So’nggi yangiliklar

09:58Ўртоқлик учрашуви. МЮ АҚШда йирик ҳисобда ғалаба қозонди  0 09:27Нима? "Ал Насср" Россия чемпионатида тўп сураётган футболчига 70 миллион евро бермоқчи  2 08:58Пролига. "Олимпик" 7 нафар футболчи билан шартнома имзолади  1 08:30Аббосбек Файзуллаев янги жамоасида машғулотларни бошлаб юборди  9 08:25Лига Кубоги. "Интер Майами" ғалаба қозонди, Месси ўз ҳисобига иккита голли узатма ёздириб қўйди  2 08:01"Андижон" трансфернинг сўнггида яна икки нафар футболчи билан шартнома тузди  2 07:34"Навбаҳор" икки нафар "Олимпик"нинг собиқ футболчилари билан шартнома имзолади  1 03:15Равшан Эрматов билан дуч келган мундиалда майдонга тушиш учун пул тўлаган, "Атлетико Мадрид" либосини кийган ҳамда Арманистонда рекордлар қайд этган "Насаф"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз   2 00:40"Барселона" бош мураббийи Флик: "Рэшфордни кўп йиллардан бери кузатиб келаяпман"  2 00:16Куртуа фаолиятини якунлагандан сўнг пойгаларда қатнашиш истагини билдирди  1 00:07Ўзбекистонда трансфер ойнаси расман ёпилди  7 23:46"Ал Насср" ўртоқлик ўйинида "Тулуза"ни мағлубиятга учратди. Феликсдан дебют, Роналдудан гол  3 23:27"Ман Юнайтед" "Ман Сити"га керак бўлмай қолган дарвозабонга қизиқмоқда  3 22:59Гёкереш: "АПЛ – дунёдаги энг яхши лига. Бу ерда ўйнашни доим орзу қилганман"  1 22:35Месси МЛСда ой ўйинчиси деб топилди  45

Superliganing eng keksa futbolchisi bilan suhbat Yangiliklar

Superliganing eng keksa futbolchisi bilan suhbat

Joriy yilgi milliy chempionatimizning eng yoshi katta futbolchisi “Bunyodkor” jamoasi azosi Anvar G'ofurov bo'lib turibdi.

Superliganing 22-turidan o'rin olgan  “Bunyodkor” va AGMK jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan avval tajribali himoyachi bilan qator mavzularda suhbatlashdik.

- Anvar aka siz nafaqat jamoadagi balki, Superligadagi eng yoshi katta va tajribali futbolchi sanalasiz. Bu qadar uzoq muddat to'p tepishni siri nimada? 

- Siri? Mening uylashimcha ko'p narsalardan iborat. Bu murabbiylarning sizga nisbatan ishonchi, shifokorlarimizning va massajistlarimizning mehnati, jamoadoshlarimning va albatta oila azolarimning  yordami  bois  shu yoshimda ham maydonda to'p tepib  kelyapman.

- “Bunyodkor”ni yaxshi kunida ham, yomon kunida ham tashlab ketmadingiz. Ochig'i sizdagi bu kabi  insonparvarlik fazilati  ko'pchilikning havasini keltiradi. O'tgan mavsumdan so'ng jamoani naqd 15 futbolchisi tark etdi, biroq siz jamoada qoldingiz. Bu kabi fidoyilikning sababi nimada?

- Rostini aytganda bu klubning  yaxshi va og'ir  kunlarida  birga bulganman va ko'p narsalarni ko'rib, o'zim uchun yangi narsalarni kashf qilganman. Vaqtida xorij jamoalaridan ham takliflar qabul qilganman. Ammo, jamoaga yordamim tegsin deb barini rad qilganman. O'ylaymanki bu jamoa hali uzoq yillar mobaynida ajoyib o'yinlar ko'rsatib, muxlislarni hushnud etadi. To'g'ri, hozir tarkib ancha yoshargan, shunday bo'lsada yuqori o'rinlarni zabt etishga tayyor.

- Sizning tengqurlaringiz murabbiylik faoliyatini yo'lga qo'ymoqda. Bu borada oldinda rejalaringiz bormi?

- Xudo xohlasa, faoliyatimni yakunlaganimdan so'ng murabbiy sifatida ish boshlash niyatim bor.

- SHu vaqtgacha ko'plab murabbiylar bilan ishladingiz, ularning har biridan o'zingiz uchun kerakli nimadir olgansiz. SHo' o'rinda ustozlaringiz haqida to'xtalib o'tsangiz...

- Ha. Ularning har biridan kelajak faoliyatim uchun zarur narsalarni oldim. O'zlashtirganlarim bir kun kelib menga foyda keltirishi aniq.

- Yuqoridagi suratga izohingiz...

- Bu rasm 2007 yilgi Osiyo kubogiga tegishli. Adashmasam Malayziya bilan uchrashuvdan oldin. Har doim o'z vaqtining eng kuchli futbolchilari terma jamoa libosini kiygan.


Abdulaziz suhbatlashdi.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика