So’nggi yangiliklar

02:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ ярим финалда "Реал"ни янчиб ташлади ва финалга йўл олди  214 01:58"Интер Майами" "Атлетико" футболчисини сотиб олади  2 01:16ПСЖ - "Реал" баҳсининг биринчи бўлими ҳақида фактлар  6 00:54"Реал" "Бенфика"нинг 50 миллионлик футболчисини текинга қўлга киритади  2 00:11"Атлетико" 10 йиллик футболчисини сотиб юборди  0 23:46Карлос Тевес "Тальерес" жамоасини бошқаради  1 23:20ЛаЛига "Реал"нинг сўровига рад жавобини берди  12 22:40"Тоттенхэм" "Вест Хэм" футболчисини 55 млн фунтга сотиб олмоқда, у клуб тарихидаги энг қиммат трансферлардан бирига айланади  0 22:01Трент ПСЖга қарши ўйнамаслиги мумкин  13 21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  3 21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  22 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  19 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  12 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  7

“SuperMokh Cup 2015”. “Bunyodkor” tarbiyalanuvchilari uchun musobaqa yakunlandi Yangiliklar

“SuperMokh Cup 2015”. “Bunyodkor” tarbiyalanuvchilari uchun musobaqa yakunlandi

Teglar :  Bunyodkor
“Bunyodkor” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida o'tkazilayotgan “SuperMokh Cup 2015” musobaqasidagi ishtiroklarini yakunladilar.

2003 yilda tavallud topgan futbolchilarimiz 7-o'rin uchun kechgan bahsda Janubiy Koreyaning “Xunday” jamoasini yirik – 8:0 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi. Uchrashuvdagi to'liq ustunlik vakillarimizda bo'lganini qayd etilgan hisob ham ko'rsatib turibdi. Jamoamiz gollariga Saidmurod Karimov (4ta), Po'latxo'ja Xoldarxonov, Usmonjon Ravshanov, O'tkirbek Rahimov va Diyorbek Odiljonov mualliflik qilishdi.

SHu tariqa, “Bunyodkor-2003” futbolchilari “SuperMokh Cup 2015” musobaqasida 20ta jamoa orasida 7-o'rinni egalladi.

“SuperMokh Cup 2015”
U-12, 13 dekabr
7-o'rin uchun bahs
08:00. “Bukit Jalil” stadioni
“BUNYODKOR” – “XUNDAY” (Janubiy Koreya) 8:0 (4:0)
Gollar: Saidmurod Karimov (4ta), Po'latxo'ja Xoldarxonov, Usmonjon Ravshanov, O'tkirbek Rahimov, Diyorbek Odiljonov
“Bunyodkor” tarkibi: 1.Xumoyunshoh Sayyotov, 3.Zufarjon Abdubannopov, 6.Xusan Mo'minov, 8.Po'latxo'ja Xoldarxonov, 9.Saidmurod Karimov, 15.O'tkirbek Rahimov,16.Usmonali Abdukarimov, 17.Diyorbek Odiljonov 18.Umarali Rahmonaliev, 20.Oybek SHomurodov
Zaxiradan maydonga tushganlar: 4.Sardor Dusebaev, 5.Bahodir Toxirov, 7.Ibrohimbek Bahodirov, , 13.Usmonjon Ravshanov, 14.Mustafo Abdumannopov, 11.Konstantin Usov

Sergey CHigodaev va Akmal Risqullaev ustozligidagi 2002 yillarda tavallud topgan tarbiyalanuvchilarimiz qatnashgan U-13 musobaqasi juda kuchli jamoalardan iborat bo'ldi. Vakillarimiz 15-o'rin uchun kechgan o'yinda Tailandning “CHonburi” FK tarbiyalanuvchilariga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'yishdi.

“SuperMokh Cup 2015”
U-13. 13 dekabr
15-o'rin uchun bahs
08:00. “Bukit Jalil” stadioni
“BUNYODKOR” – “CHONBURI” (Tailand) 0:3 (0:2)
“Bunyodkor” tarkibi: 1.Gleb Xarin, 3.Lyubomir Bondarenko, 4.Diyorbek Rahimqulov, 6.Jo'rabek Rixsiboev, 9.Abdurauf Bo'riev (S), 13.Abrorbek Neymatov, 18.Sobir Norboev, 7.Jasurbek Jaloliddinov, 11.Otabek Jo'raqo'ziev, 17.Jasurbek Abdulekov, 19.Farruhbek Xojibekov
Zaxiradan maydonga tushganlar: 2.Abdul-Aziz Yusupov, 5.Abbosbek Ashiraliev, 15.Abduqodir Xusanov, 16.Sardor Abdurashidxo'jaev

Bugun musobaqa bosh sovrini uchun Angliyaning “Manchester Siti” va Ispaniyaning “Rayo Vallekano” jamoalari bellashishadi.

SHu tariqa, 2002 va 2003 yillarda tavallud topgan jamoalarimiz “SuperMokh Cup 2015” musobaqasidagi ishtiroklarini yakunlashdi. Qayd etilgan natijalar ijobiy bo'lmadi. Umumiy hisobda 40ta jamoa ishtirok etgan ushbu musobaqa tarbiyalanuvchilarimizning keyingi faoliyatiga albatta foydali bo'ladi, deb bemalol ayta olamiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика