So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Superliganing 23-tur o'yinlarida hakamlar xatoga yo'l qo'ydimi? Rossiyalik ekspertimizning hakamlik faoliyati tahlili Yangiliklar

Superliganing 23-tur o'yinlarida hakamlar xatoga yo'l qo'ydimi? Rossiyalik ekspertimizning hakamlik faoliyati tahlili

Rogachning chetlatilishi, Hoshimovning goli va boshqa vaziyatlar muhokama qilindi.

Championat.Asia saytining hakamlik faoliyati bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref" Telegram-kanali muallifi) Superliganing 23-tur uchrashuvlaridagi bahsli vaziyatlarni tahlil qilib chiqdi.


"Paxtakor" - "Andijon"

VIDEO

Murakkab vaziyat. Mavjud takroriy vaziyatlar asosida to'pning futbolchilardan birining qo'liga tekkan-tegmaganini aniq aytish qiyin. Ikki o'yinchi to'p uchun kurashmoqda, poziciya uchun kurashda qo'llaridan foydalanishmoqda. Agar VARda boshqa takrorlar bo'lganida va to'p "Paxtakor" o'yinchisining qo'liga tekkani aniqlanganda, gol bekor qilinishi kerak edi. Agar to'p "Andijon" himoyachisining qo'liga tekkan bo'lsa, penalti belgilanishi lozim edi. Ehtimol, to'pning futbolchilardan birining qo'liga tekkani haqida hech qanday dalil bo'lmagani sababli, VAR ushbu holatga aralashmagan.


"Lokomotiv" - "Nasaf"

VIDEO

Hakam "Lokomotiv" o'yinchisini o'ziga qarata aytilgan haqoratli so'zlari uchun maydondan chetlatib, to'g'ri qildi.


"So'g'diyona" - "Surxon"

VIDEO

Bu erda "Surxon" himoyachisining qo'lini ataylab harakatlantirganini ko'rmayapman. U maydonga yiqilgan paytda tirsagi bilan to'pga ozgina tekkanga o'xshadi. Biroq tirsak erga tayanch vazifasini o'tagan, qo'l tanaga yopishib turgan, shu sababli hakam o'yinni davom ettirib, to'g'ri qildi.


"So'g'diyona" - "Surxon"

VIDEO

Yon hakamning qarorini etirof etmoqchiman - u "So'g'diyona" o'yinchisiga hujumni yakunlashga imkon berdi va shundan keyingina bayroqni ko'tardi. Ofsayd chiziqlari hakamlar guruhining qaroridan shubhalanishga asos qoldirmaydi. "So'g'diyona"ning goli to'g'ri holatda bekor qilindi.


"So'g'diyona" - "Surxon"

VIDEO

Hakam kichik to'qnashuvdan so'ng turli jamoalardan ikki o'yinchiga sariq kartochkalarni ko'rsatib, to'g'ri ish qildi. Bu vaziyatda hatto to'rt nafar o'yinchini (har bir jamoadan ikki nafardan futbolchi) ogohlantirish mumkin edi.


"Olimpik" - "Navbahor"

VIDEO

"Navbahor" darvozaboni to'pni o'ynashga harakat qildi. Agar u to'pni o'ynashga urinmasdan qoidalarni buzganida (masalan, "Olimpik" hujumchisini futbolkasidan tortib qolganida yoki uning oyog'idan ataylab chalganida), bu ochiqchasiga gol urish imkoniyatidan mahrum qilish hisoblanardi. Bunday holatda hakam darvozabonni maydondan chetlatishi shart bo'lardi. Biroq bu vaziyatda to'pni o'ynashga urinish bo'lgani uchun sariq kartochka to'g'ri ko'rsatildi.


"Qizilqum" - "Dinamo"

VIDEO

Hakam yaxshi poziciya edi, bu esa uning tezkor qaror qabul qilishiga imkon berdi. "Dinamo" jamoasi o'yinchisi ehtiyotsizlik bilan to'p uchun kurashga kirishdi. Hakamning qarori to'g'ri edi.


"Qizilqum" - "Dinamo"

VIDEO

Bosh hakam ideal poziciyada edi va "Qizilqum" futbolchisini chetlatishi shart edi. Unda to'pni olib qo'yish imkoniyati yo'q edi va raqibga juda ham xavfli tarzda tashlandi (butsaning tagi bilan tizza atrofiga).
Bosh hakamning qarori ham, VAR ham bu vaziyatga aralashmagani hayron qoldiradi. Bu vaziyatda qizil kartochka ko'rsatish kerak edi. Bosh hakam va VAR hakamlarining qo'pol xatosi.


SHu tariqa, Superliganing 23-tur o'yinlarida hakamlar bitta jiddiy xatoga yo'l qo'yishdi. "Paxtakor" - "Andijon" uchrashuvida Hoshimovning goli bilan bog'liq holatda ekspertimiz takroriy vaziyatlar sifatining pastligi va qo'shimcha rakurslar mavjud emasligi sababli hakam xato qilgan yoki qilmaganligini aniqlay olmadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика