda SHavkat Salomov ham ishtirok etmoqda. "Surxon" jamoasi to'g'risidagi rasmiy malumotlar faqat klubning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali elon qilinadi", - deb yoziladi "Surxon" matbuot xizmati bayonotida.
Fikrlar