So’nggi yangiliklar

23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  1 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  0 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  4 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  70 20:56ПСЖ Доннарумма борасида "Челси", "Галатасарой" ва бошқа клублар таклифларини кўриб чиқишга тайёр  3 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  3 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  11 18:13АПЛ топ-клублари "Ал Ҳилол" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  2 17:36"Тоттенхэм" ва "Барселона" "Арсенал" ҳужумчисига қизиқмоқда  3 17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  4 16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  6

Surxon - Dinamo: Samarqand – Surxondaryo unutilmas sayohatiga tayyormisiz? Yangiliklar

Surxon - Dinamo: Samarqand – Surxondaryo unutilmas sayohatiga tayyormisiz?

Teglar :  DinamoSurxon
Superliga 1-turida Samarqandda ajoyib futbol atmosferasini yaratgan “Dinamo” muxlislari 2-turdan o'z ananalariga binoan, sevimli klublari ortidan safarda “Dinamo”ni yangicha tarzda qo'llab-quvvatlashni maqsad qilishgan.

Xabaringiz bor, Superliga 2-turida 30 mart, shanba kuni “Dinamo” jamoasi Termizda “Surxon” klubi mehmoni bo'ladi. SHiddatli va qiziqarli o'tishi kutilayotgan ushbu bahsda samarqandlik haqiqiy jonkuyar muxlislarni safimizga qo'shilishlarini va Samarqand sharafini himoya qiladigan “Dinamo”ning Termizdagi “12-o'yinchisi”si bo'lishga chorlab qolamiz.

“Dinamo” klubi matbuot xizmati va fan-klubi 2019 yildan boshlab ishni yangicha tarzda yo'lga qo'yishni rejalashtirishgan. Xususan, 2-tur o'yini “Surxon” - “Dinamo” uchrashuviga borishda Samarqand – Qashqadaryo - Surxondaryo yo'nalishi bo'ylab sayohat ham uyushtiriladi. Yani, safar davomida diqqatga sazovor joylar ziyorat qilinadi.

Safar rejasidan faqat futbol emas, ayni bahor ayyomida Qashqadaryo vohasining go'zal tabiati, Surxondaryoga kirishda esa Boysun tog'laridagi chiroyli manzaralarda bo'lish, barra tandir go'shtlari, Termizga kirishda esa Al Hakim at-Termiziy ziyoratgohini ziyorat qilish kabi maqsadlar o'rin olgan. Stadionda esa “Dinamo”ni o'zgacha tarzda qo'llab-quvvatlash maqsad qilingan. Samarqandlik ishqibozlar ishtirokidagi ushbu sayohat foto va video tarzda esdalik uchun olinadi va “Dinamo” matbuot xizmati tomonidan sarguzasht sifatida klubning internetdagi sahifalari va saytlarda elon qilinadi!



Bu hali hammasi emas! Safar davomida “Dinamo” muxlislari avtobusda zerikib qolmasliklari uchun viktorina o'ynaladi. “Dinamo” matbuot xizmatining klub tarixiga oid savollariga aniq javob bergan muxlislarni esdalik sovg'alar kutmoqda! Har bir g'olib-muxlis klubning internetdagi sahifalarida tanishtiriladi va elon qilinadi!

Samarqand – Termiz – Samarqand yo'nalishidagi umumiy 750 kilometr (375+375 km) yo'lni tashkil etadigan bir kunlik futbol sayohatiga zamonaviy avtobuslarda borib kelinadi. Safarga 30 mart, shanba kuni saharlab, «Dinamo» stadioni yonidagi fan-klub binosi (oldingi kassa) oldida soat 6:00 dan boshlab yig'ilib, soat 7:00da Samarqanddan Termizga jo'nab ketiladi. Zamonaviy avtobuslarda 1 kishi uchun borib-qaytish yo'l haqi, sayohat, ertalabki nonushta – umumiy 40 ming so'm!

Xo'sh, samarqandlik jonkuyar futbol muxlislari hamrohligidagi quvnoq davrada O'zbekistonimiz bo'ylab unutilmas sayohat va “Dinamo”ni qo'llab-quvvatlashga tayyormisiz? Safarga borishni maqsad qilgan muxlislarni 29 martgacha soat 9:00dan - 17:00 gacha «Dinamo» stadioni yonidagi fan-klub ofisida oldindan ro'yxatga olish boshlangan.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика