So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  0 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  3 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  3 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Superligada "jo'jani sanaydigan" palla keldi yoxud 22-tur ko'p narsaga oydinlik kiritib beradi Yangiliklar

Superligada "jo'jani sanaydigan" palla keldi yoxud 22-tur ko'p narsaga oydinlik kiritib beradi

FIFA kunlari sababli yuzaga kelgan tanaffusdan so'ng bugundan etiboran Superliga bahslari davom ettiriladi.

22-turda muxlislarni bir qator qiziqarli uchrashuvlar kutmoqda, desak yanglishmaymiz. 

Biz ushbu tur starti oldidan mutaxassis Murod Ismoilovning fikrlari bilan qiziqdik. 

"Fikrimcha, ikkinchi o'rin uchun kurash olib borayotgan jamoalar yani AGMK, "Nasaf", "So'g'diyona",  "Bunyodkor" intrigani oxirigacha ushlab turishadi",- deydi Murod Ismoilov.

Turnir jadvalining o'rtasidan joy olgan jamoalar "Lokomotiv", "Navbahor", "Qizilqum" jamoalarining imkoniyati qanday ? Bu borada mutaxassis shunday javob berdi. 

"Nazariy jihatdan  "Lokomotiv", "Qizilqum",  "Navbahor", "Qo'qon -1912" jamoalarida ham imkoniyat bor. Biroq biroz qiyinroq. Yana kim biladi, futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin. 

Jadvalning quyi pog'onasida haqiqiy jang kechadi. "Metallurg", "Mashal",  "Surxon", "Andijon",  "Turon" jamoalarida imkoniyat teng, deya olaman. Mana shu tur ko'p narsaga oydinlik kiritib bersa kerak. Bekobod va Muborak shahri jamoasi ikkinchi o'rin uchun kurashayotgan klublarga qarshi o'ynaydi. "Turon" esa raqobatbatchisi bo'lgan "Surxon" bilan to'qnash keladi. "Andijon"ni safarda "Lokomotiv" bilan o'yin kutib turibdi. Hammaga omad tilayman ",- deydi murabbiy.

Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика