So’nggi yangiliklar

02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  8 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  3 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  3 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  26 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  0 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  2 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  102 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  5 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0

Fevzi Davletov: "12 ta burchak zarbasi ijro etdi, 20 ga yaqin zarbalar berdik, ammo vaziyatdan foydalanish borasida oqsadik" Yangiliklar

Fevzi Davletov: "12 ta burchak zarbasi ijro etdi, 20 ga yaqin zarbalar berdik, ammo vaziyatdan foydalanish borasida oqsadik"

Superliga 7-tur doirasidagi "Mashal" - "Surxon" o'yinidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

— Kutganimizdek, "Mashal" bugun maydonda ikkinchi raqam ostida harakat qildi. Raqib jarima maydonchasiga kirishga harakat qilgan holda, ko'p hujumlar qildik, ammo bizga birozgina agressivlik etishmadi. O'yindan keyin statistikaga qaradim: 12ta burchak zarbasi tepdik, 20ga yaqin raqib darvozasi tomon zarba berdik. Ammo, vaziyatdan foydalanish bobida oqsadik.


— O'zingiz aytganingizdek, juda ko'p burchak zarbalari ijro etdinglar. Ammo, jarima maydonchasida ulardan foydalanish uchun bo'ydor o'yinchilar etishmadimi?

— Bu borada ishlaymiz. Bugun aniqlik etishmadi. "Mashal" o'z harakati sabab bizga yaxshi hujumlarni amalga oshirishga to'sqinlik qildi. Ikkinchi qavatda o'ynay oladigan o'yinchilarimiz bor. "Mashal" ikkinchi bo'limda ham himoyaga etiborini qaratdi va biz uchun zonalarni yopib qo'ydi.

— "Surxon" "Navbahor" va "Andijon"ga qarshi yaxshi o'yin ko'rsatdi, ammo "Xorazm" va bugungi "Mashal"ga qarshi o'yinda ko'ngildagidek harakat qilmadi. O'yin tanlab tayyorgarlik ko'rilmoqdami?

— Har bir jamoaning o'z o'yin uslubi bor. To'liq himoyadan o'ynash va qarshi hujumlarga urg'u berish "Mashal"ga xos jihat bo'lsa kerak. Qarshi hujumlardan biri berilgan zarba yaxshiyamki darvoza ustuniga tegdi, aks holda hisobni tenglashtirish juda qiyin bo'lgan bo'lardi. Kuzda jamoalarning asl holatini ko'rib olamiz.



— "Surxon"da har o'yinda gol urish uchun yaxshi imkoniyatlar bo'lmoqda. Nega jamoada imkoniyatlar bo'lib turgan payti o'yindan kelib chiqib ikkita markaziy hujumchi bilan harakat qilishni tanlamaydi?

— Biz kerak bo'lsa uchta hujumchi bilan o'ynaymiz. Doston Tursunov ham hujumda o'ynashi mumkin, faqat biroz orqaroqda. O'tgan mavsumda ham bunday narsalarni sinab ko'rganmiz. Bunga asosan durang yoki mag'lubiyat holatida qo'l urganmiz. Abdug'ofur Haydarov hozircha to'liq o'ynashga tayyor emas. U o'z formasini tiklab olishi kerak, hozirda uning maydondagi vaqtlari 15-20 daqiqani tashkil qiladi. Vingerlar bugun o'z imkoniyatlaridan foydalanishi kerak edi. Asilbek Jumaev qanotdan markazga o'tgandi, ammo raqib buni bilgan holda unga qarshi chora ko'rdi.

— 29 aprelda O'zbekiston kubogi doirasida o'z uyida o'yin o'tkazadi. Шuningdek, 8 mayda Superliga doirasida "Paxtakor" Termizga keladi. Bu o'yin muxlislar uchun qanday o'tadi deb o'ylaysiz?

— Menimcha hamma keladi deb o'ylayman. Jamoamizning qanday o'yin ko'rsatishi Kubokdagi bahsga bog'liq. "Dinamo"ga qarshi o'yinni birinchi o'tkazib olaylik.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика