So’nggi yangiliklar

19:12"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси: Таркибимиз маълум  1 18:53Эшитдик-да! Рубин Хебай Ўзбекистон чемпионатига қайтмоқда  11 18:34Расман: Азизбек Амонов — "Нефтчи" аъзоси   3 18:00Футзал бўйича BMB CUP мусобақасида энг кучлилар тақдирланди   1 17:46"Реал Сосьедад" Испания ёшлар терма жамоаси аъзосини сотиб олади  1 17:21Эшитдик-да! Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди, у Суперлиганинг бошқа бир грандига ўтади  20 16:56Эшитдик-да! "Навбаҳор" "Олимпик"нинг 2 футболчисига жиддий қизиқмоқда  6 16:33Фабрицио Романо: Калафьорининг "Арсенал"га трансфери яқин кунларда ҳал бўлади  1 16:05"Навбаҳор", "Пахтакор" собиқ футболчиси Вячеслав Понамарёв ҳозир қаерда?  9 15:39"Раҳмоналиевни "Рубин"га Леонид Слуцкий таклиф қилган". Умаралининг агенти унинг "Рубин"га ўтиши ва адаптацияси ҳақида  1 15:33"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 10 ёшли Амир Мельзиддинов  4 15:22Ўзбекистон "Mirabror Usmanov Cup-2024"да Тожикистонни мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 14:56Беллингемнинг "Ливерпул"даги дўсти кейинги йил "Реал"га ўтади  6 14:22"Фиорентина" ярим ҳимоячи Андреа Колпанини ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 13:58"Бавария" уч нафар футболчиси билан хайрлашишга тайёр  3

Superligada 13-turning markaziy uchrashuvini aniqlaymiz. Toshkent, Farg'ona, Qarshi. Qaysi o'yin og'irroq tosh bosadi? Yangiliklar

Superligada 13-turning markaziy uchrashuvini aniqlaymiz. Toshkent, Farg'ona, Qarshi. Qaysi o'yin og'irroq tosh bosadi?

Malum muddatli tanaffusdan so'ng Superliga bahslari yana qaytmoqda.

To'g'ri orada qoldirilgan bitta uchrashuv bor. Lekin mantiqan bu tartib bo'yicha davraning so'nggi turi hisoblanadi. Oldinda bizni bir nechta qiziqarli uchrashuvlar kutmoqda. Farg'onada "Neftchi" - "Navbahor" o'rtasidagi vodiy, Toshkentda "Bunyodkor" - "Paxtakor" ishtirokidagi poytaxt derbisi, Qarshida "Nasaf" - OKMK qarama-qarshiligi bor. Xo'sh, bu uchrashuvlar orasida qaysi biri markaziy nomiga mos?

1. Turnir jadvali.  "Bunyodkor"  -  "Paxtakor" o'rtasidagi bu yilgi o'yinni markaziy, deyish qiyin. Toshkent derbisi faqat nomda qolgan. Bu borada vodiy derbisi og'irroq tosh bosadi. "Nasaf" - OKMK o'yini ham ulardan qolishmaydi. Fikrlarimni asoslashga harakat qilaman. 

"Paxtakor" chempionlik uchun kurashmoqda, 2-o'rinda bormoqda. "Bunyodkor" esa 6-o'rinni egallab turibdi. O'rtada farq katta. Qandaydir jiddiy principial to'qnashuv bo'lmaydi. Bunga jamoalarning ayni paytdagi holati ham javob bermasligi ayon. "Paxtakor" tarkibidagi ijrochilar hisobiga bu o'yinda yaqqol favoritdek ko'rinyapti. CHeran faktori ko'p narsani hal qilib beradi. Boz ustiga Abbos Fayzullaev va boshqa terma jamoa futbolchilari zo'r sport formasida. "Bunyodkor" bu borada raqibiga faqat ishtiyoq borasida bas kelishi mumkin. 

"Neftchi" - "Navbahor" turnir jadvalida kuchli uchlikda ketmoqda. Ochkolar orasidagi farq 4 ochko. Namangan peshqadamlikni qo'ldan boy berishni istamaydi. Xuddi ular singari "Neftchi" ham g'alaba orqali yaqinlashib olish imkoniyatidan foydalanadi. Garchi moliyaviy tomondan muammolar bo'lishiga qaramasdan farg'onaliklar dadil odimlashda davom etmoqda. Vodiy derbilari doim murosasiz kechgan. Qanday holatda bo'lmasin jamoalar bir-biriga kurash taqdim qiladi. Yaqqol favorit ko'rsatkichlari yo'qqa chiqadi. Oston O'runov, Jamshid Iskanderov, Jasur Yaxshiboev, Temurxo'ja Abduholiqov singari jarangli nomlar borligiga qaramay Vitaliy Levchenkoning ularga qarshi o'z rejasi bor. Turnir jadvali uchligidagi jamoalar to'qnashuvi shubhasiz qiziqarli kechishi aniq. 

"Nasaf" - OKMK. Jadvalda juda tig'iz joylashgan qo'shnilar to'qnashuvi. Ochkolar borasidagi tafovut bor-yo'g'i 1 ochkoni tashkil qilmoqda. "Nasaf"ning "Neftchi" bilan ochkolari teng (zaxirada bitta o'yin bor). Bu o'yindagi g'alaba orqali "Nasaf" farg'onaliklar ochko yo'qotgan taqdirda uchinchi o'ringa ko'tarilib olishi yoki OKMKga uch ochko tortiq qilib o'zi 5- o'ringa mustahkam joylashishi mumkin. Agar turnir jadvali nuqtai nazarini davom ettirganda "Turon" - "Qizilqum" uchrashuvini ham qo'shish maqsadga muvofiq bo'ladi. Yaypanda kimdir ko'tarilishi yoki pastga tushadi. 

2. Ommaning qiziqishi. Toshkentda klublar miqyosida muxlislarning futbolga qiziqishi tushib ketganiga ancha bo'lgan. Yaxshi ham terma jamoa borki, stadionlarga muxlislar kirib turibdi. Targ'ibot, ommalashtirish, jalb qilish borasida poytaxt ancha ortda qolib ketgani haqiqat. Mazkur faktorni olib qaraganda ham Farg'onadagi uchrashuv tarozida og'irroq tosh bosadi. Qiziqish juda yuqori. Ko'chada derbi muhiti. Hamma joyda reklama banerlari o'rnatilgan. Mahalliy radio, kanallar tinmay bong urmoqda. Muxlislar stadionni to'ldirishlari aniq. Endi bunga ortiqcha to'xtalish shart emas. 

Xuddi shu holat Qarshida ham ro'y berishi kutilmoqda. So'nggi yillardagi murosasiz janglarni hisobga olganda muxlislar jangovor o'yinni tomosha qilish uchun bo'sh o'rindiq qoldirishmaydi. Yana bir fakt OKMK Qarshida hamisha yaxshigina qarshilikka uchraydi. Statistika shuni ko'rsatyaptiki, olmaliqliklar o'z tarixida Superligada faqat bir marotaba "Nasaf"ni mehmonda taslim qilgan (2018 yil, 2:0). Jamoa Mirjalol Qosimov bilan 5 yil ichida hali "ajdarlar"dan safarda 3 ochko tortib olgani yo'q.

3. Murabbiylar to'qnashuvi. Murod Otajonov, Maksim SHackix jangi, nimalarni qo'llashi, qanday syurprizlar tayyorlayotganidan ko'ra men uchun ham Babayan vs Levchenko qarama-qarshiligi qiziq tuyulyapti. Ularning o'tgan yilgi uchrashuvida Babayan ortga 3 ochko bilan qaytgandi. Levchenko so'nggi paytlardagi duranglar sindromidan so'ng jamoani qanday tayyorlyapti ekan? 

Ro'ziqul Berdiev va Mirjalol Qosimov. Ortiqcha tarif shart bo'lmasa kerak. Ikkisi ham o'zbek futbolida yirik nom ekanligini futbolchilik paytidayoq isbotlab bo'lgan. Faqat murabbiy sifatida Qosimovning faoliyati sovrinlarga boy o'tgan. Bu faktor yuqoridagi ikkisini ham bosib o'tib ketadi yani ikki kalla ustun. 


Sizningcha bu turda markaziy o'yin qaysi?

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика