So’nggi yangiliklar

01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  1 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  0 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  3 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  1 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  1 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  1 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  24 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  3 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  5 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2

Superliganing so'nggi tur o'yinlarida hakamlar nechta xatoga yo'l qo'yishdi? Rossiyalik ekspertimizdan hakamlik faoliyati tahlili Yangiliklar

Superliganing so'nggi tur o'yinlarida hakamlar nechta xatoga yo'l qo'yishdi? Rossiyalik ekspertimizdan hakamlik faoliyati tahlili

Championat.Asia saytining hakamlik faoliyati bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" Telegram kanali muallifi) Superliganing 26-tur uchrashuvlaridagi bahsli vaziyatlarni tahlil qilib chiqdi.

Takidlash joizki, so'nggi tur o'yinlari bir vaqtning o'zida o'tkazilgan va ularning barchasi ham televidenie orqali namoyish etilmagan. SHu sababli, bazi holatlarda ekspertimiz hakam tomonidan qabul qilingan qarorning to'g'riligini aniqlash uchun qo'shimcha rakurslardan foydalana olmadi.


"Nasaf" - "Metallurg"

VIDEOLAVHANI TOMOSHA QILISH

Hakamning "Metallurg" golini bekor qilish va "Nasaf" foydasiga jarima belgilash qarorini qo'llab-quvvatlayman. Hujumchi raqibining orqasida turib, to'p uchun kurashda qo'llaridan faol foydalandi. "Ushlab turish" uzoq davom etdi (ham gavda, ham libosdan), shu sababli "Metallurg" hujumchisi poziciya uchun kurashda ustun keldi. Bu holat hujumdagi qoida buzilishi edi.


"Nasaf" - "Metallurg"

VIDEOLAVHANI TOMOSHA QILISH

Qizil kartochka to'g'ri bekor qilindi, VAR epizodga o'rinli aralashdi. O'tgan turda ham xuddi shunday holat yuz bergan edi. Qoida buzilishi ko'zga tashlanmagan: "Metallurg" futbolchisi to'pni tepganidan so'ng, uning oyog'i erga tushayotgandi. U raqib o'yinchisi bilan bo'lajak to'qnashuvdan qochib qutula olmasdi. O'yinni kartochkasiz davom ettirish lozim.


"Nasaf" - "Metallurg"

VIDEOLAVHANI TOMOSHA QILISH

"Nasaf" darvozasiga penalti belgilash qarori to'g'ri bo'lgan, VAR ham vaziyatga to'g'ri holatda aralashgan. "Nasaf" o'yinchisi raqibi bilan kurashayotganda, uning orqasida turgan holda qo'lini oldinga cho'zib, shu orqali tana maydonini kengaytirgan. Bunday vaziyatda futbolchi o'z qo'llarining harakatiga javobgar hisoblanadi. Penalti hech qanday sankciyasiz (kartochkasiz) belgilanishi lozim. SHuningdek, hakam yaxshi poziciyada turganini takidlash kerak, ammo negadir dastlab o'zi bunday qaror qabul qilmadi.


"Surxon" - "Olimpik"

VIDEOLAVHANI TOMOSHA QILISH

Bu holatda ham hakam yaxshi poziciyada turgan bo'lsa-da, uning dastlab qo'lini yuqoriga ko'tarib erkin zarba belgilaganini tushunish qiyin. VAR bu epizodga to'g'ri aralashdi. "Olimpik" jamoasi o'yinchisi to'p uchun kurashga kech kirishdi, oyog'ini baland ko'tardi va to'g'ridan-to'g'ri oyog'ining tag qismi bilan raqibining tizza qismiga tegdi va qoidalarni jiddiy ravishda buzganligi sababli maydondan chetlatildi.


"Lokomotiv" - "Neftchi"

VIDEOLAVHANI TOMOSHA QILISH

"Lokomotiv" darvozasiga belgilangan penalti noto'g'ri qaror edi. Ikki jamoa o'yinchilari bir-biriga parallel ravishda yugurgan, "Lokomotiv" himoyachisi oyoq tashlab, to'pni chiqarib yuborishga uringan. Hujumchi buni payqab, chap oyog'i va tanasini atayin himoyachi tomon harakatlantirgan va shu tariqa to'qnashuvning tashabbuskori bo'lgan.


"Navbahor" - "Andijon"

VIDEOLAVHANI TOMOSHA QILISH

"Andijon" darvozasiga penalti belgilash qarori to'g'ri bo'lgan. "Andijon" himoyachisi to'pga etib bormasligi aniq edi, uning ehtiyotsizligi tufayli qoida buzilishi sodir etilgan. Sariq kartochka to'g'ri ko'rsatildi, chunki "Navbahor" o'yinchisi gol urish imkoniyatidan mahrum etilgandi.


SHu tariqa, Superliganing 26-tur o'yinlarida hakamlar bitta xatoga yo'l qo'yishdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика