“Supermokh Cup 2016”. 3-kun. “Bunyodkor” Lisabonning “Sporting”idan engildi
15 dek 2016 01:06
Yangiliklar
“Supermokh Cup 2016”. 3-kun. “Bunyodkor” Lisabonning “Sporting”idan engildi
3-turda “Bunyodkor”ning har ikkala yosh toifasi Portugaliyaning “Sporting” jamoasi tarbiyalanuvchilari bilan bellashishdi.
2002 yilda tug'ilganlar o'rtasida kechgan bahsda evropaliklar 3:0 hisobida g'olib chiqishdi. U-12 yosh toifasida ham lissabonliklar yirik hisobda zafar quchishdi – 0:4.
SHu tariqa, “Bunyodkor”ning har ikkala jamoasi guruh bosqich uchrashuvlarini yakunladilar.
Unga ko'ra, Sergey CHigodaev va Akmal Risqullaev boshchiligidagi 2002 yilda tug'ilgan tarbiyalanuvchilarimiz chorak finalga o'tish o'yinida ishtirok etishadi. Raqib Tailand terma jamoasi. Ushbu uchrashuv 15 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan 12:40da boshlanadi.
Mirkamol Qosimov va Temur Boboxonov boshchiligidagi 12 yoshli futbolchilarimiz esa musobaqa reglamentiga ko'ra bir kun dam olishadi. 16 dekabrdan esa o'z guruhlarida 3 va 4-o'rinni egallagan jamoalar bilan kichik kubok uchun kurashni davom ettirishadi.
Fikrlar