So’nggi yangiliklar

09:38Расман. АПЛдаги илк истеъфо содир бўлди  2 08:55Бугун U-17 терма жамоамиз Марокашга қарши майдонга тушади  2 08:26Бугун Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё кубогига йўлланма олиши мумкин  2 07:58ЖЧ-2026. Яна бир терма жамоа мундиал йўлланмасини қўлга киритди  2 07:30Юртбошимиз ташриф буюрган, Ўзбекистон МТЖ чемпионликни қўлга киритган мусобақанинг тақдирлаш маросимидан ФОТОГАЛEРEЯ  0 07:13CAFA Nations Cup-2025. Ўзбекистон - Эрон 1:0  17 02:00ЖЧ саралаши. Италия Исроил дарвозасига 5та гол урди, Швеция кутилмаганда мағлубиятга учради  8 00:42CAFA Nations Cup-2025. Энг яхшилар аниқланди ва ғолибга соврин топширилди  43 00:30Муҳаммадрасул Абдумажидов Бельгия клубига ўтмайди  5 00:14Славен Билич Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийига айланиши мумкин  72 00:05Тимур Кападзе: "Эрон терма жамоаси қачон рози бўлган ўзи?"  130 23:00Қозоғистон Президенти Тоқаев: "Футбол клубларини хусусийлаштириш бўйича ишларни тезлаштириш керак. Бусиз футбол ривожланмайди"  4 21:50"CAFA Nations Cup-2025". Ўзбекистон терма жамоаси 13 йилдан сўнг Эронни ютди ва турнир ғолибига айланди  1044 20:32Шавкат Мирзиёев Жанни Инфантинога “Дўстлик” орденини топширди  20 20:26Португалиялик мураббий Озарбайжон терма жамоаси бош мураббийлигидан кетди  11

Superliga. Yangi "koach"larning o'zaro raqobatida kim oldinda ketmoqda? Yangiliklar

Superliga. Yangi "koach"larning o'zaro raqobatida kim oldinda ketmoqda?

Bu mavsum Superliganing 5ta jamoasida murabbiylar o'zgardi. Yangi bosh murabbiylar tayinlandi.

 Xo'sh, ular o'z "brigada"lari bilan qanday natija qayd etishmoqda? O'zaro raqobatda kim oldinda ketyapti? Quyida shu haqida to'xtalamiz. 


Murod Otajonov - "Bunyodkor"

Ushbu murabbiyni "qaldirg'ochlar" uchun juda ham yangi deyish noo'rin. CHunki Murod Otajonov uzoq yillardan beri klub akademiyasida, farm jamoasi va murabbiylar shtabida faoliyat olib bormoqda. Bu yildan boshlab esa asosiy tarkibga yo'l boshchilik qilyapti. Superliganing 3ta turida "Bunyodkor" yuz foizlik natija bilan "Neftchi"dan so'ng turnir jadvalida ikkinchi o'rinda ketmoqda. Murod Otajonovdagi ulkan tajriba oldindagi bahslarda ham asqotishiga shubhamiz yo'q. 

"Surxon" - Sergey Arslanov

Aslida jamoani Sergey Tokov boshqarayotgan bo'lsada, matbuot anjumanlari, hujjatlarda, zaxira o'rindig'ida Sergey Arslanov bosh murabbiy. Undan avval qishda Rauf Inileev bosh murabbiy bo'lishi kutilgan, xorij yig'inida Rauf Talgatovich ham qatnashgandi. Biroq licenziya bilan bog'liq muammolar bunga yo'l qo'ymadi. SHunday ekan Arslanovni termizliklarning ustozi sifatida ko'rsatishimiz o'rinli bo'ladi, deb o'ylayman. Ushbu mutaxassis 3ta turda barcha natijalarni qayd etishga ulgurdi. Bittadan g'alaba mag'lubiyat va durang bilan jamoa 7 o'rinda ketmoqda. 

Asror Aliqulov - "Qizilqum"

Bunga qadar murabbiy sifatida Pro ligada "Mashal", "SHo'rtan" jamoalarida ishlagan Asror Aliqulov uchun "Qizilqum"dagi faoliyat Superligadagi debyut hisoblanadi. Navoiyda tarkib deyarli 60-70 foizga o'zgardi. Katta nomlar bilan xayrlashildi. Aliqulov endilikda qo'l ostidagi kamtarin tarkib bilan nimadir ko'rsatishga urinib ko'radi. Jamoa mavsumni Namanganda "Navbahor"ga qarshi boshladi va yirik hisobda mag'lub bo'ldi. Ikkinchi turda o'z maydonida "Buxoro"ni engdi. Uchinchi turda Bekobodda "Metallurg"ga mag'lub bo'ldi. Ayni paytda 10 o'rinni egallab turibdi. Bu albatta yakun emas. 

"Andijon" - Aleksandr Xomyakov

Viktor Kumikov bilan Pro ligada g'olib chiqqan "burgutlar" Superliga uchun uzoqqa borishmadi va sobiq murabbiyi Aleksandr Xomyakovga ishonch bildirishga qaror qildi. 2019 yil qiyin pallada qabul qilib olib yakunda elitada olib qolgan mutaxassis keyingi yillarda "Buxoro", "Mashal"ni boshqardi. Qarshida "Nasaf"ni engib mavsumni o'ziga hos sensaciya bilan boshlagan "burgutlar" keyingi ikki turda ketma-ket mag'lubiyatni qabul qilib oldi. Oldinda esa ularni oson bo'lmagan taqvim kutyapti. "Andijon" 1ta g'alaba, 2ta mag'lubiyat bilan 11 o'rinda ketmoqda. Xomyakovning ikkinchi urinishi qanday tugaydi, buni mavsum yakunida bilib olamiz. 

Yorqin Nazarov - "So'g'diyona"

O'tgan mavsum yakuniga ikki tur qolganda "So'g'diyona" rahbariyati murabbiyni o'zgartirdi. Aftidan bu hech narsani o'zgartirmagandek taassurot qoldiryapti. 3ta tur o'tdiki, jizzaxliklar hali g'alaba qozongani yo'q. Balki vaqt kerakdir. Ammo vaqt o'tgani sari yo'qotilayotgan ochkolar so'nggi yillarda ko'tarilgan obro'ni tushirib yuborishi hech gapmas. Uzun-quloq gaplarga qaraganda, "Navbahor" bilan bahs Yorqin Nazarov uchun so'nggi imkoniyat. "So'g'diyona" turnir jadvalida o'ziga mos bo'lmagan so'nggi o'rinda bormoqda. 

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика