Superliganing so'nggi 15 daqiqasini albatta ko'ring
14 mar 2018 17:45
Yangiliklar


Superliganing so'nggi 15 daqiqasini albatta ko'ring
Superliganing dastlabki 2ta turida jamoalar jami 20ta gol urishdi.
Ushbu 20ta goldan 10tasi mezbonlar, 10tasi mehmonlar hisobiga yozildi.
Birinchi taymda jamoalar 5 marta (25 foiz) to'p kiritishdi. Qolgan 15ta gol esa ikkinchi taymda darvozalardan o'rin oldi (75 foiz).
75-daqiqadan keyin 11ta gol urildi. Yani Superligadagi gollarning 55 foizi oxirgi 15 daqiqada urilgan.
SHunday ekan, Superliga bahslarining so'nggi daqiqalarini albatta tomosha qiling. Agar stadionga borsangiz o'yin tugamay turib ketib qolishni xayolingizga ham keltirmang.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar