Superligadagi ikki uchrashuvning mezboni almashadi
22 apr 2022 19:35
Yangiliklar


Superligadagi ikki uchrashuvning mezboni almashadi
Joriy yilning 1-19 iyun kunlari O'zbekiston yashil maydonlarida 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.
Ushbu musobaqa uchrashuvlariga “Bunyodkor”, “Lokomotiv”, “Paxtakor” hamda Qarshidagi “Markaziy” o'yingoh mezbonlik qiladi.
OFK talabiga ko'ra, U-23 Osiyo chempionati uchrashuvlari o'tadigan stadionlar 7 kun avval musobaqa tashklilotchilariga taqdim etilishi lozim.
SHuni inobatga olgan holda Coca-Cola Superliga 11-turi doirasidan o'rin olgan 28 may kuniga belgilangan “Paxtakor” – “So'g'diyona” hamda “Nasaf” – “Dinamo” uchrashuvlarida mezbon almashadi va birinchi davrdagi o'yinlar mos ravishda Jizzax hamda Samarqandda o'tkaziladi. Uchrashuv teletranslyaciya qilinishini taminlash maqsadida “Dinamo” – “Nasaf” uchrashuvi 29 may, yakshanba kuni bo'lib o'tadi.
11-tur
28 may, shanba
SO'G'DIYONA – PAXTAKOR
29 may, yakshanba
DINAMO – NASAF.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar