So’nggi yangiliklar

12:22Ўзбекистон терма жамоаси футболчилари ўзлари туғилган ҳудудлардаги академияларга ташриф буюришди  1 12:17Расман: Машарипов ўйнаётган "Истиқлол"га янги бош мураббий тайинланди  0 12:06Нега? "Брюгге"нинг 22 ёшли футболчиси МЮга "йўқ" деди  0 11:58Делап "Челси"да омадсиз ҳисобланган 9-рақам ҳақида: "Бундай нарсаларга ишонмайман"  0 10:50“Барселона“ Маркус Рэшфорд бўйича бир қарорга келди  2 10:23“Ливерпуль“ яна тўртта трансферни амалга оширмоқчи  5 09:57“Краснодар“ футболчисига МЮ ва ПСЖ қизиқиш билдирмоқда  2 09:30Неймар “Сантос“ билан янги шартнома имзолади. Унинг янги маоши маълум  1 09:01Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир чорак финалчи аниқланади  2 08:30Ўзбекистон аёллар терма жамоаси ўртоқлик учрашувида йирик ҳисобдаги ғалабани қўлга киритди  3 08:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. Навбатдаги нимчорак финалчилар маълум  6 07:21Франциянинг номдор жамоаларидан бири Лига 2 га тушириб юборилди  3 02:30Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бенфика" "Бавария"ни мағлубиятга учратди  16 01:30Уильямс "Атлетик" раҳбариятга "Барселона"га ўтмоқчи эканини айтди  1 01:15"Барселона" Фати билан шартномани узайтириб, уни ижарага беради  8

Superligada 22-tur voqealari Yangiliklar

Superligada 22-tur voqealari

18-19 oktyabr kunlari Superligada 22-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Aytish mumkinki, navbatdagi tur ham o'ziga yarasha qiziq kechdi. Bir nechta o'yinda kutilmagan natijalar qayd etildi. Quyida 22-turning etiborga molik voqealari haqida so'z yuritamiz. 

"Qo'qon-1912" - "Qizilqum" 1:2 

- "Qizilqum" to'rt o'yindan iborat g'alabasiz seriyasiga chek qo'ydi. Safarda "Qo'qon-1912" bilan kechgan bahsda Hamidjon Aktamov shogirdlari 0:1 hisobida ortda borayotib yakunda 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Bu "Qizilqum"ning safardagi ikkinchi g'alabasi bo'ldi. 

- "Qo'qon-1912" qatorasiga ikkinchi bor uyda mag'lub bo'ldi. Bu jamoa avvalgi tur "Metallurg"ga ham imkoniyatni boy bergandi. Ketma-ket to'rtta uchrashuvni g'alaba bilan yakunlagan qo'qonliklarga oxirgi uch turdan beri omad kelmayapti. 

  


"Metallurg" - "So'g'diyona" 0:1 

- Uchinchi o'ringa harakat qilayotgan "So'g'diyona" Bekobodda qiyin uchrashuvni o'tkazdi. "Metallurg" bilan kechgan bahsda mehmonlar 1:0 hisobida zafar quchishdi. SHundan qilib "So'g'diyona"ning uchta o'yindan iborat g'alabasiz seriyasiga yakun yasaldi. 

- "Metallurg" o'z maydonida ketma-ket ikkinchi mag'lubiyatni qabul qilib oldi. Andrey SHipilov shogirdlari o'tgan tur "Paxtakor"ga ham imkoniyatni boy berishgandi.

  

 

"Bunyodkor" - AGMK 0:2 

- AGMK o'z tarixida ilk marta safarda "Bunyodkor"ni mag'lub etdi. Bu natijani qo'lga kiritish o'z vaqtida "Bunyodkor"ni boshqargan Mirjalol Qosimovga nasib etdi. AGMK oxirgi ikki turni g'alaba bilan bilan yakunladi. 

- Negadir "Bunyodkor"ning hech omadi kelmayapti. Jamoa o'tgan tur "Buxoro"ni enga olmagandi, bu safar AGMKga gol urmasdan mag'lub bo'ldi. Kuchli uchlikka kirishga harakat qilayotgan "Bunyodkor"ning oxirgi 5ta o'yinda faqat bir bor zafar quchgani g'alati.

 


"Surxon" - "Navbahor" 0:0 

- Termizdagi bahsda hisob ochilmadi. Bu "Navbahor"ning safardagi ketma-ket ikkinchi durangi bo'ldi. Qatorasiga uch o'yinda zafar quchgan "Surxon" oxirgi ikki turda mag'lubiyat va durang qayd etdi. 

 

 

"Lokomotiv" - "Buxoro" 2:0 

- Mana shu o'yinda Ignatiy Nesterov diskvalifikaciya muddatini yakunlab yana maydonga qaytdi. Uning qaytishi "Lokomotiv"ning qatorasiga 4ta o'yindan iborat durangli seriyasiga chek qo'ydi. 

- Safarda "Nasaf"ni mag'lub etib, "Buyondkor" bilan durang o'ynagan "Buxoro"ning "Loko"ga "tishi o'tmadi". Bilasiz, hozir buxoroliklar Superligada qolish uchun harakat qilishmoqda. SHunday ekan, jamoaning har bir o'yini finalga teng bo'ladi.

  


"Dinamo" - "Paxtakor" 1:4 

- "Paxtakor" hisobda ortda borayotib ham yirik hisobda g'alaba qozondi. Uchrashuvda Doston Hamdamov dublga erishdi. SHunday qilib "Paxtakor"ning ketma-ket g'alabalari soni 14taga etdi. 

- "Dinamo" bosh murabbiyni o'zgartirgani bilan baribir yutqazishda davom etyapti. Bu jamoa qatorasiga 10 o'yindan beri faqat mag'lubiyatga uchrayapti. Jamoa so'nggi bor kimni mag'lub etganini futbolchilar ham eslay olmasa kerak.

  


"Nasaf" - "Andijon" 3:0 

- Nihoyat "Nasaf" Andijondagi mag'lubiyat alamini oldi. Esingizda bo'lsa, "Nasaf" birinchi davra o'yinida 1:3 hisobida mag'lub bo'lgandi, ikkinchi davrada esa 3:0 hisobida zafar quchdi. Mazkur bellashuvda Xumoyun Murtazoev dublga erishdi. SHunday qilib "Andijon"ning ketma-ket ikki o'yindan iborat g'alabali seriyasi Qarshida to'xtadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика