Superligada bugun dedlayn: "Paxtakor" g'aznasi PFL to'lagan 1 milliarddan tashqari yana boyidi
07 mar 2019 17:18
Yangiliklar


Superligada bugun dedlayn: "Paxtakor" g'aznasi PFL to'lagan 1 milliarddan tashqari yana boyidi
Bugun, 7 mart kuni Superligada transfer oynasining oxirgi kuni.
Jamoalar bugun yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishlari mumkin. Ertadan Superligada transfer oynasi rasman yopiladi.
Oxirgi transfer yangiliklari sifatida Bahrom Abduraximovni "Paxtakor"dan ketganini aytish mumkin. Abduraximov kelgusi faoliyatini "Metallurg"da davom ettiradi. Rasman tasdiqlanmagan malumotlarga ko'ra, Abduraximovning transferi uchun "Metallurg" "Paxtakor"ga 1 milliard to'lagan.
"Dinamo" esa o'z safiga Yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempioni Botirali Ergashevni qo'shib oldi. Mazkur darvozabon "Paxtakor"dan ijaraga olindi. SHuningdek, Maksimilian Fomin ham "Dinamo" azosiga aylandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar