Superligada o'ynagan nikaragualik futbolchi: "O'zbekistonga meni Hamidjon Aktamov emas Samvel Babayan taklif qilgan" (intervyu)
17 may 2020 14:15
Yangiliklar
Superligada o'ynagan nikaragualik futbolchi: "O'zbekistonga meni Hamidjon Aktamov emas Samvel Babayan taklif qilgan" (intervyu)
Uning jiddiy savollarga, oddiy javoblari sizni ham befarq qoldirmaydi degan umiddamiz.
- Medina hozirda qaerdasiz va karantin paytida nimalar bilan bandsiz?
- Avvalombor meni unutmaganingiz uchun rahmat aytaman. Ha hozirda hamma joyda karantin va pademiya o'z hukmini o'tkazmoqda. SHunga qaramasdan men Latviyadaman. Bizda judayam qo'rqinchli emas. Sekin-astalik bilan hammasi o'z joyiga qaytmoqda.
- Demak hozir O'zbekistonga kelishingizdan oldingi klubingiz “Spartak Yurmala”dasiz?
- Ha “Lokomotiv” jamoasidan ketganimdan so'ng, sobiq jamoam yana taklif bilan chiqdi va men bu taklifni qabul qildim. Bilganingizdek hozirda ushbu jamoa bilan yangi mavsum uchun tayyorgarlik olib bormoqdaman.
- Latviyada jamoalarga mashg'ulot o'tkazish uchun ruxsat berildimi? CHempionat qachon start oladi?
- To'g'ri yuqorida aytganimizdek butun dunyoda koronavirus pademiyasi avj olmoqda, lekin Latviyada futbol jamoalarga barcha sanitar qoidalariga amal qilgan holda mashg'ulotlar o'tkazishga ruxsat berildi. Bunga bir hafta bo'ldi. Barcha jamoalar alohida mashg'ulotlar o'tkazishmoqda. CHempionatga keladigan bo'lsak, hali aniq bir kun belgilanmagan. Ammo shunga qaramay tez kunlarda chempionat start olsa kerak deb o'ylayman.
- Keling suhbatimizni endi jiddiy savollar bilan davom ettirsak. Sizningcha o'zbek futboli bilan Latviya futbolida nima farqlarni ko'rdingiz?
- Bilasizmi men bu ikkala mamlakat futbolida hech qanday sezilarli farq kurmadim. Latviyada men asosan tezligim va texnikam kuchliligi bilan ajralib turardim. O'zbekistonda ham xuddi shunday bo'ldi deyishim mumkin. SHu sababdan ham Latviyadan kelishim bilan bu erga moslashishim qiyin bo'lmadi. Faqatgina sizlarda har bir uchrashuvga professionalik bilan tayyorgarlik ko'riladi. Boshqa men bu ikkala chempionatda farq ko'rmadim.
- Bizning chempionatimizda sizning nazdingizda qanday tizimlarda kamchilik bordek...
- Aytib o'tganimdek sizning chempionatingizda ko'pam kamchilik ko'rmadim. Faqatgina ozgina hakamlik borasida menimcha hali yana ozgina ishlar olib borilishi kerak. Hakamlar negadir ayrim uchrashuvlarda masuliyatni o'z zimmalariga olishmaydi. O'yin tizginini qo'ldan chiqarib yuboradi. Xullas mana shu mening fikrim.
- Siz superligada ikkita jamoada “Qizilqum” va “Lokomotiv” jamoalarida to'p tepdingiz. Bu jamoalarning qay birida o'zingizni erkin his qildingiz? Mana shu ikkala jamoaning qaysi biri siz uchun qadrli?
- Juda qiyin savol bo'ldi. Men “Lokomotiv” jamoasini hurmat qilaman ammo “Qizilqum”dagilar judayam ko'ngli ochiq insonlar edi. Men “Qizilqum” jamoasi va uning muxlislariga judayam katta rahmat aytsam arziydi. Men xuddi ular bilan o'zimning o'yimda yashayotgandek his etdim. Albatta “Lokomotiv” jamoasiga ham rahmat aytaman. Ular meni ajoyib kutib olishdi. Qisqa qilib aytganda ikkala jamoani ham hurmat qilaman.
- Sizni O'zbekistonga kim taklif qilgan? Mish-mishlarning yarmi Samvel Babayan desa, yarmi Hamidjon Aktamov demoqda...
- Yuqorida aytilganidek men bu erga kelishimdan oldin “Spartak Yurmala” jamoasida edim. Ko'pchilik biladimi yoki yo'q, bu jamoada Samvel Babayan murabbiy bo'lgan. O'shanda meni harakatlarim Samvel Babayanga maqul kelgan ekan. Meni O'zbekistonga taklif qildi. Takliflar ichida avvalo “Qizilqum” jamoasi meni o'ziga jalb etdi. SHundan so'ng birinchi Navoiyga keldim. Keyin esa Toshkentga...
- Sizningcha O'zbekistonda eng professional va kuchli jamoa qaysi?
- SHubhasiz “Paxtakor”. Sababi jamoada kuchli murabbiy va salohiyatli futbolchilar to'plangan. Qolaversa jamoada tashkiliy ishlarda ham o'z ishining professionallari ishlasa kerak. Buni “Paxtakor” qarshi uchrashuvlarda sezish qiyin bo'lmagandi.
- O'zbekistondan ketganingizdan keyin ham superligani kuzatdingizmi?
- Albatta men barcha jamoalarni, qolaversa o'zim to'p tepgan jamoalar o'yinlarini iloji boricha ko'zatib boryapman. Hozirda to'xtab qolgan chempionat, startni yaxshi boshlagandi. Ammo meni ranjitgani “Qizilqum” jamoasining ketma ket mag'lubiyatlari bo'ldi. Quvonarlisi jamoa yanada kuchayish davriga o'tganligi bo'ldi. Xullas superligada, bu yil yana boshqa jamoani chempion bo'lishini kutayapman. Buni esa vaqt ko'rsatadi.
- Keling endi Superligadan yiroqlashgan holda savollarni taqdim qilamiz. Birinchi murabbiyingiz kim bo'lgan?
- Men futbolning birinchi saboqlarini Xaver Londonadan o'rganganman. To'p tepishni, dribling va texnika, hammasini mana shu inson menga o'rgatgan. Fursatdan foydalani birinchi murabbiyimga o'z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman.
- Jahon futbolida qaysi jamoaning o'yinlarini kuzatib borasiz?
- Men Ispaniyaning “Barselona” jamoasining o'yinlarini ko'zatib boraman. Kataloniyaliklar ko'rsatadigan o'zgacha o'yinlari faqatgina meni emas ko'pchiligning olqishlariga sazovor bo'lgan.
- Agarda futbolchi bo'lmaganingizda qay soha vakili bo'lishingiz mumkin edi?
- Menga agar mana shunday imkoniyat bo'lganida, shifokor bo'lgan bo'lardim. Aslida o'zimni futboldan boshqa sohada ko'rolmayman. Lekin mana shu, shifokorlik yunalishida balki o'zimni sinab ko'rishim mumkin bo'larmidi... Yana ham bilmadim.
- Mavzudan tashqari savol. O'zbekistonning sizga qanday hususiyatlari yoqdi?
- Menda sizlarning taomlaringiz iliq taassurot qoldirgan. Ular orasida oshni alohida ko'rsatishim mumkin. Qolaversa mehmondo'st xalq meni hayratlantira olgan. Menimcha bu darajada ochiq ko'ngillik boshqa davlatlarda uchramasa kerak.
- Navoiy va Toshkent shaxarlaridan qaysi biri sizning ko'nglingizdan joy oldi?
- Ikkala shaharning ham men uchun qadri baland. Navoiy kichkina va tartibli shahar bo'lsa, Toshkent katta va judayam go'zal shahar ekan. Albatta ikkala shahar ham mening qalbimda muhrlanib qoladi.
- Agarda o'zbek jamoalaridan yana takliflar bo'lsa, xususan “Qizilqum” jamoasidan sizga qiziqish bildirsa qaytgan bo'larmidingiz?
- Bilasizmi men bu mamlakatda hech qanday yomonlik ko'rmadim. Nega qaytmasligim kerak? Agarda menga taklif bilan chiqsa va ikki tomon ham kelisha olsak albatta qaytaman. “Qizilqum” jamoasiga kelsak, yuqorida aytganimdek bu jamoa mening eng sevimli jamoamga aylangan. Agar menga aloqaga chiqishsa, men albatta bu jamoaga yordamga kelaman.
- Smit bu siz uchun bugungi oxirgi savolimiz edi. Qiziqarli suhbatingiz va savollarga tortinmasdan javob bergangiz uchun sizga rahmat!
- Barchangizga va barchasi uchun tashakkur aytaman. Men barcha o'zbek xalqiga va butun dunyo aholisiga, hozirda o'z hukmini o'tkazayotgan koronavirusdan hech ham qo'rqmasligini aksincha barcha qonun-qoidalarga rioya qilib o'yda utirishlarini aytgan bo'lardim. Muxlislarga keladigan bo'lsak, mening qalbimdan alohida joy olgan “Qizilqum” jamoasi jonkuyarlariga o'z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Doimo jamoasiga sodiq muxlis bo'lgan bu ahil jamoaga doimo tazimdaman. Ularga sabr qilishlarini va qattiq sabri evaziga, yuqori saviyadagi va tomoshabop futbol uchrashuvlar ularni kutib turganligini takidlab o'taman. Qolaversa sizlarga ham o'z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Meni unutmagangiz uchun rahmat!
SHohruh Meylixolov suhbatlashdi
Fikrlar