So’nggi yangiliklar

19:42"2+1" қайд этган ҳужумчи, тур голини урган ёш хавбек, жамоасини муқаррар голлардан қутқарган дарвозабон — Суперлигада 13-турнинг энг яхшилари  0 19:40Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" – "Машъал", "Сўғдиёна" – "Қизилқум" (онлайн ҳисоб)  2 19:35Про лига. "Арал" – "Локомотив" 2:0 (онлайн ҳисоб)  1 19:2538 ёшга тўлган Лионель Месси ҳақида 38 та қизиқарли маълумот  0 19:07Норчаев, Холматов, Абдухолиқов ва бошқалар ... Суперлига 13-тур рамзий терма жамоаси  0 19:04Абрамов мантиқан ҳеч нарса йўқотмади, Зейтуллаев учун керакли ғалаба эди — Абдулазиз Искандаров таҳлили  2 18:39"Футбол олами". "Динамо"да мавсумдаги илк мағлубият, "Навбаҳор" - ОКМК 3:0 — 13-тур ҳақида батафсил   0 18:10Носир Абдусаломов: "Қўқонда 120 дақиқа осон бўлмаганди, "Динамо" билан ўйинга ўзига ҳос куч топа олдик"  2 18:00Лукаку: "Роналду каби 40 ёшгача ўйнашни хоҳлардим"  2 17:10Бэйл "Кардифф"ни сотиб олиб, уни АПЛга олиб чиқмоқчи  2 16:43Энрике Клублар ўртасидаги ЖЧ стадионларидаги майдонлар ҳолатидан нолиди  9 16:18ЎФА раҳбарияти Майамидаги ФИФА Ижроия футбол саммитида қатнашди  3 15:56Маскерано: "Интер Майами" дунёнинг энг яхши 16 жамоаси қаторига кирди"  17 15:34"Насаф" ОЧЛ Элитда кимлар билан ўйнайди?  9 15:14МЮ Мбеумо учун курашда пешқадам ва у учун катта пул ажратишга тайёр  1

Superligada tur yakunlanadigan kun: Qosimov va Babayanning ilk to'qnashuvi, Namanganda bronza uchun kurash hamda chempion mehmoniga aylanadigan "Surxon" Yangiliklar

Superligada tur yakunlanadigan kun: Qosimov va Babayanning ilk to'qnashuvi, Namanganda bronza uchun kurash hamda chempion mehmoniga aylanadigan "Surxon"

Bugun Superliganing 23-tur o'yinlariga yakun yasab beradigan uch o'yin o'tkaziladi.

Bronza medallari uchun kurashayotgan Namanganning "Navbahor" jamoasi uyida sovrinli o'rinlardagi raqobatchisi Qarshining "Nasaf" klubini mehmon qiladi. Andrey Kanchelskis va Ro'ziqul Berdiev birinchi davradagi o'zaro hisob-kitob hamda bronda medallari uchun bo'ladigan to'qnashuvda qaysi jamoa kurashdan chiqib ketishini hal etishadi. Ehtimoliy g'alaba har ikkala jamoaga uchinchi o'rin uchun bellashuvda imkoniyatni saqlab qolishlarini kafolatlaydi. Aksincha, mag'lubiyat esa bu kurashda imkoniyatni keskin pasaytirib yuboradi. Durangdan esa hech bir jamoa manfaatdor bo'lmaydi.

Ushbu jamoalarning birinchi davradagi Qarshida kechgan bahsida Kasyanning yagona goli "Navbahor"ga g'alabani taqdim etgandi. Ro'ziqul Berdiev o'sha mag'lubiyat uchun Kanchelskisdan revansh olishga urinib ko'radi. "Nasaf" esa joriy mavsumda Namanganda "Navbahor" mehmoni bo'lishga ulgurdi va o'shanda kubok doirasidagi qarama-qarshilikda Deyan Jurjevich boshqaruvi paytida "Navbahor"dan alamini olishga muvaffaq bo'lgandi.

Navbahor

Aziz Ibragimov - 79'

Superliga. 23-tur

31/10/2019, 18:00

1
:
1
Tugadi

Nasaf

Bobir Abdixoliqov - 90'

45'
90'
79'  Aziz Ibragimov
90'  Bobir Abdixoliqov


Kunning yana bir "qaynoq" to'qnashuvi Olmaliqda kechadi. Birinchi davrani muvaffaqiyatsiz o'tkazgan, ammo ikkinchi davrada nisbatan kuchaygan AGMK qatorasiga 3 yil chempion bo'lgan "Lokomotiv"ni mehmon qiladi. Mirjalol Qosimov va Samvel Babayanning murabbiylikdagi o'zaro ilk to'qnashuvi mazkur o'yin afishasini bezaydi. Har ikkala jamoa uchun ham g'alaba juda zarur. AGMK xavfli hududdan allaqachon uzoqlashgan bo'lsa, ayni damda turnir jadvalidagi mavqeini tobora yaxshilash yo'liga tushgan. "Loko" esa hozirda egallab turgan ikkinchi o'rni va OCHL pley-off yo'llanmasini beradigan pog'onani bo'shatmaslik ishtiyoqida. SHu boisdan ham "Lokomotiv" uchun mazkur o'yinda qo'lga kiritilajak ochko juda muhimligi bilan ahamiyatli. Aks holda "Lokomotiv"ning kumush yoki xattoki bronza medallaridagi imkoniyati pasayib ketish ehtimoli mavjud. SHu boisdan ham mazkur qarama-qarshilik qiziqarli va keskin o'tishi kutilmoqda.

Qayd etish kerakki, Babayan jamoaga kelgach "Lokomotiv" hali biror marta safarda g'alabani tantana qilgani yo'q. AGMK esa chempionat doirasida ketma-ket g'alabali seriyani taqdim etmoqda. Dastlab "Nasaf", keyin esa "Bunyodkor" to'sig'i zabt etildi.

OKMK

Elguzha Grigalashvili - 81'

Superliga. 23-tur

31/10/2019, 17:00

1
:
1
Tugadi

Lokomotiv

Jamshid Iskanderov - 36'

45'
90'
81'  Elguzha Grigalashvili
36'  Jamshid Iskanderov


Turning so'nggi bahsida chempionlikni allaqachon rasmiylashtirgan "Paxtakor" joriy mavsum birinchi bo'lib ulardan ochkoni tortib olgan va g'alabali seriyaga chek qo'ygan "Surxon" bilan Toshkentda kuch sinashadi. Qizig'i, hozirga qadar o'tkazilgan 22-tur o'yinlari 11tasini "Paxtakor" uyda va yana shunchasini mehmonda o'tkazgan. Qo'lga kiritilgan g'alaba va durang ham mos ravishda bir xil 10 g'alaba uyda, 10 yutuq safarda rasmiylashtirilgan. SHuningdek, uy va mehmonda bir marotadan durang o'ynalgan. Qo'lga kiritilgan ochkolar soni ham bir xil: 31dan.

Nazariy jihatdan "Surxon"da ham bronza medali uchun kurashish imkoniyati saqlanib turibdi. Mazkur turda "Bunyodkor"ning ochko yo'qotishi va hozirda uchinchi pog'onada mustahkam turgan "So'g'diyona" bilan termizliklarning o'zaro o'yini borligini inobatga olsak, ehtimoliy g'alaba "Surxon"ga yaxshi imkoniyat eshigini ochadi. Lekin buning uchun chempion "Paxtakor"dan safarda kamida ochko olish vazifasini uddalashga to'g'ri keladi. Bu esa oson yumush emasligi aniq.


Paxtakor

Dragan CHeran - 12', Igor Sergeyev - 32', Igor Sergeyev - 70'

Superliga. 23-tur

31/10/2019, 18:15

1
:
3
Tugadi

Surxon

SHavkat Salomov - 62'

45'
90'
12'  Dragan CHeran
32'  Igor Sergeyev
70'  Igor Sergeyev
70'  Sanjar Quvvatov
62'  SHavkat Salomov

Reyting: -19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика