Superliga yo'llanmasi hal bo'ladigan o'yinlar “Paxtakor” va “Lokomotiv” stadionlarida bo'lib o'tadi
01 dek 2018 15:18
Yangiliklar


Superliga yo'llanmasi hal bo'ladigan o'yinlar “Paxtakor” va “Lokomotiv” stadionlarida bo'lib o'tadi
Endi Superligada quyi o'rinlarni egallagan va Pro ligada yuqori o'rinlardan joy olgan jamoalar o'rtasida kelasi mavsumda Superligada ishtirok etish imkonini beradigan 2 ta yo'llanma uchun o'tish o'yinlari bo'lib o'tadi.
"Mashal" Superligada 11-o'rinni egallagan “So'g'diyona” jamoasiga qarshi pley-off bahsida maydonga tushsa, “Istiqlol” Superligada 10-o'rindan joy olgan AGMK jamoasiga qarshi pley-off o'yinida Superliga yo'llanmasi uchun bahs olib boradi.
Ushbu uchrashuvlar oldin xabar berganimizdek, 3-4 dekabr kunlari o'tkaziladi. “So'g'diyona” – “Mashal” bahsiga “Paxtakor” stadioni mezbonlik qiladigan bo'ldi. AGMK – “Istiqlol” o'yini esa “Lokomotiv” stadionida bo'lib o'tadi. Pley-off uchrashuvlari uchun ayni paytda yurtimizda eng yaxshi holatdagi maydonga ega bo'lib turgan stadionlar tanlandi.
PLEY-OFF
3 dekabr, dushanba, 14:00
Toshkent. “Paxtakor” stadioni
“So'g'diyona” – “Mashal”
4 dekabr, seshanba, 14:00
Toshkent. “Lokomotiv” stadioni
AGMK – “Istiqlol”
P.S. Kecha PFL ushbu o'yinlar OKMK va "Lokomotiv" stadionlarida bo'lib o'tishi haqida xabar bergandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar