So’nggi yangiliklar

22:00Ўзбекистон кубоги. "Хоразм"ни мағлуб қилган "Сурхон" ярим финалга йўл олди!  8 21:41Дани Ольмонинг "Барселона"га ўтиши аниқ бўлди! (Фабрицио Романо)  6 21:13Слот "Ливерпуль" нега янги ўйинчилар харид қилмаётганини тушунтирди  0 20:48Анчелотти: "Ҳозирги таркибимиз билан барча турнирларда қатнаша оламиз"  1 20:22Расман: 79 ёшли Мирча Луческу Руминия терма жамоаси бош мураббийи этиб тайинланди  2 20:00"Барселона"га Кьезани таклиф қилишди  4 19:41Ибрагимович: "Мен табиат мўъжизасиман"  13 18:59"Арсенал" Габриэл билан янги шартнома имзолайди  1 18:36Адейеми "Ювентус" қизиқиши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди   1 18:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Японияга етиб борди  1 17:29Расман: "Севилья" "Интер" ярим ҳимоячиси трансферини эълон қилди  1 17:06"Агар Мудрикни 100 млн еврога сотиб олишган бўлса, Глушенковнинг нархи 200 млн"  2 16:30"Зенит" "Марсель" футболчисига 10 млн евро маош таклиф қилган, лекин...  1 16:07Гюндоган "Барселона"дан кетмайди  6 15:42Киммих бу ёз "Бавария"дан кетмайди  1

Superligadagi nosuper o'tayotgan chempionatga nazar (1-qism) Yangiliklar

Superligadagi nosuper o'tayotgan chempionatga nazar (1-qism)

Superliga yakunlanishiga atiga 4 tur qoldi.

Xo'sh, Superligada chempionlikni aniqlaydigan oltitalik va jon saqlab qolish uchun kurashayotgan ikkinchi oltitalikdagi turnir jadvali qay holatda?


Demak, dastavval chempionlik uchun kurashayotgan oltitalikda turnir jadvalining eng pastki o'rinida borayotgan "Buxoro" haqida.

Ulug'bek Baqoev boshqaruvidagi jamoa kuchlilar safida o'tkazilgan 16 o'yinda atiga 10 ochko to'plagan holda 6-o'rinda turibdi. Buyog'iga har qanday holatda ham buxoroliklarni mazkur pog'onadan pastga tushib ketmasliklari malum. Ammo ikkinchi savol bor, "Buxoro" chempionat yakuniga qadar maksimum bir o'rin tepaga sakrash imkoniyatiga ega. Ular qolgan to'rt bahsda g'alaba qozonib faqat "Metallurg"ni quvib o'tish imkoniyatini saqlab qolishgan. Xattoki to'rtinchi o'ringa ko'tarilish uchun ham ularda imkoniyat qolmadi. Sababi, "Buxoro" qolgan barcha uchrashuvlarni g'alaba bilan yakunlagan taqdirda ham ayni paytda 4-o'rindagi "Bunyodkor"ga ochkolar soni bo'yicha eta olishmaydi.

Superliga finishiga qadar "Buxoro"da deyarli hech qanday motivaciya qolmadi. Faqatgina birgina o'rin sakrash imkoniyati qolgan xolos. Lekin chempionatni beshinchi o'rinda tugatadimi yoki oltinchidami, buning katta ahamiyati yo'q. "Buxoro" buyog'iga medallarsiz qolgani rasman aniq.

"Buxoro"ning qolgan o'yinlar jadvali:
Uyda: "Paxtakor" (5 noyabr)
Mehmonda: "Lokomotiv" (9 noyabr)
Uyda: "Navbahor" (25 noyabr)
Mehmonda: "Metallurg" (30 noyabr)

"Buxoro" tarixidagi eng yaxshi natija: 2-o'rin ("Nurafshon" nomi ostida 1994 yil)
O'tgan yilgi natijasi: 6-o'rin (2017)
Bu yil egallashi mumkin bo'lgan eng yuqori ehtimoliy o'rni: 5-6  


Beshinchi pog'onadagi "Metallurg"da ham nazariy jihatdan faqatgina bir pog'onaga tepaga sakrash imkoniyati qolgan xolos. Ular ham deyarli hech qanday motivaciyasiz qolgan 4 turni o'tkazishadi. Birgina kichik motivaciya, bu jamoa nazariy jihatdan o'z tarixidagi eng yaxshi natijani yangilash imkoniyatiga ega. Ammo buni amalda uddalash nihoyatda qiyin masala. CHunki hozirda to'rtinchi o'rindagi "Bunyodkor" bilan oradagi farq 10 ochkoni tashkil qilmoqda. Bekobodliklar hozircha klub tarixidagi eng yaxshi natija bo'lib turgan 5-o'rinni olishlari mumkin. "Metallurg" 2002 yilgi mavsumni "kuchli beshtalik"da yakunlashga muvaffaq bo'lgandi. Joriy mavsumda ham Andrey SHipilov shogirdlari jamoa tarixidagi eng yaxshi natijani takrorlashga yaqin turishibdi. Ammo jamoa buyog'iga chempionat medallari uchun kurasha olmaydi.

"Metallurg"ning qolgan o'yinlar jadvali:
Uyda: "Navbahor" (4 noyabr)
Mehmonda: "Paxtakor" (10 noyabr)
Mehmonda: "Bunyodkor" (24 noyabr)
Uyda: "Buxoro" (30 noyabr)

"Metallurg" tarixidagi eng yaxshi natija: 5-o'rin (2002 yil)
O'tgan yilgi natijasi: 10-o'rin (2017)
Bu yil egallashi mumkin bo'lgan eng yuqori ehtimoliy o'rni: 4-5-6


CHempionlik uchun kurashdan chiqqan "Bunyodkor"ning imkoniyatlari haqida to'xtalamiz. O'tgan turda "Lokomotiv"ning "Metallurg" ustidan qozongan g'alabasidan so'ng "qaldirg'ochlar"da chempionlik imkoniyati rasman qolmadi. Ayni paytda "Bunyodkor" nafaqat medallar, balki OCHL yo'llanmasi uchun kichik imkoniyat xosil qilgan. Jamoa garchi qiyin vaziyatda qolganiga qaramasdan OCHL yo'llanmasi va kamida kumush medali uchun kurashni davom ettirmoqda. Bu yo'lda "Bunyodkor"ning ikki asosiy raqibi "Navbahor" hamda "Paxtakor". Aynan medallar va OCHLga yo'llanma beruvchi ikkinchi pog'ona masalasi ko'p jihatdan "Bunyodkor"ning mazkur jamoalarga qarshi o'zaro bahsida hal etiladi. Hozircha "qaldirg'ochlar" 23 ochko jamg'argan holda to'rtinchi pog'onani band etib turishibdi.

"Bunyodkor"ning qolgan o'yinlar jadvali:
Uyda: "Lokomotiv" (5 noyabr)
Mehmonda: "Navbahor" (10 noyabr)
Uyda: "Metallurg" (24 noyabr)
Mehmonda: "Paxtakor" (30 noyabr)

"Bunyodkor" tarixidagi eng yaxshi natija: chempionlik
O'tgan yilgi natijasi: 4-o'rin (2017)
Bu yil egallashi mumkin bo'lgan eng yuqori ehtimoliy o'rni: 2-3-4-5


Ayni paytda onlayn tarzida bronza medallariga egalik qilayotgan "Navbahor" rasman chempionlik kurashidan chiqib ketmagan. Namanganliklar nazariy jihatdan hali chempionlik uchun kurashi ko'rishlari mumkin. Ammo buning "Loko" qolgan barcha o'yinlarda mag'lubiyatga uchrashi talab etiladi. Andrey Kanchelskis boshqaruvidagi jamoa bor etiborini kelasi OCHLga yo'llanma beruvchi ikkinchi pog'onada qaratgan. Bu borada ular "Paxtakor" bilan jiddiy raqobatlashishlariga to'g'ri keladi. Hozircha ular orasida farq 3 ochkoni tashkil qilmoqda. Agarda "Navbahor"ning "Paxtakor" bilan ochkolari soni tenglashib qolsa, unda reglament bo'yicha o'zaro o'yinlar natijasiga murojaat qilinadi. Agarda shunday bo'lsa, unda "Paxtakor" ustunlikka ega. CHunki ushbu jamoalar o'rtasidagi o'zaro kurashda 1tadan g'alaba va durang qayd etilgan. Ochkolar soni tenglashib qolsa, "Paxtakor" safardagi golli durang evaziga turnir jadvalida "Navbahor"dan yuqori turadi. SHu boisdan ham "Navbahor"ni faqatgina ochkolar bo'yicha oldinga o'tib olish qoniqtiradi. "Navbahor"ning OCHL yo'llanmasi uchun kurashi uchun "Paxtakor" kamida ikkita o'yinda ochko yo'qotishi va Kanchelskis shogirdlari buyog'iga yo'qotishlarsiz chempionatni yakunlashlari talab etiladi. Nazariy jihatdan "Navbahor"da hozircha barcha imkoniyat saqlanib qolgan. Ammo ularning chempionlik yoki OCHLga yo'llanma beruvchi o'ringa kurashishlari o'zlariga bog'liq emas. Yani, "Navbahor" buyog'iga raqiblarini ochko yo'qotishini kutib, o'zlari qolgan barcha o'yinlarni g'alaba bilan yakunlashlari kerak.

"Navbahor"ning qolgan o'yinlar jadvali:
Mehmonda: "Metallurg" (4 noyabr)
Uyda: "Bunyodkor" (10 noyabr)
Mehmonda: "Buxoro" (25 noyabr)
Uyda: "Lokomotiv" (30 noyabr)

"Navbahor" tarixidagi eng yaxshi natija: chempionlik (1996)
O'tgan yilgi natijasi: 5-o'rin (2017)
Bu yil egallashi mumkin bo'lgan eng yuqori ehtimoliy o'rni: 1-2-3-4


"Paxtakor"ning chempionlik kurashdagi imkoniyatlari keskin pasayib ketdi. SHota Arveladze boshchiligidagi jamoa ayni paytga kelib medallar uchun kurash taqdirini ham o'z foydasiga hali rasmiylashtirgani yo'q. Jamoa ehtimoliy jihatdan chempionatni medallarsiz tugatishi ham mumkin. Yoki aksincha, "sherlar" "temiryo'lchilar"ning ketma-ket ochko yo'qotishlari natijasida shohsupa tepasiga chiqishlari ham nazariy jihatdan inkor etilmaydi. Hozircha. "Paxtakor" buyog'iga OCHL yo'llanmasidan quruq qolmaslik uchun bor etiborini yanada jamlashiga to'g'ri keladi. CHunki, jamoa kubok finalini boy berdi va buyog'iga kamida mavsumni ikkinchi pog'onada tugatishi lozim. Aks holda Arveladze jamoasi kelasi mavsumni xalqaro musobaqasiz boshlashiga to'g'ri keladi. Bu esa "Paxtakor" uchun chinakamiga katta inqiroz degani. CHunki chempionlik va kubok uchun kurashgan jamoa mavsumni xattoki OCHL yo'llanmasisiz tugatishi haqiqiy inqiroz degani. Nazariy jihatdan "Paxtakor" chempionlik uchun kurashda imkoniyatlar saqlanib qolgan bo'lsa, aksincha, yakunda umuman quruq qo'l bilan qolishi ham hech gap emas. Garchi chempionlik uchun kurash o'z intrigasini yo'qotgan bo'lsada, "sherlar"ni qolgan bahslarda bo'shashishga haqlari yo'q. Aks holda jamoani har qanday ehtimoliy scenariy ostidagi chempionat finishi kutmoqda.

"Paxtakor"ning qolgan o'yinlar jadvali:
Mehmonda: "Buxoro" (5 noyabr)
Uyda: "Metallurg" (10 noyabr)
Mehmonda: "Lokomotiv" (25 noyabr)
Uyda: "Bunyodkor" (30 noyabr)

"Paxtakor" tarixidagi eng yaxshi natija: chempionlik
O'tgan yilgi natijasi: 3-o'rin (2017)
Bu yil egallashi mumkin bo'lgan eng yuqori ehtimoliy o'rni: 1-2-3-4


Ketma-ket uchinchi marotaba chempionlik finishiga yaqinlashayotgan "Lokomotiv" kelasi turdayoq barcha masalani rasman hal etib qo'yishi mumkin. Buning uchun dastlab "Paxtakor" Buxoroda ochko yo'qotishi va "Loko" "Bunyodkor" maydonida zafar quchishi kifoya. SHunda Superligada chempionlik taqdiri chempionat yakunlanmasidanoq hal bo'ladi. Yoki aksincha, "Loko" "Paxtakor"ning qoqilishiga etibor qilmasdan, ketma-ket ikki o'yinda g'alaba yoki minimum 5 ochkoni qo'lga kiritsa, unda chempionlikka erishish bo'yicha o'ziga xos xet-trik qayd etadi. Ayni paytga kelib esa "Loko" minimum bronza medallarini rasmiylashtirishga ulgurdi. Yani, jamoa qolgan barcha o'yinlarda mag'lubiyatga uchragan taqdirda ham uchinchi o'rindan pastga tushib ketmaydi. Ammo bunda "temiryo'lchilar" OCHL yo'llanmasidan mosuvo bo'lishadi.

"Lokomotiv"ning qolgan o'yinlar jadvali:
Mehmonda: "Bunyodkor" (5 noyabr)
Uyda: "Buxoro" (9 noyabr)
Uyda: "Paxtakor" (25 noyabr)
Mehmonda: "Navbahor" (30 noyabr)

"Lokomotiv" tarixidagi eng yaxshi natija: chempionlik
O'tgan yilgi natijasi: 1-o'rin (2017)
Bu yil egallashi mumkin bo'lgan eng yuqori ehtimoliy o'rni: 1-2-3


Superligada chempionlik uchun kurashayotgan oltitalikda kutilgan intriga vujudga keldi desak mubolag'a bo'ladi. Aksincha, Superliga atalmish yangi format ostida o'tayotgan chempionat kutilgan intrigani taqdim etmadi. Ayniqsa "oltin ochkolar" qoidasi bazilar kutgan qiziqishni, ehtimoliy fantaziyalarni amalga oshira olmadi, chamamda.

Eng katta baho bu muxlislar qiziqishi. Ayni paytda chempionatdagi o'yinlar hech qanday ajiotajsiz va anshlagsiz o'tmoqda. Xattoki chempionlik uchun kurashayotgan jamoalar ishtirokidagi bahslar ham stadionlarni to'ldirmayapti.

Masalan avvalgi uchta chempionatimiz, yani Oliy liga nomi ostida o'tgan ichki birinchiligimizda chempionlik masalasi oxirgi turda va bir tur oldin hal etilgan.

Superligada esa chempionlik masalasi kelasi turda oydinlashishi yoki oxirgi turga qadar davom etishi mumkin. Ammo chempionlik masalasi so'nggi pallalarga qadar ochiq qolgan taqdirda ham bu yilgi chempionat o'tgan yillardagi Oliy ligadan qaysidir sifat yoki intriga borasida o'tib ketdi, deya olmayman. Eng katta asosiy farq shuki, bu yangicha format, jamoalarnining ikki guruhga bo'linishi, birinchi bosqichda yuzaga kelgan navbatchi o'yinlar, motivaciyasiz qolgan jamoalar va "oltin ochkolar" qoidasi.

Bu farq foydaga ishladi, chempionatimiz saviyasini ko'tardi, desam o'zimni-o'zim aldagan bo'laman. Superliga kutilgan super darajani bizga taqdim etolmadi. Bu yilgi superliga avvalgi OLIY ligamizning oliy darajasini ham takrorladi, deyolmayman. CHunki Oliy liga nomi ostida bir qancha chempionatlarimiz bundanda qiziqarliroq, kuchliroq va saviya jihatidan yuqoriroq o'tgan.

Qolgan xulosa esa o'zingizdan...

Pastki oltitalikdagi holat va vaziyat haqida ertangi maqolada batafsil to'xtalib o'tamiz. Davomi bor...

Muallif :
Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика