So’nggi yangiliklar

07:45Sofascore. Жамоасининг голларидан бирига муаллифлик қилган Ғаниев неча баҳо олди?  0 07:18Ўзбекистон кубоги. Бугун гуруҳ босқичи якунланади  0 02:00АПЛ. "Манчестер Сити" "Борнмут"ни мағлубиятга учратиб, ЕЧЛ йўлланмасини деярли ҳал қилди. Ҳусанов қайдномага киритилмади  31 00:35Эмилиано Мартинес икки топ-клуб қизиқишлари доирасида  2 00:13"Атлетико" президенти 3-ўрин ҳақида: "Бу фалокат!"  11 23:45"Барселона" асосий трансфер мақсадини белгилаб олди  10 23:19Анге Постекоглу: "МЮ футболчиларининг бундай катта ўйинга қандай тайёрланишини билмаймиз"  1 22:55Родригога Англиядан харидор чиқди  2 22:31ОФК клублар рейтинги янгиланди. Ўзбекистон ўз ўрнида қолди  12 22:06"Барселона" ҳимоя етакчиларидан бири билан шартномани узайтирмоқчи  2 21:40"Милан"нинг ЕЧЛга чиқа олмагани клубга бир неча ўн миллион еврога тушади  5 21:14"Рома"ни бошқариш учун яна бир номзод пайдо бўлди  6 20:48Португалия термаси Миллатлар Лигаси ярим финали учун қайдномасини эълон қилди  6 20:24Мавсумнинг энг яхши дарвозабонлари рейтинги тузилди. АПЛ ва Лига 1 вакиллари етакчилик етакчилик қилмоқда  0 20:02Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Хоразм ФА"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, "Цементчи"га техник мағлубият ёзилди  4

Suriya bosh murabbiyi: Tojikiston bilan o'yin O'zbekistonga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik Yangiliklar

Suriya bosh murabbiyi: Tojikiston bilan o'yin O'zbekistonga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik

Tojikiston - Suriya o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvidan oldin bugun ikki jamoa ustozlari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Matbuot anjumanida Suriya terma jamoasi bosh murabbiyi Ayman Al-Hakim va futbolchi Muhammad Al Midani ishtirok etdi. Bu haqda Tojikiston futbol Federaciyasi rasmiy sayti xabar berdi. 

- Avvalo ajoyib mehmondorchilik uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. JCH-2018 saralashi doirasidagi bahslardan oldin biz bilan o'ynashga rozi bo'lgani uchun Tojikiston futbol Federaciyasiga rahmat. 

Biz 1 sentyabr kuni Toshkentda O'zbekiston terma jamoasiga qarshi o'ynaymiz. SHu bois Tojikiston bilan bahs biz uchun katta foyda. Ertangi uchrashuv men uchun Suriya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatidagi debyut bo'ladi. Tojikiston bilan o'yinni men O'zbekistonga qarshi uchrashuvga tayyorgarlikning bir bosqichi sifatida qarayapman


Xo'jandga kelishdan oldin Suriyada bir oyga yaqin tayyorgarlik ko'rdik. Rossiyada yig'in o'tkazmoqchi edik, afsuski bu amalga oshmay qoldi. Agar biz bu erda shunday sharoitlar borligini bilganimizda vaqtliroq kelardik. FIFA kuni bo'lmagani uchun ertaga bir qator legionerlar xizmatidan foydalana olmaymiz. Xo'jandga 7 nafar legioner bilan tashrif buyurdik. Ertaga o'z jamoamdan yaxshi o'yin kutayapman.

Muhammad Al-Midani: - Suriya terma jamoasi safida ikkinchi bor Tojikistonga keldim. O'tgan yil Dushanbeda o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida biz 3:2 hisobida g'alaba qozongandik. Ertangi bahsda qanday natija qayd etilishini taxmin qilishim qiyin, barchasini o'yin ko'rsatadi. Tojikiston o'z uyida o'ynaydi. Raqib safida yaxshi futbolchilar bor. Ertaga o'zimizning eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishga urinamiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика