So’nggi yangiliklar

11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  5 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  8 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  1 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  2 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  4 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  4 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0

Superliganing 10ta va PRO liganing 4ta klubi qarzdorlikdan qutulmaguncha yangi shartnomalarni ro'yxatdan o'tkaza olmaydi Yangiliklar

Superliganing 10ta va PRO liganing 4ta klubi qarzdorlikdan qutulmaguncha yangi shartnomalarni ro'yxatdan o'tkaza olmaydi

PFL bir qator klublarni futbolchilar oldidagi qarzdorligi borasida ogohlantirdi.

PFL bilan hamkorlik qilayotgan O'zbekiston futbolchilar uyushmasi "Andijon", "Buxoro", "Neftchi", "Bunyodkor", "Navbahor" va "SHo'rtan" klublarining futbolchilar oldida o'z vaqtida bajarilmagan majburiyatlari yuzasidan malumot taqdim etgan. Mazkur qarzdorliklar bartaraf etilmagunga qadar, yuqorida nomlari keltirilgan klublar ham yangi shartnomalarni ro'yxatdan o'tkaza olmaydi. Bu haqda championat.asia sayti ishonchli manbalarga tayanib xabar berdi.

Bundan tashqari, "Andijon", "Neftchi", "Nasaf", "Buxoro", "Qizilqum", "Mashal", "Metallurg", "So'g'diyona", "Navbahor", "Bunyodkor", "Surxon", "Qo'qon-1912" va "Oq-tepa" futbol klublari legioner futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazganlik uchun Musobaqalar o'tkazish reglamentida belgilangan to'lovni o'z vaqtida to'lab bermagan. SHundan kelib chiqib, mazkur klublar ham transfer oynasida yangi shartnomalarni ro'yxatdan o'tkaza olmaydi.

"Mashal", "Metallurg", "So'g'diyona", "Navbahor", "Surxon", "Neftchi", "Zomin", "Xorazm", "SHo'rtan", "Istiqlol", "Oq-tepa" klublarining qatnashchilik badali bo'yicha qisman qarzdorliklari mavjud. "Nasaf", "Buxoro" va "Bunyodkor" futbol klublari esa qatnashchilik badalini umuman to'lamagan. Futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish jarayonida bu holat inobatga olinadi.

PFL futbol klublarining qatnashchilik badali bo'yicha to'lovlarni bosqichma-bosqich qisqartirish va sekin asta bu tizimni butkul yo'qotishni maqsad qilgan. Yuqorida nomlari keltirilgan futbol klublari mavsum avvalida sanab o'tilgan to'lovlarni to'liq to'lab berish majburiyatini olgan. PFL pandemiya sharoitidagi qiyinchiliklardan kelib chiqib, barcha futbol klublariga oson bo'lmagan mavsumni yakunlab olish imkonini berdi.

Reyting: -22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика