So’nggi yangiliklar

17:04Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Ироқ билан муроса кўчасини танлади  4 16:49Футзал бўйича Олий лига. "Оил Стар" "Сурхон" дарвозасига "хоҳлаганича" тўп киритди  0 16:30Қирғиз Республикаси термаси бош мураббийи: "Эртага топ-футболчилардан иборат Эронга қарши майдонга тушамиз"  5 16:01Сречко Катанец: "Эртага майдонга тушадиган футболчилар ўзини кўрсатиш вақти келди" (матбуот анжумани)  27 15:3420 млн фунтга сотиб олинган "Челси" футболчиси кетишига ишора қилмоқда  0 15:13Футзал бўйича Олий лига. 8 та гол урилган ўйинда "Насаф" "Пахтакор"ни енгди  0 14:58Тожикистон ва Афғонистон терма жамоалари ўртасидаги ўртоқлик учрашувини ўзбекистонлик ҳакам бошқариб боради  0 14:18"Челси" Та учун курашда "Барселона" ва "Реал"ни ютиб чиқди  2 13:50Погба Англия Премьер-лигасига қайтиши мумкин  0 13:23"Арсенал" Рафиньянинг трансфери учун катта маблағ ажратишга тайёр  3 12:58Футзал бўйича Олий лига. БМБ "Бунёдкор"га нақд 12 та гол урди!  0 12:33Эшитдик-да! "Нефтчи" Алижоновга қизиқиш билдиряпти, Болтабоев келишиб бўлди  5 12:16Битта хатони учинчи маротаба такрорлаётган ЎФА!  15 12:06"Ливерпуль" асосий трансфер мақсадини белгилаб олди  1 11:40Ўзбекистон КХДРга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  25

Superliganing 2-turdagi hakamlik qarorlari tahlili. Xatolar juda ko'p! Rossiyalik sobiq hakamning navbatdagi xulosalari Yangiliklar

Superliganing 2-turdagi hakamlik qarorlari tahlili. Xatolar juda ko'p! Rossiyalik sobiq hakamning navbatdagi xulosalari

Championat.Asia saytining hakamlik faoliyati bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev (Alyo, ref!) Superliganing 2-tur bahslaridagi eng bahsli vaziyatlarni tahlil qildi.

«So'g'diyona» - «Olimpik»

VIDEO

Uzatmadan keyin to'p uchun ikki o'yinchi kurashmoqda. Hujumchi yuqori qavatdagi kurashda g'alaba qozondi, to'pga bosh bilan o'ynadi, keyin esa to'p pastga tushgach, unchalik katta bo'lgan masofada to'p himoyachining qo'liga tegdi. Qo'l yon tomonga surildi, u suniy holatda edi, qo'lning to'pga harakati mavjud. Garchi «So'g'diyona» o'yinchisi to'pga qo'l bilan o'ynashni istamagan bo'lsa ham, uning uchun baxtsiz tasodif sodir bo'ldi. 11 metrlik jarima zarbasi to'g'ri belgilangan, biroq qandaydir kartochka ko'rsatilishi shart emas.


«So'g'diyona» - «Olimpik»

VIDEO

Menimcha, futbolchiga sportga xos bo'lmagan xatti-harakatlari uchun sariq kartochka berilishi kerak. Haddan tashqari kuch ishlatish, kuchli zarba yo'q, shu bois oyoqda berilgan zarbani kuchli deb hisoblash qiyin. Futbolchi sportga xos bo'lmagan harakat amalga oshirdi, u to'p uchun kurashda qoidabuzarlik qayd etilganidan norozi bo'lib, raqibini chaldi. Bu vaziyatga yon hakam va zaxira hakami aralashishga majbur. Bu vaziyat qizil kartochka kartochka ko'rsatilishiga arzimaydi.


«So'g'diyona» - «Olimpik»

VIDEO

Menimcha, bu qoidabuzarlik holati emas. «Olimpik» o'yinchisi chap oyog'i bilan raqibga qarab harakat qildi, yani kontakt sodir etishga urindi. Jahon chempionatida ham shunday lahzalarda hakamlar o'yinni davom ettirganining guvohi bo'ldik. VAR bunday vaziyatlarda aralashmasligi kerak. Bundan tashqari, juda oddiy kontakt sodir bo'lgan, o'yinchi kontakt oqibatlarini bo'rttirib yuborgan. Penalti xato belgilandi.


«Neftchi» - «Paxtakor»

VIDEO

“Paxtakor” futbolchisi to'pga ulgurmadi va hujumchining oyog'iga zarba berdi. Fol ehtiyotsizlik tufayli sodir bo'ldi. Penalti to'g'ri belgilandi, VAR epizodga to'g'ri aralashdi. Kontakt kuchli emas, lekin bu faktni hamda himoyachining to'pga ulgurmaganligini inkor etolmaydi.


«Navbahor» - «Metallurg»

VIDEO

Agar uchrashuvda VARdan foydalanilmagan bo'lsa, bu o'yinning davom ettirilishini anglatadi. VAR bo'lgan taqdirda ham, qanot himoyachisining oyog'i raqib hujumchisinikiga qaraganda yaqinroqda bo'lishi mumkin. Bosh hakamnining harakati va hakamlar brigadasining qarori yaxshi bo'lgan, gol to'g'ri hisoblangan.


«Navbahor» - «Metallurg»

VIDEO

Katta ehtimol bilan, «Metallurg» o'yinchisi qoidabuzarlik qayd etilganidan keyin raqib jamoa bosh murabbiyining davosini eshitgan, o'sha vaziyatda murabbiy qarordan norozi bo'lib, zaxira hakami bilan muloqot qilgandi. Futbolchi buni cenzurasiz shaklda ifodalashga qaror qildi, bu esa bosh hakamning qulog'i chalindi va o'yinchiga nisbatan qizil kartochka to'g'ri ko'rsatildi. Hakamning qaroriga norozilik bildirgani uchun murabbiyga sariq kartochka to'g'ri holatda ko'rsatildi.


«Navbahor» - «Metallurg»

VIDEO

Darvozabonning to'p uzatishida ofsayd bo'lmaydi. To'p uchun kurashda hech kim koptokka tegmadi, shu bois gol urgan futbolchi qoidabuzarliklardan "toza" holatda raqib darvozasini ishg'ol qildi. Hakam shoshgan holatda hushtak chaldi. Keskin epizod qanday yakunlanishini ko'rish va ustunlik tamoyilini qo'llagan holda golni hisoblash kerak edi. Ammo gol urilishidan avval hushtak yangragani uchun uni hisoblab bo'lmasdi. SHunga o'xshash epizod yaqinda Rossiya chempionatida sodir bo'lgandi, o'shanda "Spartak" gol urdi - biroz avval hakam qo'pollikni qayd etgani uchun u gol ham inobatga olinmagandi.


«Surxon» - «Andijon»

VIDEO

Tasvirga qarab, fikr yuritadigan bo'lsak, o'yindan tashqari holat qayd etilmagan va umidli hujumni buzgani uchun himoyachiga sariq kartochka ko'rsatilishi lozim. To'p havoda edi, unda esa havodagi to'pni nazorat qilish imkoni mavjud emas. Bularning barchasi sariq kartochka ko'rsatish mezonlariga to'g'ri keladi.


«Surxon» - «Andijon»

VIDEO

Yaqqol gol urish imkoniyatidan mahrum etilganligi uchun ochiqchasiga qizil kartochka ko'rsatilishi lozim. Bosh hakam uchun oson epizod hisoblanadi.


«Surxon» - «Andijon»

VIDEO

VAR chizig'i noto'g'ri chizilgandek tasavvur uyg'otdi - himoyachining oyog'i hujum qilayotgan futbolchinikiga qaraganda orqaroqda qolganga o'xshaydi. Ammo chiziqqa ishonish kerak bo'lsa, unda gol to'g'ri bekor qilingan, chunki o'yinchi ofsayd holatida darvozabonning to'p bilan o'ynashiga tasir qiladigan harakatni amalga oshirgan. Biroq, yana takidlayman, ofsayd chiziqlari qanday joylashtirilgani haqida shubhalarim bor.


«Surxon» - «Andijon»

VIDEO

«Surxon» o'yinchisi ko'k libosdagi o'yinchiga teginishda o'ylamasdan harakat qildi. To'g'ri, u aynan raqib boshiga tegmagan bo'lishi mumkin, biroq bu bemulohaza amalga oshirilgan harakat ekanligi to'g'risidagi faktni inkor eta olmaydi. Himoyachi boshi bilan birinchi bo'lib to'pga o'ynadi. SHu bilan birga, rostini aytsam, video orqali futbolchiga ikkinchi sariq kartochka nima uchun ko'rsatilganini uqib olish qiyin.


«Qizilqum» - «Buxoro»

VIDEO

Menimcha, o'yinni davom ettirishga arzigulik holat, chunki to'p futbolchi tomon o'z jamoadoshidan qisqa masofa oraliqda etib keldi, rikoshetdan so'ng to'p g'ayritabiiy holatda qo'lga tegdi. O'yinchi shunchaki to'pga moslashishga ulgurmadi, chunki masofa yaqin edi. Agar masofa olis bo'lsa, 11 metrlik jarima to'g'risida bahslashish mumkin edi. Hakam to'g'ri qaror qabul qildi.


«Qizilqum» - «Buxoro»

VIDEO

Birinchidan, “Buxoro”ning 5-raqamli futbolchisiga raqibga qilgan qoidabuzarligi uchun sariq kartochka ko'rsatilishi lozim edi. Ikkinchidan, janjalni boshlagan har ikki jamoa futbolchilari — “Buxoro”ning 11-raqamli o'yinchisi va “Qizilqum”ning 25-raqamli azosi ham sariq kartochka bilan "siylanishi" kerak. SHuningdek, “Buxoro” futbolchisini (11-raqamda) itarib yuborgan “Qizilqum”ning 6-raqamdagi o'yinchisiga ham xuddi shu jazo qo'llash darkor. Hakam birinchi epizod uchun sariq kartochka bermadi, qolaversa, ikki futbolchi janjal uchun ogohlantirilmadi.


«Nasaf» - «Turon»

VIDEO

Menimcha, 11 metrlik jarima zarbasi to'g'ri belgilandi, chunki “Turon” futbolchisi tezda orqasiga o'girilib, harakat traektoriyasini o'zgartirishga ulgurmadi va qo'li bilan raqibning elkasidan ushlab qoldi. Bu vaziyatda qo'l harakati bilan to'xtatib qolish holati mavjud. Ehtiyotsizlik oqibatida qoidabuzarlik qayd etildi, raqibga teginish uzoq vaqt davom etmagani uchun sariq kartochka ko'rsatilishi shart emas. Hakam to'g'ri qaror qabul qildi.


OKMK – «Bunyodkor»

VIDEO

Bu VAR orqali ko'riladigan vaziyat hisoblanadi. Hakam uchun ushbu dinamikada 11 metrli jarimani belgilashga asos topilgan. Ammo sekinlashtirilgan takroriy vaziyatda hujum qilayotgan o'yinchi to'pni oldinga harakatlantirganidan keyin oyoqlarini oldindan bukayotganini ko'rishingiz mumkin - hatto raqib posboni bilan ehtimoliy to'qnashuvdan oldin bu holat sodir bo'lmoqda. Simulyaciya uchun sariq kartochka ko'rsatilib, erkin zarba belgilash lozim. VAR epizodga aralashishi kerak edi.


SHu tariqa, 15 ta bahsli epizodda Superliga hakamlari birato'la 8 ta xatoga yo'l qo'yishdi.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика