"Surxon" – Bubanya voqeasi davom etadi. Klubga yana transfer taqiqi qo'yiladimi?
06 may 2022 17:44
Yangiliklar
"Surxon" – Bubanya voqeasi davom etadi. Klubga yana transfer taqiqi qo'yiladimi?
Futbolchi har safar FIFAga bu borada arz qilgan va FIFA xatto "Surxon"ning transferini ham yopgan. Lekin shunday bo'lsa-da, klub uzoq kelishmovchiliklardan keyin ham yana ushbu serbiyalik futbolchi bilan yangi shartnoma imzolagani yodimizda.
Afsuski, "Surxon" va Vladimir Bubanya mojarosi yana davom etmoqda. Qiziq jihati – bu endi umuman yangi hikoya, lekin voqealar syujeti o'sha-o'sha. "Surxon" klubi o'tgan yilgi maosh va mukofot pullari bo'yicha serb futbolchisi bilan to'liq hisob kitob qilmagan. Qolaversa, Bubanya o'rtadagi shartnoma bekor qilingani yuzasidan tovon puli ham talab qilmoqda.
Aprel oyida FIFA ushbu nizoli ish yuzasidan yangi qaror chiqarib ulgurdi. Unga ko'ra, "Surxon" 45 kun ichida Vladimir Bubanya oldidagi qarzdorlikni yopishi lozim. Agar iyungacha “Surxon” ushbu muammoni bartaraf etmasa, klub yozda umuman yangi o'yinchilarni ro'yxatdan o'tkaza olmaydi.
Kuzatamiz, “Surxon” – Bubanya voqeasi bu gal qanday yakun topar ekan!.. Sizga ham qiziq-mi, aziz do'stim?
Fikrlar