So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Superligada bugun 14-tur start oladi. "Navbahor" va "Paxtakor" o'z uyida, "Lokomotiv" safarda o'ynaydi Yangiliklar

Superligada bugun 14-tur start oladi. "Navbahor" va "Paxtakor" o'z uyida, "Lokomotiv" safarda o'ynaydi

Bugun Superligada 14-turning dastlabki uchta uchrashuvi bo'lib o'tadi.



NAVBAHOR — QIZILQUM
26 iyul 2019 yil. Namangan. "Markaziy" stadioni. 19:30 (Mahalla TV LIVE)
Hakamlar
: Hasan Ro'ziev, Sultonmurod Ulfatov, Baxtiyorxo'ja SHavkatov, O. To'ychiboev
Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev
Komissar: Ramil Ilyasov

"Lochinlar"ning chempionatdagi mag'lubiyatsiz seriyasi 10ta o'yinga etdi (5 g'alaba, 5 durang). "Qizilqum" esa olti turdan buyon hech kimni yuta olmayapti (3 durang, 3 mag'lubiyat).

Birinchi davrada Navoiydagi uchrashuvda “Navbahor” 2:1 hisobida irodali g'alabaga erishgandi.
Bu jamoalar shu kungacha bir-biri bilan 39 marta o'yin o'tkazgan. 15ta uchrashuvda "lochinlar" zafar quchishgan bo'lsa 13ta bahsda navoiyliklar g'olib chiqishgan. Qolgan 11ta o'yinda murosa ko'chasi tanlangan. “Qizilqum” "Navbahor" maydonida atigi uch marta g'alaba qozongan.

 

Navbahor

Superliga. 14-tur

26/07/2019, 19:30

1
:
0
Tugadi

Qizilqum

Mate Vatsadze - 7'

45'
90'
16'  Slavko Lukich (Obid Jo’raboyev)
46'  Ayubxon Nomanov (Sherzod Hakimov)
68'  Abbos G'ulomov (Amirbek ZHo'raboev)
7'  Mate Vatsadze
11'  Saidzhamol Davlatzhonov
58'  Saidzhamol Davlatzhonov (Nodir Kamolov)
74'  Doston Ibragimov (Sardor ZHahonov)
85'  Mate Vatsadze (Vohid Shodiyev)
90'  Lasha Totadze



SO'G'DIYONA — LOKOMOTIV
26 iyul 2019 yil. Jizzax. "So'g'diyona" stadioni. 20:00
Hakamlar:
Temur To'xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodulla Abdurahmonov, R. Abdivohidov
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: Muhammadsodiq Sodiqohunov

"So'g'diyona" o'z maydonida oxirgi 3ta o'yinda hech kimga yutqazgani yo'q (2 g'alaba, 1 durang). “Lokomotiv” esa safardagi so'nggi uchta uchrashuvda uch xil natida qayd etdi (g'alaba, durang va mag'lubiyat).

Dastlabki davraning so'nggi turida “Lokomotiv” o'z maydonida “So'g'diyona”ni 2:0 hisobida taslim qilgandi.

Ushbu klublar O'zbekiston chempionatida jami 23 marta o'zaro hisob-kitob qilishgan. 17 uchrashuvda "temiryo'lchilar"ning qo'li baland kelgan. To'rtta bahsda durang qayd etilgan. "So'g'diyona" bu raqibni faqat ikki marta mag'lub eta olgan xolos.

"So'g'diyona" ikkala g'alabani ham Jizzaxda o'tgan o'yinlarda qo'lga kiritgan. So'nggi bor 2008 yilda “Lokomotiv” bu jamoaga yutqazgan ekan. SHundan so'ng ketma-ket 16ta o'zaro o'yinlarda "Loko" umuman mag'lub bo'lmay kelmoqda.

So'g'diyona

Shohruz Norxonov - 90'

Superliga. 14-tur

26/07/2019, 20:00

0
:
1
Tugadi

Lokomotiv

45'
90'
41'  Iskandar SHaykulov
45'  Elyor Orifov
50'  SHahboz Jo'rabekov (Sherzod Fayziev)
64'  Jamshid Boltaboev (Sanjar Rashidov)
70'  Ivan Nagayev (Izzat Abdullaev)
90'  Shohruz Norxonov
46'  Javohir Esonqulov (Arslanmirat Amanov)
55'  Sardor Mirzayev
72'  Temurxo’ja Abduxoliqov (Diyor Turopov)
73'  Yovan ZHokich (Oston O'runov)




PAXTAKOR — QO'QON-1912
26 iyul 2019 yil. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 20:00 (SPORT TV LIVE)
Hakamlar
: SHerzod Qosimov, Abduhamidillo Rasulov, Jahongir Saidov, A. Ergashev
Nazoratchi: Noil Lutfullin
Komissar: Diyor Imomxo'jaev

"Paxtakor" bu mavsum bironta o'yinda yutqazmagan yagona klub bo'lib turibdi. "Qo'qon-1912" oxirgi 8ta o'yinning hech birida g'alaba qozona olmadi (3 durang, 5 mag'lubiyat).

Birinchi davrada Qo'qonda bo'lgan bahs dramatik ko'rinish olgandi. Dastlab “Qo'qon-1912” hisobni ochgandi. Ikkinchi taym oxirida “Paxtakor” ikkita gol urib irodali g'alabani qo'lga kiritgan edi – 2:1.

O'zaro o'yinlarda ustunlik "Paxtakor" tomonida. "SHerlar" 27ta o'yinning 15tasida g'olib bo'lishgan. Besh bor "Qo'qon-1912" zafar quchgan. Yana 7ta bahsda g'olib aniqlanmagan.

"Qo'qon-1912" so'nggi bor 2003 yilgi mavsumda ushbu jamoani mag'lub etgan ekan. SHundan keyingi 9ta uchrashuvning hech birida "Paxtakor" qo'qonliklarga mag'lub bo'lmagan.

“Paxtakor” o'z maydonida bu jamoaga bir marta yutqazib qo'ygan (1994 yil) va bir marta durang o'ynagan (2018 yil). Qolgan 11ta uchrashuvda g'olib bo'lgan.

Paxtakor

Jaloliddin Masharipov - 22', Dragan CHeran - 48', Marko Simich - 51'

Superliga. 14-tur

26/07/2019, 20:00

1
:
3
Tugadi

Qo’qon-1912

Muhammadanas Hasanov - 77'

45'
90'
22'  Jaloliddin Masharipov
22'  Odiljon Hamrobekov
48'  Dragan CHeran
48'  Jaloliddin Masharipov
51'  Marko Simich
51'  Jaloliddin Masharipov
61'  Marat Bikmayev (Dostonbek Hamdamov)
71'  Odiljon Hamrobekov (Sadriddin Abdullayev)
87'  Igor Sergeyev (Bobur Asqarov)
64'  Oybek Rustamov
69'  Jamshid Hasanov (Temur Hakimov)
76'  Suhrob Berdiyev (Muhammadanas Hasanov)
77'  Muhammadanas Hasanov
77'  Iqbol Malikzhonov
87'  Shahboz Erkinov (Hamidullo Abduhamidov)


Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика