Superligada ro'y bergan tarixiy voqealar...
04 avg 2022 02:45
Yangiliklar
Superligada ro'y bergan tarixiy voqealar...
O'zbekiston chempionatining 14-turida sodir bo'lgan bazi muhim hodisalarni keltiramiz:
Ulug'bek Baqoev "So'g'diyona" ustozi sifatida ilk bor "Bunyodkor"ni engdi.
"Dinamo" 22 yildan keyin Toshkentda "Paxtakor" darvozasiga 2ta gol urdi.
Bikmaev 1 yillik tanaffusdan keyin yana gol urdi.
Ruslanbek Jiyanov katta futboldagi dastlabki dublini rasmiylashtirdi.
AGMK "Metallurg"ga qarshi mavsumning har ikkala o'yinida mag'lub bo'ldi. Bunaqasi Toshkent viloyati derbilari tarixida birinchi bor ro'y berdi.
Vitaliya Denisov Superligada debyut qildi.
"Nasaf" mavsumdagi dastlabki mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Lutfulla To'raev "Neftchi" libosida rasmiy o'yinlardagi debyut golini urdi.
Maksim SHackix "Paxtakor" ustozi sifatida dastlabki g'alabasini qo'lga kiritdi.
Obuna bo'ling → FA| futbol ANALIZI
Fikrlar