So’nggi yangiliklar

12:44Жордан Пикфорд Дэвид Симэннинг АПЛдаги ютуғини такрорлади  0 12:19Каннаваро Тошкентда   9 12:10Манба: Ўзбекистон Каннаварога Хитойга қараганда 8 баравар юқори маош таклиф қилган  13 11:49Келишилган ўйинлар ва ўйинчиларнинг миллионлаб пул тикишлари аниқланди  1 11:23"Реал" ярим ҳимоячисини сотишга тайёр. У Гвардиолага керак  1 10:46Италия футболининг яна бир афсонасининг ўғли А Серияда дебют қилди  1 10:15Sofascore. Захирадан майдонга тушган Файзуллаев ҳужум чизиғидагилар орасида энг катта баҳо олганлар орасида. Шомуродов эса...  11 09:42Акмал Рустамов: "Улар айни вақтда жароҳатдан даволанишмоқда"  0 08:48Отабек Нарзуллаев: "Битта хато - мағлубиятга олиб келди"  0 08:45Лига 1. Ансу Фатининг дубли "Монако"ни мағлубиятдан қутқариб қолди  3 08:20Гвардиола афсонавий Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  10 07:50Суперлига. "Қизилқум" ўз майдонида "Машъал"ни енгди, "Сўғдиёна" эса меҳмонда "Шўртан"дан устун келди  0 07:41U-20 ЖЧ. Нимчорак финалнинг барча жуфтликлари маълум  4 02:20А Серия. "Рома" ва "Наполи" ишончли ғалабага эришди, "Ювентус" ва "Милан" ўртасидаги ўйинда ҳисоб очилмади  14 02:14Ла Лига. "Сельта" ва "Атлетико" ўзаро дуранг ўйнади, мадридликлар 40-дақиқада бир киши кам бўлиб қолишди  9

Superligada deyarli bir xil ikkita supergol urgan Doston Ibragimov bilan suhbat Yangiliklar

Superligada deyarli bir xil ikkita supergol urgan Doston Ibragimov bilan suhbat

2019 yilgi Superliga bahslarini Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi “Buxoro” u qadar omadli boshlay olmadi.

Dastlabki uchta turda jamoa g'alaba qozona olgani yo'q. Buning ustiga mana shu o'yinlarda atigi bir marta raqib darvozasi ishg'ol etildi. Nihoyat to'rtinchi turga kelib “Buxoro” mavsumdagi ilk g'alabasini qo'lga kiritdi. Farg'onada “Qo'qon-1912” taslim etildi. Mavsumni buxoroliklar safida boshlagan yarim himoyachi Doston Ibragimov haqida ko'pchilik oldin ham eshitgan. U Jasur Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi safida Jasur Yaxshiboev bilan birga raqiblarni shoshirib qo'ygandi. Ibragimov “Qizilqum” va “Qo'qon-1912”ga qarshi o'yinlarda deyarli bir xil ajoyib ikkita gol urishga erishdi. O'zining chap oyog'i bilan jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba bilan darvozaning uzoq yuqori burchagiga joylab qo'ygan futbolchi bilan suhbatlashdik.

- Futbolga kirib kelishingiz haqida o'zingiz gapirib bering.
- 1997 yilda Navoiy viloyati Navoiy shahrida tug'ilganman. Yoshligimdan futbolga qiziqishim bo'lgan. Bo'sh qoldik deguncha katta bolalar bilan birga futbol o'ynardik. 13 yoshimda Navoiydagi "So'g'diyona" stadionida futbol sir asrorlarini o'rganishni boshlaganman. Gavrilov Vladimir Petrovich mening futboldagi birinchi murabbiyim bo'lganlar. Malum muddat shu erga qatnaganman. So'ngra uydagilar meni Muborakning "Mashal" klubi akademiyasiga o'tkazishgan. Akademiyada Bahodir SHaymardonov qo'l ostida taxminan bir yarim yil davomida o'qidim. Keyin "Paxtakor" akademiyasiga ko'chib o'tdim va bu erda Jasur Abduraimovning shogirdiga aylandim. Bir necha yil davomida shu erda tahsil oldim.



- Adashmasam, uch yil avval malum muddat Samarqandda ham faoliyat olib borgansiz...

- Ha, to'g'ri 2016 yilda ijara asosida Samarqandning "Dinamo" klubida o'ynagandim. Jamoa birinchi ligada ishtirok etardi. To'g'risi bu jamoadagi faoliyatimdan o'zim qoniqish hosil qilmaganman. O'shanda hali juda yosh bo'lganman va kam maydonga tushgandim.

- O'zbekiston yoshlar terma jamoasi va “Paxtakor”dagi sobiq ustozingiz Jasur Abduraimov haqida qanday fikrdasiz?

- Jasur Abduraimov men uchun ayni paytda O'zbekistondagi eng kuchli futbol murabbiyi. Bu insondan juda ko'p narsa o'rganganman. Yosh futbolchilarga qanday maslahatlar berishni juda yaxshi bilardilar. Afsuski shu inson boshchiligida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Jahon chempionatiga chiqa olmagan. 1997 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat jamoada juda mahoratli o'yinchilar bor edi.

- Jasur aka ko'p tanbeh berarmidilar?

- Ha albatta. Istalgan murabbiy mening foydam uchun urishardi, tanbeh berardi. Agar qaysi murabbiy o'z shogirdiga befarq bo'lsa uni tergamaydi, urishmaydi ham. SHunday ekan bosh murabbiy senga tanbeh berayaptimi demak u seni yanada kuchayishingni va yanada yaxshi futbolchi bo'lishingni istayapti.

- Superliganing dastlabki turlarida "Buxoro" gol ura olmayotgandi. Uchinchi va to'rtinchi turda siz ajoyib ikkita gol urishni uddasidan chiqdingiz. Etiborlisi har ikkala golingiz bir-biriga deyarli o'xshash bo'ldi. Uzoqdan aniq zarba berishni hamma futbolchi ham eplay olmaydi. Bunga qanday erishgansiz?

- Uzoqdan gol urishni mashg'ulotlar samarasi deb bilaman. Futbolchi o'z ustida tinmay ishlasa, mehnat qilsa albatta buning samarasini sezadi. Gollarimga kelsak o'sha vaziyatlarda omadim ham keldi. Asosiysi gol urishim emas, asosiysi "Buxoro"ning g'alabasi. Sababi hech qachon futbolchining manfaati jamoa manfaatidan ustun turmaydi.


TAS-IX

 


TAS-IX Emas



- CHet eldan qaysi futbolchilarning muxlisi bo'lgansiz? Yoshlikda kimlarga havas qilardingiz.

- Ko'plab futbolchilarning harakatlarini kuzatib boraman. Ular orasida ispaniyalik hujumchi David Vilya va portugaliyalik Krishtianu Ronaldu ko'proq yoqadi. Ularning uzoq masofadan aniq va kuchli zarba berishlariga qoyil qolaman.

- Oilangizda sizdan oldin futbolchilar bo'lganmi?

- Yo'q oilamda futbolchilar bo'lmagan. Ammo deyarli barcha futbolni yaxshi ko'radi.

- 2019 yilgi mavsumni “Paxtakor”da emas balki “Buxoro”da boshladingiz. Ushbu klubga o'tish qanday sodir bo'ldi?

- "Buxoro" bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov o'z jamoasiga taklif qildi va "Paxtakor" rahbariyati meni ijaraga berishga rozilik bildirdi. Hozirda eng asosiy maqsadim "Buxoro"da ko'proq o'yin amaliyotiga bo'lish va o'z tajribamni oshirish.

- "Buxoro"da siz uchun eng yaqin futbolchi kim? Kim bilan qolganlarga nisbatan yaxshiroq chiqishasiz?

- Darvozabon SHohjahon Nasimov va hujumchi Mirfayz Muhiddinov. Umuman olganda barcha bilan yaqinmiz.

- Har bir futbolchining orzusi bo'ladi. Kuchli klublarda o'ynash yoki qaysidir davlatlarga borish. Doston Ibragimovning orzusi qanday?

- Eng oliy orzularimdan biri O'zbekiston terma jamoasi tarkibida Jahon chempionatida o'ynash.

- “Buxoro”da bu yil moliyaviy holat o'tgan yillardagidek emas. Tarkibda o'zgarishlar katta, yoshlar ko'p. SHularni hisobga olgan holda jamoaning ushbu mavsumdagi maqsadi qanday?

- Bizga tashqi holatlar tasir qilmasligi kerak. Yil avvalida rahbariyat oldimizga sovrinli o'rinlardan birini qo'lga kiritish vazifasini qo'ygan. Biz futbolchilar mana shu vazifani bajarish uchun borimizni beramiz.

Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика