Superliganing 14-turi 5 o'yinida VAR tizimi ishlatiladi
04 avg 2021 22:27
Yangiliklar
Superliganing 14-turi 5 o'yinida VAR tizimi ishlatiladi
6-8 avgust kunlari Superliganing 14-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.
Oldinroq xabar berilganidek, Coca Cola Superliga joriy mavsumi ikkinchi davrasidan boshlab VAR tizimidan ko'proq uchrashuvlarda foydalanish rejalashtirilgan edi. 14-turdan o'rin olgan 5 ta uchrashuvda Video Assistant Referee tizimidan foydalaniladi:
"Paxtakor" – "Nasaf"
"Mashal" – "Bunyodkor"
"Lokomotiv" – AGMK
"So'g'diyona" – "Navbahor"
"Qo'qon-1912" – "Turon".
Fikrlar