So’nggi yangiliklar

23:51Қозоғистонда футболчи ўйин вақтида вафот этди  2 23:18Баҳром Ҳайдаров: "Камида дуранг билан қайтишни ният қилгандик"  2 21:50Футзал. Ўзбекистон ўртоқлик учрашувида Қозоғистондан устун келган ўйиндан галерея  0 21:25Суперлига. "Насаф" ўз майдонида "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  56 20:23"Ўзбекистон бу салоҳияти билан 3-4 маротаба Жаҳон чемпионатига чиқиши керак эди" — Қозоғистонлик журналист Ербол Каиров билан интервью   12 19:55Сульшер Европа жамоасида иш бошлаши мумкин  2 19:27"Барселона" ҳимоячиларидан бирига янги шартнома тайёрламоқда  1 19:01Манба: Германия клуби "Сўғдиёна" футболчисига қизиқмоқда  5 18:40Айбек Нурбаев: "Жайхун" футболчилари маҳаллий болалардан тузилган, аксарияти энди футболга қадам босган"  0 18:28Ўзбекистон футзал терма жамоаси Қозоғистон устидан ғалабага эришди  5 18:15Артём Петросян: "Бу ғалаба "Олимпик-MobiUz" билан ўйин олдидан руҳий томондан ишонч бағишлайди"  1 17:45Тимур Кападзе Патрик Клюйверт ўрнини эгаллаши мумкин  44 17:24Про лига. Аутсайдерлар тўқнашувида "Олимпик" устун келди  2 16:39"Интер" Англия терма жамоаси ҳимоячиси учун "Ливерпуль" билан курашмоқда  1 16:10Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияни мағлубиятга учратди  9

Superliganing yangi to'pi haqida futbolchilar qanday fikrda? Yangiliklar

Superliganing yangi to'pi haqida futbolchilar qanday fikrda?

Teglar :  PumaSuperliga-2020
Xabaringiz bor, joriy yilgi Superliga bahslarida yangi nomdagi va boshqacha ko'rinishdagi Puma to'plaridan foydalanilmoqda.

Garchi, endigina bitta tur o'tganiga qaramay ko'pchilikda yangi qo'llanilayotgan to'plar borasida etirozlar paydo bo'la boshladi. Tashqaridan ko'ringanda ham to'p ancha engil va bo'sh ekanligini payqash qiyin emas. Biz esa bu borada klublarimizning futbolchilarining fikrlarini tingladik.

Zafar Polvonov: (AGMK jamoasi futbolchisi) - Qolganlar qanday fikrda men bilmadim. Boshida yaxshi ko'ringandek bo'ldi. Yangi to'p, moslashib ketarmiz deb o'yladim. Afsuski, unday bo'lmadi. Masalan, namgarchilikda to'p og'ir bo'lib qoladi. Bosh bilan o'ynalganda ham noqulayliklarni keltirib chiqarmoqda. To'g'risini aytsam o'tgan yilgi to'plarimiz yaxshiroq edi. Puma ustki qismi teridan tayyorlangani uchun o'ziga suv tortarkan. To'p uzatishda aniq bormas ekan. Bor gap shu.

Rahimjon Davronov: (“Mashal” jamoasi darvozaboni) – Yangi to'pga ko'nikish qiyin bo'lyapti biroz. Zarbalarda ham trayektoriyasi o'zgarib ketmoqda. Uzoqdan zarbalarda yo'nalish butkul boshqacha bo'lyapti. Menda shu tomondan etiroz bor. Fikrimcha, Nike yoki Adidas to'plari bundan yaxshiroq.

Mirzohid G'ofurov: (“Navbahor” jamoasi futbolchisi) - Mazkur to'plarga moslashishga biroz vaqt kerak. Aslini olganda bu bahona bo'lmasligi lozim. Avvalgi ishlatgan to'plarimizga qaraganda engilroq. Adidas ham boshida shunday edi. Keyin ko'nikib ketdik. Faqat moslashish talab etiladi holos.


SHahzod Ubaydullaev: (“Metallurg” jamoasi futbolchisi) - SHaxsan menga yangi to'plar maqul keldi. Hammaning fikri turlicha bo'ladi. Mashg'ulotlarda jiddiy qiyinchilik sezmadim. Hozircha ko'ngildagidek. Bu borada muammo yo'q deb o'ylayman.

Milan Mitrovich: (“Sug'diyona” jamoasi darvozaboni) - Bu to'p Adidasdan butkul farq qiladi. Kichkina va ancha engil. Tepganingizda to'p siz mo'lajallagandek ketmaydi. Na iloj ko'nikishga majburmiz. Umid qilamanki tez orada bunga o'rganib olamiz.
Milovan Kapor: ( “Buxoro” jamoasi futbolchisi) - Menimcha hech qanday vahimaga hojat yo'q. To'g'ri, bu to'plar avvalgisidan farq qiladi. Moslashib olishga harakat qilamiz.

Asror G'ofurov: (“Surxon” jamoasi futbolchisi) - Ochig'i, yangi berilgan to'plarning sifati yaxshi emas. Rezinka to'pga o'xshaydi. Jamoamizdagi ko'pchilikka maqul kelmadi. Masalan, menga yoqmadi. Rezinadan qilingan to'pda o'ynash noqulay. Moslashishdan boshqa ilojimiz yo'q.

Botirali Ergashev: ("Qo'qon-1912" jamoasi darvozaboni) - Boshqacha ekan. Darvozabonlarga noqulaylik tug'diradi. Avvalgilaridan farqi to'p traektoriyasi keskin o'zgarib ketmoqda. O'ylaymanki, tez orada moslashib olamiz.

Jasur Jaloliddinov: (“Bunyodkor” jamoasi futbolchisi) - Ko'nikish qiyin bo'lyapti. O'rganib ketish uchun malum bir fursat zarur. Menimcha, bular bahona bo'la olmaydi. Bizning ishimiz maydonga chiqib futbol o'ynash. Hozir bahona izlamoqchi emasman.

Qadamboy Nurmetov: ( “Qizilqum” jamoasi futbolchisi) - Aslida hamma to'plar bir xil bo'ladi. Faqat, farqi materialida va sifatida. Lekin, menga yoqdi. Meni fikrimcha to'p yaxshi va o'ynashga qulay.

Dilshod Saitov: (“Nasaf” jamoasi futbolchisi) – Yangi to'plar chempionat boshlanishiga oz qolganda keldi. SHu bois ko'nikib olish qiyin kechmoqda. Agarda, ertaroq berilganida hozir ancha moslashib ulgurgan bo'lardik. Umuman olganda yomon emas. Avvalgi to'plarga qaraganda biroz engilroq. Mashg'ulotlarda ushbu to'plar bilan ishlayapmiz.

Javohir Ilyosov: (“Lokomotiv” jamoasi darvozaboni) – Bu yilgi to'plar yaxshi. Ayniqsa, kuchli va maxoratli futbolchilar uchun juda qulay deb o'ylayman. Fikrimcha, joriy mavsumda darvozalarga chiroyli gollar ko'p uriladi. CHunki, to'p engil va yumshoq.


Eldor Suyunov: (“Paxtakor” jamoasi darvozaboni) – To'plar yangi bo'lgani uchun boshida biroz noqulayliklar tug'drishi mumkin. Vaqt o'tishi bilan futbolchilar ham moslashib olishadi. Zarbalar berayotganda mo'ljalni olish qiyin bo'lyapti. Ammo, ko'nikib ketsa bo'ladi. SHunchaki, bular hali yangiligi bois o'yinchilar ko'nikmagan hali.

Farhod Bekmuratov: (“Andijon” jamoasi futbolchisi)- Ochig'ini aytganda, Puma brendining to'plari shaxsan menga yoqdi. Yangi to'plarni bizga o'yinoldi mashg'ulotiga berishgandi. Qisqa fursatda yangi to'plarga ko'nikib ketish biroz qiyin. Puma to'plari biroz engildek tuyulmoqda. Lekin shunga qaramay, zarbadan so'ng to'p ko'zlangan manzilga etib bormoqda. Agarda o'tgan yilgi Adidas to'pi bilan Puma to'pini tanlash ixtiyori tug'ilsa, hech ikkilanmasdan bu yilgi yangi to'plarni tanlagan bo'lardim.


Abdulaziz Iskandarov tayyorladi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика